Lutfiy. G’azallar, ruboiylar, tuyuqlar


Download 215.5 Kb.
bet4/7
Sana27.01.2023
Hajmi215.5 Kb.
#1130669
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Lutfiy. G’azallar, ruboiylar, tuyuqlar.

G’AZALLAR


* * *
«Dudog’ing ma’dani jondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!»
«Qomating sarvi ravondur»,— dedim, aytur:«Senga ne?!»
«Qamar otlig’ yuzung ollidadur oy bir habashiy,
Dag’i yuzungda nishondur,»—dedim, aytur: «Senga ne?!
«Tal’ating husni jahoniyu oning ustidagi
Soching oshubi jahondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»
«Yoyu o’q qop-qora bo’lmas, magar ul qoshu ko’zung
Ne ajab tiyru kamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»
Xizrdin so’rmisham: «Irningmu durur obi hayot,
Iso anfosi hamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?»
Xurdabinlar ul og’izniki: «Adamdur»,— dedilar,
«Onda bir zarra gumondur»,—dedim, aytur: «Senga ne?»
«Zulfu yuzu ko’zu qoshu, mengu g’amzang — barcha
Fitnayi ahli zamondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»
«Oy yuzung kun kibi zarroti jahon mazharida
Barcha olamg’a ayondur»,— dedim, aytur: «Senga ne?!»
Bo’ldi ko’p fikri daqiq ichra xayoli Lutfiy,
«Bu ne mo’yu ne miyondur?»—dedim, aytur: «Senga ne?!»
* * *
Kelmadi sentek jahonda dilbari ayyorae,
Nasli odam ichra yo’q mundoq pari ruxsorae.
Qon to’kar, el bilmasunlar deb o’zin to’g’ri qilur,
Qo’rmadi hech kim ko’zidek joduyi makkorae.
Tortaram yuz ming jafo ko’nglum elindin, koshki
Bergay zrdi haq ko’ngul, berguncha sangi xorae.
Yopma yuzkim, haq yaratmish yaxshilarni lutf ila
Kim, alarning ko’rkidin osonlagay bechorae.
Hajr uzotur erdi ko’p zulm ilgini tan mulkida,
Bo’ldilar jonu ko’ngul bir-birisi ovorae.
Husn to’nin kiydingu esking uchun bo’ldi talosh,
Tortishib gul topti oxir ko’nglagi sadporae.
Lutfiyning yo ko’nglin olgil, yoxud o’ltur tiyg’ ila,
Har netak ko’nglung tilar, bechorag’a qil chorae.
* * *
Ko’zung qorasi fitna,vale oqi balodur,
Jonlar oladur,vah, ne balo ko’zi qarodur?
Ko’z ustida jon olg’uvchidur xoliyu qoshi,
Bir-birga bari fitna qotilg’an ne balodur?
Hamdardtur aytay anga holimkim,inong’ay,
Gulshandin o’shul bulbuli miskin,ki judodur.
“Bosh o’ynayinu jon berayin vasl uchun” – ayttim,
Xush-xush kulub aytur mangakim:”Yaxshi bahodur!”
Ko’p qilma aning javridin,ey Lutfiy,shikoyat,
Kim,husn elining shevasi payvasta jafodur.
* * *
Jonim chiqadur dard ila,jononima ayting,
Men xasta gado holini sultonima ayting.
O’rtanmagu ko’z yoshiyu o’lmakturur ishim,
Bu qissani ul sham’i shabistonima ayting.
Qat-qat yuragim bog’ladi qon g’uncha meng’izlik,
Bu dardi dilimni guli xandonima ayting.
Qon yoshim erur yux uza yulduz kabi sonsiz,
Ul ko’zlari cho’lpon,mahi tobonima ayting.
Lutfiyi dilafkor tilar hajr eliding dod,
Ahvolini ul begimau xonima ayting.
* * *
Meni shaydo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul,
Xoru rasvo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
O’qdayin qomatimizni qora qoshlig’lar uchun,
Muttasil yo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
Meni yozg’urma “sevar” deb,ki mening haddim emas,
Ul tamanno qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
Borma derlar eshiki sori damo-dam,netayin,
Ko’p taqozo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
Qora mo’yin havasi birla qorong’u kechada,
Jonni savdo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
Dushmanu do’st orasinda meni g’ofilni mudom
Be saru po qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
O’zgadin ko’rma,ki ko’zung yoshini, ey Lutfiy,
Ayni daryo qiladurg’on bu ko’nguldur,bu ko’ngul.
* * *
Qadu og’zingg’a boqsam, oh derman,
Seni ko’rgan sayin Olloh derman.
Tilar ko’nglim seni olamdau bas,
Bu nisbatin seni dilxoh derman.
Meni haddim emaski,istasa vasl,
“Ko’z uchi birla boq goh-goh” — derman.
Qusuri tab’din derman seni sarv,
Erur ul noravo bir oh derman.
Etagingga kishining ilki etmas,
Seni bu vajh ila men moh derman.
Sening qadding bila nozik yururda,
Erur o’zga nima hamroh derman.
Jamoling Lutfi so’zin qildi rangin,
Sening husnungga “shay’anlilloh” derman.
* * *
Nega jonima jafo qilursan?
Vaqti o’ldi agar vafo qilursan.
Jonim chiqadur firoq o’tindin
Dardimg’a qachon davo qilursan?
Ul zulfni solma yuzung uzra,
Kim yuz bila ming balo qilursan.
Bo’ynungda qonim,ki bizni,ey ko’z,
Xo’blar bilan oshno qilursan.
Jondin ilikingni,Lutfiy, yuvg’il,
Chun ishq bila marhabo qilursan…
* * *
Qon bo’ldi ko’ngul firoqingizdan,
Jon kuydi ham ishtiyoqingizdan.
Dinu dilu aql bo’ldi yag’mo,
Jon olg’uvchi ul qaroqingizdan.
O’qtek bo’yimiz egildi yodek,
Ul fitnalik ikki toqingizdan.
Su bo’ldi jonim,vale damo-dam
O’tqa yoqilur dudoqingizdan.
Oltun kabi chehra bo’ldi sorig’,
Ul sim tikin saqoqingizdan.
Ko’rsam kerak oyu kun bulutsiz,
Sochni ketoring yangoqingizdan.
Bu Lutfiyi xastani so’rungkim,
Bechora o’lar firoqingizdin.

RUBOIYLAR


Umrimiz kechti g’amu mehnat bila,
Xizmatingda yuz tuman hasrat bila.
Yorlig’ingdin bizga naf’e tegmadi,
Emdi ozod aylagil minnat bila.
* * *
Ey ko’ngul, bu yo’lda ne g’amdur senga
Kim, xayoli yor hamdamdur senga.
Sevdung o’z haddingdin ortuq yorni,
Gar seni kuydursalar, kamdur senga.
* * *
Furqatingni chekkali jon qaydadur,
Sabr etarga sensiz imkon qaydadur!
Bizni bir yo’li faromush aylading,
Ul burunqi ahdu paymon qaydadur?!
* * *
Dilbaro, Yusuf jamoli sendadur,
Dilraboliqningki xoli sendadur.
Umr kechti-yu meni bir so’rmading,
Bevafoliqning kamoli sendadur.
* * *
Bu ne qoshu g’amzayi ayyor erur?
Bu ne shaklu, shevayu raftor erur?
Sizga osondur agar men bo’lmasam,
Sizsizin lekin menga dushvor erur.
* * *
Ulki, xalq oni malohat koni der,
Ruh oni husn ichra xo’blar xoni der.
O’rtadi, kul qildi bizni ishq o’ti,
Ul jihatdin bizni otashdoni der.
* * *
Ozg’urur olamni so’zung, ey begim,
Ne balodur fitna ko’zung, ey begim?
Aytayin derman senga ko’nglumdag’in,
Ne deyin, bilursan o’zung, ey begim.
* * *
Ul mening jonu jahonimg’a salom,
Jondin ortuq mehribonimga salom.
Bir zamon xoli emasmen yodidin,
Munisi jonu ravonimga salom.
* * *
Sen latofat paykarining xonisen,
Husn avjining mahi tobonisen.
Gar pari desam seni, ma’zur tut,
Chin ko’zum insonidin pinhonisen.
* * *
Ey, visoling davlati ahli futuh,
Zulfu yuzung yodidur oromi ruh.
Gar ilik tutsang, ravon tutqil, begim,
Sabri Ayyub o’lsa, yo’qtur umri Nuh.
* * *
Ko’rgamen nogah yangoqing dardini,
Tortayin ko’zga ayoqing gardini.
Topqamen deb vaslidin bir kun davo,
Tortaram doim firoqing dardini.
* * *
Sensizin ayshu sururim qolmadi,
Yig’lamoqtin ko’zda nurim qolmadi.
Ul quyosh yuzungdin ayrulg’on uchun,
Qayg’udin zarra huzurim qolmadi.
* * *
Sayd qildi bizni jayron ko’zlari,
Delva bo’ldi jon eshitib so’zlari.
Yor agar qilsa inoyat ne ajab,
Qulni chun devona qildi o’zlari.

Download 215.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling