Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti


Download 4.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/63
Sana10.11.2017
Hajmi4.58 Mb.
#19793
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63

 

411 


 

Da’vogar (F.I.O.) javobgar (F.I.O.) bilan 1998-yil 28-oktabrda qonuniy nikohdan 

o‘tib turmush qurishgan va da’vogar nizoli Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 

10-berk  ko‘chasi  50-a  uyga  kelin  bo‘lib  tushgan  va  shu  yerda  javobgarlar,  ya’ni 

turmush o‘rtog‘i hamda uning oila a’zolari bilan birga yashay boshlagan. 

Birgalikdagi turmushlaridan ikki nafar – 1999-yil 18-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) 

va 2003- yil 5-sentabrda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli farzandlari bor.  

Taraflar  o‘rtasidagi  qonuniy  nikoh  Fuqarolik  ishlari  bo‘yicha  Shayxontohur 

tumanlararo sudining 2014- yil 2-aprel kunidagi hal qiluv qarori bilan bekor qilingan. 

Da’vogar  2003-yilda  javobgar  bilan  kelishmovchiliklar  natijasida  nizoli  uydan 

chiqib ketishga majbur bo‘lgan. Hozirda da’vogar nizoli xonadonga qaytishga harakat 

qilgan,  lekin  javobgar  (F.I.O.)  uyga  kirishga  qarshilik  qilayotganligi  sababli,  sudga 

murojaat qilgan. 

Da’vogar (F.I.O.) nizoli xonadonda doimiy ro‘yxatda turadi. 

Garchi,  sud  majlislarida  bayonnoma  orqali,  shuningdek,  sudga  chaqiruv  xatlari 

orqali javobgarlarga bir necha marotaba turar joydan foydalanish huquqini yo‘qotgan 

deb  topish  haqidagi  qarshi  da’vo  berish  huquqi  tushuntirilsa-da,  ular  qarshi  da’vo 

arizasi bermadilar. Oxirgi sud majlislarida javobgarlar ularga turar joydan foydalanish 

huquqini  yo‘qotgan  deb  topish  haqidagi  qarshi  da’vo  berish  huquqi  tushuntirilgani, 

suddan  yuborilgan  xatlarni  olganliklari,  qarshi  da’vo  arizasi  bermaganliklari  haqida 

tushuntirish xati yozib berdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 32-moddasiga ko‘ra, uy, kvartira 

mulkdorining  oila  a’zolari,  shuningdek,  u  bilan  doimiy  yashayotgan  fuqarolar,  agar 

ularni  ko‘chirib  kelgan  paytda  yozma  ravishda  boshqa  hol  qayd  etilgan  bo‘lmasa, 

uydagi,  kvartiradagi  xonalardan  mulkdor  bilan  teng  foydalanishga  haqlidirlar.  Ular 

mulkdor  bergan  turar  joyga  o‘zlarining  voyaga  yetmagan  farzandlarini  ko‘chirib 

kiritishga  haqlidirlar.  Bu  shaxslar  uy,  kvartiraning  mulkdori  bilan  oilaviy 

munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib 

qoladi. 

Sud yuqoridagi qonun talabidan va ish holatlaridan kelib chiqib, da’vogar (F.I.O.) 

garchi  sudga  uydan chiqib  ketganidan  so‘ng o‘n  yil o‘tib  nizoli  uyga  kiritish  haqida 

talab bilan murojaat qilgan bo‘lsa-da, uning shu nizoli uyda doimiy ro‘yxatda turishiga 

va  ushbu  holatda  uning  foydalanish  huquqi  mavjudligiga,  javobgarlarga  bir  necha 

marotaba  xatlar,  sud  majlisi  bayonnomasi  orqali  qarshi  da’vo  arizasi  berish  huquqi 

tushuntirilsa-da, ular qarshi da’vo taqdim qilmaganliklariga, bundan tashqari, ikki nafar 

voyaga yetmagan – 1999-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) va 2003-yilda tug‘ilgan (F.I.O.) ismli 

farzandlar  uy  mulkdorlaridan  birining  farzandlari  ekanligiga  huquqiy  baho  bergan 

holda  da’vo  arizasini  qanoatlantirish  va  da’vogarni  ikki  nafar  voyaga  yetmagan 

farzandi  bilan  nizoli  xonadonga  kiritish  va  foydalanish  huquqini  belgilash  haqidagi 

xulosaga keladi. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

412 


 

Shuningdek, sud tomonidan da’vogarning foydalanish tartibini belgilash haqidagi 

da’vo  talabini  muhokama  qilinib,  amaldagi  qonun  talablariga  ko‘ra,  uy,  kvartiraning 

mulkdori  bilan  uning  sobiq  oila  a’zolari,  qolaversa,  u  bilan  doimiy  yashayotgan 

fuqarolar o‘rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanishini 

inobatga  olib,  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  talabni  rad  qilishni  lozim  deb 

hisoblaydi. 

Sud  davlat  boji  masalasini  FPKning  116-moddasiga  muvofiq  muhokama  qilib, 

javobgarlardan da’vogar foydasiga da’vo arizasi berishda to‘langan 48100 so‘m davlat 

bojini undirish haqidagi xulosaga keladi. 

Yuqoridagi asoslarga ko‘ra va O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 32-

moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 116-, 203–206-

moddalarini qo‘llab, sud  

 

Qaror  qiladi: 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  javobgarlar  (F.I.O.),  (F.I.O.)  va  (F.I.O.)ga  nisbatan  uyga 

kiritish,  turar  joyga  nisbatan  foydalanish  huquqini  belgilash  haqidagi  da’vo  talabi 

qanoatlantirilsin.  

Da’vogar (F.I.O.) voyaga yetmagan ikki nafar – 1999-yil 18-sentabrda tug‘ilgan 

(F.I.O.)  va  2003-  yil  5-sentabrda  tug‘ilgan  (F.I.O.)  ismli  farzandlari  bilan  nizoli 

Toshkent shahar Olmazor tumani Sag‘bon 10-berk ko‘chasi, 50-a uyga kiritib qo‘yilsin 

va foydalanish huquqi belgilansin. 

Da’vogar  (F.I.O.)ning  uydan  foydalanish  tartibini  belgilash  haqidagi  talabini 

qanoatlantirish rad qilinsin. 

Javobgarlar (F.I.O.), (F.I.O.) va (F.I.O.)dan da’vogar (F.I.O.)ning foydasiga da’vo 

arizasi berishda to‘langan 48100 (qirq sakkiz ming yuz) so‘m davlat boji undirilsin. 

Hal  qiluv  qarori  ustidan  20  kun  muddat  ichida  shu  sud  orqali  Fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest 

keltirilishi mumkin. 

 

Raislik etuvchi:                                                  imzo                                    (F.I.O.)  



 

 

 

 

 

 

 

 

 

FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

413 


 

IX BOB BO‘YICHA ILOVALAR 

 

Shikoyat va sud hal qiluv qarori namunalari 

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa  

tumanlararo  sudiga 

 

Shikoyatchi: (F.I.O.), Uchtepa tumani  



Do‘stlik ko‘chasi 32-uyda  

istiqomat qiladi. 

  

Toshkent shahar Uchtepa tumani budjetdan  



tashqari Pensiya jamg‘armasi mansabdor 

 shaxsining xatti-harakatlari ustidan  

 

SHIKOYAT 

(Toshkent shahar Uchtepa tumani budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi 

mansabdor shaxsining noqonuniy xatti-harakatlari ustidan) 

 

Men,  (F.I.O.)  20  yil  davomida  mehnat  qilib  nafaqaga  chiqadigan  yoshga 



yetganimda,  pensiya  olish  maqsadida  barcha  hujjatlarini  yig‘ib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 

Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limiga murojaat qilganimda, 20-21 yillik mehnat 

stajlarini hisoblashning o‘rniga nimagadur kerakli ma’lumotlar yo‘q deb, 17 yil 11 oy 

21 kunlik mehnat stajini rasmiylashtirib, menga 2012-yil 20-yanvar kunidan e’tiboran 

248.009,67 so‘m pensiya maoshi belgilandi.  

Vaholanki, “Mashael Maxdavi” firmasi bilan hamkor tashkilotda bosh hisobchi 

lavozimida  2–3  yillik  mehnat  faoliyatimni  inobatga  olishmadi.  Pensiya  jamg‘armasi 

tomonidan ushbu hisoblanmagan mehnat stajini hisoblab, pensiyaga qo‘shib berishini 

so‘rab murojaat qilganimda, unga rad javobi berildi.  

“Mashael  Maxdavi”  tashkiloti  “Qatartol  Kamolot”  tashkilotiga  qarashli  binoda 

ijara  shartnomasi  asosida  faoliyat  olib  borayotgan  tashkilot  bilan  bevosita  bog‘liq 

bo‘lgan. Ushbu tashkilotda 1999-yil 1-iyuldan 1999-yil 31-dekabrga qadar, 2000-yil 3-

yanvardan 2000-yil 31-dekabrga qadar bosh hisobchi lavozimida faoliyat yuritganman. 

Hozirda  mazkur  tashkilotlar  umuman  faoliyat  yuritmayotganligi  va  barcha  arxiv 

hujjatlari yo‘q qilinganligi bois unda ushbu tashkilot haqida deyarli ma’lumot yo‘qligi, 

shunga  qaramasdan  mehnat  daftarchasida  ushbu  tashkilot  faoliyat  ko‘rsatgan  davr 

uchun,  ya’ni  1999-yil  1-iyuldan  to  2000-yil  31-dekabrga  qadar  bo‘lgan  mehnat 

stajining muhri bosilgan bo‘lishiga qaramasdan, inobatga olinmadi. 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

414 


 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar)  ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori organga, mansabdor shaxsga murojaat qilishga haqli.  

Bo‘ysunuv  tartibidagi  yuqori  organ  va  mansabdor  shaxslar  shikoyatni  bir  oy 

muddat  ichida  ko‘rib  chiqishi  shart.  Agar  fuqaroning  shikoyatiga  rad  javobi  berilsa 

yoki u  shikoyat  bergan  kunidan  e’tiboran  bir oy  ichida  javob olmasa,  shikoyat  bilan 

sudga murojaat qilishga haqli. 

Yuqoridagilarga  ko‘ra,  O‘zbekiston  Respublikasining  “Fuqarolarning  davlat 

pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”  gi  Qonuni,  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  269-

moddasiga asosan,  

 

SO‘RAYMAN: 



 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 

mansabdor  shaxsining  xatti-harakatlarini  noqonuniy  deb  topishni  va  pensiya  stajini 

qayta hisoblab chiqish vazifasini yuklashingizni.   

Ilova:  

1.  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 

mansabdor shaxsining iltimosimni rad etganligi haqidagi xati. 

2. Mehnat daftarchasi. 

3. Pasport nusxasi. 

4. Shikoyatdan nusxa. 

 

2013-yil 2-iyul 



                         

 

(imzo) 



                      (F.I.O.)  

 

 

 

 



HAL QILUV QARORI 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI NOMIDAN  

 

  2012-yil oktabr oyining 25-kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo 



sudi  o‘z  binosida  ochiq  sud  majlisida  sudya  (F.I.O.)ning  raisligida,  (F.I.O.)ning 

kotibligida,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  prokurori  yordamchisi  (F.I.O.)ning 

ishtirokida  arizachi  (F.I.O.)ning  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  budjetdan  tashqari 

Pensiya  jamg‘armasi  mansabdor  shaxsining  noqonuniy  xatti-harakatlari  yuzasidan 

bergan shikoyati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan 1-4116/12-sonli fuqarolik ishini ko‘rib chiqib, 

quyidagilarni 

 


FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

415 


 

Aniqladi: 

 

Arizachi  (F.I.O.)  sudga  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  budjetdan  tashqari 



Pensiya  jamg‘armasi  mansabdor  shaxsining  noqonuniy  xatti-harakatlari  ustidan 

shikoyat bilan murojat qilib, unda u 20 yil davomida mehnat qilib nafaqaga chiqadigan 

yoshga  yetganida,  pensiya  olish  maqsadida  barcha  hujjatlarini  yig‘ib,  O‘zbekiston 

Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  bo‘limiga  murojaat  qilganligi,  unga  20-21  yillik 

mehnat stajlarini hisoblashning o‘rniga nimagadir kerakli ma’lumotlar yo‘q deb, 17 yil 

11 oy 21 kunlik mehnat stajini rasmiylashtirib, 2012-yil 20- yanvar kunidan e’tiboran 

248.009,67  so‘m  pensiya  maoshi  belgilanganligi,  qolgan  2  yil  3  oylik  mehnat  staji 

hisoblamaganligi  va  u  mehnat  qilgan  tashkilotlar,  ya’ni  “Mashael  Maxdavi”  firmasi 

bilan hamkor tashkilotda bosh hisobchi lavozimida 2–3 yillik mehnat faoliyati inobatga 

olishmaganligi, u pensiya jamg‘armasi tomonidan ushbu hisoblanmagan mehnat stajini 

hisoblab,  pensiyaga  qo‘shib  berishini  so‘rab  murojaat  qilganida,  unga  rad  javobi 

berilganligi  va  sudga  murojaat  qilish  huquqi  tushuntirilganligi,  davriy  faoliyati 

“Mashael  Maxdavi”  tashkiloti  “Qatartol  Kamolot”  tashkilotiga  qarashli  binoda  ijara 

shartnomasi  asosida  faoliyat  olib  borayotgan  tashkilot  bilan  bevosita  bog‘liq 

bo‘lganligi,  u  esa  ushbu  tashkilotda  1999-yil  1-iyuldan  1999-yil  31-dekabrga  qadar, 

2000-yil  3-yanvardan  2000-yil  31-dekabrga  qadar  bosh  hisobchi  lavozimida  faoliyat 

yuritganligi, hozirda mazkur tashkilotlar umuman faoliyat yuritmayotganligi va barcha 

arxiv  hujjatlari  yo‘q  qilinganligi  bois  unda  ushbu  tashkilot  haqida  deyarli  ma’lumot 

yo‘qligi,  shunga  qaramasdan  uning  mehnat  daftarchasida  ushbu  faoliyat  ko‘rsatgan 

davr  uchun,  ya’ni  1999-yil  1-iyuldan  2000-yil  31-dekabrga  qadar  bo‘lgan  mehnat 

stajining muhri bosilgan bo‘lishiga qaramasdan, inobatga olinmayotganligi, uning 2-3 

yillik staji pensiya jamg‘armasi tomonidan asossiz inobatga olinmay kelinayotganligi 

bois, suddan budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining Uchtepa tuman bo‘limining 

xatti-harakatlarini  noqonuniy  deb  topishni  va  uning  pensiya  stajini  qayta  hisoblab 

chiqish vazifasini yuklashni so‘ragan. 

Sud  majlisida  arizachi  (F.I.O.)  shikoyatini  quvvatlab,  shikoyatini  to‘liq 

qanoatlantirishni so‘radi. 

Sud  majlisida  Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  budjetdan  tashqari  Pensiya 

jamg‘armasi  vakili  (F.I.O.)    shikoyatni  tan  olmasdan,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  2011-yil  8-sentabrdagi  “Davlat  Pensiyalarini  tayinlash  va 

to‘lash tartibini yanada takomillashtirishga yo‘naltirilgan normativ huquqiy hujjatlarni 

tasdiqlash to‘g‘risida”gi 252-sonli qarorining 2-ilovasi 57-bandiga muvofiq, “Ish staji 

to‘g‘risidagi  taqdim  etilgan  hujjatlarning  asoslanganligi  va  ishonchliligini  aniqlash 

maqsadida  Pensiya  jamg‘armasi  bo‘limi:  ish  stajini  tasdiqlash  uchun  taqdim  etilgan 

hujjatlarning  mazmunini  va  zarur  tarzda  rasmiylashtirilganligini  baholaydi  hamda 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

416 


 

zarurat bo‘lganda ular berilishining asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida qaror qabul 

qilishi; zarur hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga 

olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror chiqarishi nazarda tutilishi; 76-

bandida  “Ish  stajini  tasdiqlash  uchun  taqdim  etiladigan  hujjatlar  mansabdor  shaxs 

tomonidan  imzolanishi  va  tashkilotning  asosiy  muhri  bilan  tasdiqlanishi  kerak”  deb 

ko‘rsatilganligi, (F.I.O.) ga 2012-yil 20-yanvarda yoshga doir pensiya tayinlanganligi, 

pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasi tomonidan uning umumiy mehnat staji 17 

yil 11 oy 21 kun hisobida olinganligini, arizachida “Mashael Maxdavi” tashkilotida 

1999-yil  1-iyuldan  2000-yil  31-dekabrga  qadar  ishlagani  to‘g‘risida  mehnat 

daftarchasidan tashqari hech qanday hujjatlari, ya’ni arxiv ma’lumotnomasi, buyruqlar 

kitobi,  shaxsiy  hisob  varaqasi  yoki  oylik  ish  haqining  hisob-kitobi  haqida  ma’lumot 

yo‘qligi sababli arizachiga rad javobi berilganligini bildirdi. 

Toshkent  shahar  Uchtepa  tuman  budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg‘armasi  vakili 

(F.I.O.) keyingi sud majlislariga kelmasdan, sudning nomiga ariza bilan murojaat qilib, 

ishni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqishni so‘ragan. 

Bunday  holatda,  sud  ishni  FPKning  174-moddasiga  asosan  Toshkent  shahar 

Uchtepa tuman budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi vakili (F.I.O.)ning ishtirokisiz 

ko‘rib chiqishni lozim topadi.   

Sud  taraflar  hamda  guvohlarning  bayonotini  tinglab,  Uchtepa  tumani  prokuror 

yordamchisi  (F.I.O.)ning  fikrini  eshitib,  ish  hujjatlari  bilan  tanishib  chiqib, 

quyidagilarga asosan arizachining shikoyatini qanoatlantirishni lozim topadi. 

FPKning  269-moddasiga  ko‘ra,  fuqaro  o‘zining  huquqlari  va  erkinliklarini 

buzadigan  xatti-harakatlar  (qarorlar) ustidan  bevosita  sudga  yoki  bo‘ysunuv  tartibida 

yuqori  organga,  mansabdor  shaxsga  murojaat  qilishga  haqli.  Bo‘ysunuv  tartibidagi 

yuqori organ va mansabdor shaxslar shikoyatni bir oy muddat ichida ko‘rib chiqishi 

shart. Agar fuqaroning shikoyatiga rad javobi berilsa yoki u shikoyat bergan kunidan 

e’tiboran bir oy ichida javob olmasa, shikoyat bilan sudga murojaat qilishga haqli. 

FPKning 271-moddasiga ko‘ra, sud shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha 

hal  qiluv  qarori  chiqaradi.  Sud  shikoyatning  asosli  ekanligini  aniqlasa,  shikoyatga 

sabab  bo‘lgan xatti-harakatni (qarorni)  g‘ayriqonuniy deb  topadi,  fuqaroning talabini 

qanoatlantirish  vazifasini  yuklaydi,  unga  nisbatan  qo‘llangan  javobgarlik  choralarini 

bekor  qiladi  yoki  uning  buzilgan  huquqlari  va  erkinliklarini  boshqa  yo‘llar  bilan 

tiklaydi.  

Agar  sud  shikoyatga  sabab  bo‘lgan  xatti-harakat  (qaror)  qonuniy,  fuqaroning 

huquqlari va erkinliklari buzilmagan deb topsa, u shikoyatni qanoatlantirishni rad etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  1996-yil  19-iyuldagi 

“Fuqarolarning  huquqlari  va  erkinliklarini  buzadigan  xatti-harakatlar  va  qarorlar 

ustidan  keltirilgan  shikoyatlarni  sudlarda  ko‘rish  amaliyoti  to‘g‘risidagi”  18-sonli 

qarorining 15-bandiga ko‘ra, shikoyat vajlari asosli ekanligi aniqlangan taqdirda, sud 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

417 


 

shikoyat qilingan xatti-harakat (qaror)ni qonunga xilof deb topadi va tegishli organlar, 

korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar,  jamoat  birlashmalari  yoki  mansabdor  shaxsga 

fuqaroning talabini qanoatlantirish majburiyatini yuklaydi, unga nisbatan qo‘llanilgan 

javobgarlik chorasini bekor qiladi yoxud uning buzilgan huquqini o‘zgacha yo‘l bilan 

tiklaydi. 

Sudda aniqlangan holatlarga ko‘ra, (F.I.O.) 1964-yil 8-martda tug‘ilgan, 1984-yil 

25-avgustdan boshlab turli korxonalarda turli lavozimlarda ishlagan.  

(F.I.O.)ning  arizasiga  asosan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi 

huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Uchtepa bo‘limi pensiya va nafaqa 

tayinlash  Komissiyasining  2012-yil    20-apreldagi  32/12-sonli  qaroriga  asosan, 

arizachiga  yoshga  doir  pensiya  tayinlanib,  komissiyaning  qaroriga  asosan  uning 

umumiy mehnat staji 17 yil 11 oy 21 kun hisobida olingan. Ushbu qaror bilan 1999-yil 

1-iyuldan  2000-yil  31-dekabrga  qadar  mehnat  faoliyati  arxiv  ma’lumotlari 

topilmaganligi sababli mehnat stajiga qo‘shilmagan.  

Arizachi  sudga  murojaat  qilib,  mehnat  daftarchasiga  asosan,  uning  umumiy 

mehnat  staji  20  yilni  tashkil  etishini,  ko‘rsatib,  komissiya  tomonidan  hisobga 

olinmagan 3 yil mehnat stajini ham pensiya tayinlashda hisobga olishni so‘radi.  

1999-yil  1-iyuldan  2000-yil  31-dekabrga  qadar  (F.I.O.)  “Mashael  Maxdavi” 

korxonasida  ishlab  kelgan,  mehnat  daftarchasidagi  yozuv  tegishli  tartibda  amalga 

oshirilib,  muhr  bilan  tasdiqlangan.  Biroq  bu  korxonaning  ish  haqi  hisoblanib, 

hisoblangan ish haqlaridan majburiy sug‘urta badallari ushlab borilganligi to‘g‘risidagi 

ma’lumotlarni topish imkoniyati bo‘lmagan.  

Bunday  holatda,  sud  O‘zbekiston  Respublikasi  “Fuqarolarning  davlat  pensiya 

ta’minoti to‘g‘risidagi” Qonunning 37-moddasiga pensiya tayinlash uchun ish stajini 

hisoblashda  sug‘urta  badallari  to‘lovlari  haqidagi  ma’lumotlar  zarurligi  to‘g‘risidagi 

o‘zgartirishlar 1997-yil 25-aprel kuni kiritilganligini e’tiborga olgan holda, (F.I.O.)ning 

ushbu  korxonada  ishlagan  2  yil  3  oy  26  kun  stajini  pensiya  tayinlash  uchun  lozim 

bo‘lgan umumiy mehnat stajiga doir va u  tegishli tartibda tasdiqlangan deb hisoblaydi.  

Yuqoridagilarga asosan, sud (F.I.O.)ning shikoyatini qanoatlantirib, uning 2 yil 3 

oy 26 kunlik stajini pensiya tayinlashda hisobga olinishi lozim deb hisoblaydi.  

O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risidagi” 

Qonuni, FPKning 269-271-, 203–206-moddalariga asoslanib, sud 

 

Qaror  qiladi: 

 

  Arizachi  (F.I.O.)ning  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  budjetdan  tashqari 



Pensiya  jamg‘armasi  mansabdor  shaxsining  noqonuniy  xatti-harakatlari  yuzasidan 

bergan shikoyati qanoatlantirilsin. 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

 

418 


 

  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  budjetdan  tashqari 

pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar Uchtepa tumani bo‘limiga 1957-yil 20-yanvarda 

tug‘ilgan, Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-mavze 22-uy 17-xonadonda yashovchi 

(F.I.O.)ning  yoshga  doir  pensiyasini  tayinlashda  qo‘shimcha  2  yil  3  oy  26  kunlik 

umumiy mehnat stajiga qo‘shish majburiyati yuklatilsin. 

Hal  qiluv  qaroridan  norozi  taraf  20  kun  ichida  shu  sud  orqali  fuqarolik  ishlari 

bo‘yicha Toshkent shahar sudiga apellyatsiya tartibida shikoyat yoki prokuror protest 

keltirishlari mumkin. 

 

Sudya:                                            imzo                         



 

(F.I.O.)  



 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha 

Uchtepa tumanlararo sudiga 

 

Shikoyatchi: (F.I.O.), Uchtepa tumani 



Sh.Shomurodov ko‘chasi 15-uyda  

istiqomat qiladi. 

 

Mansabdor shaxs: Toshkent shahar va Uchtepa  



tumani hokimiyati mansabdor shaxsining  

xatti-harakatlari ustidan  

 

SHIKOYAT 

(Toshkent shahar va Uchtepa tumani hokimiyati mansabdor shaxsining xatti-

harakatlari ustidan) 

 

Men,  (F.I.O.)  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2006-yil  31-avgustdagi 



PQ – 458-sonli qarori asosida 2012-yil 10-fevralda o‘tkazilgan ochiq auksion savdoda 

g‘olib  deb  topildim.  Shu  kuni  005-S-son  bilan  rasmiylashtirilgan  g‘oliblik 

bayonnomasiga  asosan,  Toshkent  shahar  Uchtepa  tumani  24-mavze  55-uyda 

joylashgan  jami  69  kv.m.  bo‘lgan  157-xonadonni  Sud  qarorlarini  ijro  etish  sudlar 

faoliyatini  moddiy-texnika  jihatdan  ta’minlash  Departamentining  Toshkent  shahar 

Chilonzor  tumani  bo‘limidan  32.600.000  so‘mga  sotib  olganman.  Ushbu  g‘oliblik 

bayonnomasiga  asosan,  mazkur  joyni  o‘z  nomimga  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazib,  

TA 1577441 – sonli guvohnoma olganman.  

Mazkur  ikki  xonalik  joy  Uchtepa  tumani  24-mavzeda  9  qavatli  binoning  9-

qavatida joylashgan bo‘lib, jami 69 kv.m.ni tashkil qilib, xonadon oshxona, hammom, 

xojatxona,  koridor,  ayvon  va  zaldan  iborat.  Xonadonga  barcha  turdagi  kommunal 

tarmoqlari o‘tkazilgan, xonadonda yashash uchun hech qanaqa kamchilik va to‘siqlar 



FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA PROTSESSUAL HUJJATLARLARDAN NAMUNALAR 

Download 4.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling