M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar
-rasm. Juft ulangan invertorlar 103
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Алиев М.М.
4.1-rasm. Juft ulangan invertorlar 103 Ikki hodisani koʻrib chiqamiz: Q=0 va Q=1 Hodisa I: Q=0 4.1,a-rasmda koʻrsatilganidek, l2 kirishiga Q = 1. l2 signali keladi va signalni invert qilib l1 kirishiga Q¯ = 1 signalni uzatadi. Shunga koʻra, l1 chiqishida mantiqiy 0 va bu hodisada sxema barqaror holatda. Hodisa II: Q=1 4.1,b-rasmda koʻrsatilganidek, l2 kirishiga 1(Q) keladi. l2 signalni invert qilib l1 0 Q¯ kirishiga uzatadi. Shunga koʻra, l1 chiqishi mantiq va bu holda sxema ham barqaror holatda. Juft yoqilgan invertorlarning ikki holati bor Q=0 va Q=1 va sxema bistabil. Sxemaning uchinchi holati qachonki, har ikkala chiqish 0 va 1 orasida joylashsa mavjud boʻladi. Bunday holat metastabil deb nomlanadi, uni 4.1.2 boʻlimida koʻrib chiqamiz. 4.2-rasm. Element N barqaror holatda log2N bit ma’lumotni saqlaydi. Shunga koʻra, bistabil yacheykasi 1 bitni saqlaydi. Juft yoqilgan invertorlar holatida bir oʻzgaruvchan Q mavjud. Q qiymati, kelajak sxema holatini bilish uchun oldingi barcha ma’lumotlar haqida xabar beradi. Xususan, agar Q=1 boʻlsa, u har doim Odatda ketma-ketlik sxema chiqishi Q harfi bilan belgilanadi, xuddi shunday kombinatsion sxema chiqishi Y harfi bilan belgilanadi. 104 0 boʻladi, agarda Q=1 boʻlsa shunday qoladi. Sxemaning yana bir Q¯ chiqishi bor. Q ma’lum boʻlsa, Q¯ hech qanday qoʻshimcha ma’lumotga ega boʻlmaydi, chunki Q¯ noyob belgilangan. Boshqa tomondan, Q¯ oʻzgaruvchan deb koʻrsak boʻladi. Dastlab yoqilgan elektr ketma-ketlik sxemasi aniq emas va hozirgi holatini aytish qiyin. Sxema yoqilganda turlicha boʻlishi mumkin. Juftlik yoqilgan invertorlar ma’lumotni bit holatida saqlasada ular praktikada qoʻllanilmaydi, foydalanuvchi nazorat qilishi uchun sxemada kirish yoʻq. Lekin boshqa elementlar, triggerlar kirishi boʻlib ularni boshqarish nazoratini beradi. Bu sxema qolgan boʻlimda koʻrib chiqiladi. Triggerlar sodda ketma-ket qurilmalarni namoyish etadi. Ulardan elektron uskunalarning koʻpgina tizimlarida mustaqil yoki boshqa mahsulotlarni hosil qilish uchun bazaviy element sifatida foydalaniladi (hisoblagich, registr, xotira qurilmasi). Triggerlarga koʻp turdagi qurilmalarni kiritish mumkin. Ularning umumiy xususiyati shundan iboratki, ular uzoq vaqt mobaynida kerakli holatdan bittasida turadi va tashqi signallar ta’siri natijasida holatini almashtira oladi. Triggerning asosiy vazifasiga ma’lumotlarni saqlash kiradi. Triggerning xotirasi deganda belgilangan holatda turish xususiyati nazarda tutiladi. Holatlarning birini 1, ikkinchisini 0 deb qabul qilinadi. Trigger ikkilik kodida yozilgan sonning bitta razryadini saqlab (eslab) qoladi deb hisoblash mumkin. Ma’lumotlarni kiritish turlariga asoslangan holda triggerlar asinxron va sinxron boʻlishi mumkin va amaldagi ma’lumotlarning turiga qarab, RS, D, T, JK-triggerlar ajratiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling