M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


 Kombinatsion qurilmalarni modellashtirish va yaratish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

3.5. Kombinatsion qurilmalarni modellashtirish va yaratish 
Elektron qurilmalarini modellashtirishda, Berkli (Berkeley) universitetida 
ishlab chiqilgan, Labcenter Electronics (http://www.labcenter.co.uk) firmasiga 
tegishli Proteus VSM paketida (3.45-rasm) mujassamlashgan dastur tizimlari 
tarkibiga kiruvchi ISIS (ISUS 7 Professional) dasturidan foydalanish oʻrinli. 
Ushbu dasturda nafaqat diskret komponentalar qurilmalarni modellashtirish, 
hamda oddiy analogli va raqamli mikrosxemalarni ham modellashtirish 
mumkin. 
3.45-rasm. Proteus VSM paketi 
Proteus dastur ishga tushirilgan song menyuda “ISIS” belgi bosiladi va 
dasturning asosiy interfeysiga (3.46-rasmda koʻsatilgan) chiqiladi. 


97 
3.46-rasm. Proteus dasturning asosiy interfeysi 
3.1-jadval 
L1 – elementni belgilash 
L2 –DEVICES panelini ochish 
L6 – kabel 
L8 – TERMINALS – manba, yer, bog‘lash, chiqishlar 
L10 – GRAPH 
L11 – “ magnitofon " 
L12 – generator 
L14 – VirtualInstruments 
Boshqaruv tugmalari 
3.2-jadval 
"Пуск" – jarayonni boshlash 
"Шаг" – birin-ketin bajarish 
"Пауза" – jarayonni toʻxtatib turish 
"Стоп" – tamomlash 


98 
 
3.47-rasm. Proteus dasturida manba va boshqa qurilmalardan foydalanish qismi 
Dasturning ushbu darchasidan foydalanishda quyidagi elementlar ishlatiladi 
(3.47-rasm): 
-GROUND 
-POWER 
Interfeys bilan boshlaylik. Komponentlarni tanlash uchun ekranning yuqori 
chap burchagidagi "P" tugmasini bosing ("DEVICES" yorlig‘i yonida). 
Shundan soʻng, ushbu turdagi oyna paydo boʻladi: 


99 
3.48-rasm. Proteus dasturining interfeysi 
Chap qismda elementlarning tasnifi,
oʻrta ustunda elementlar oʻzlari,
pastki 
chap "oynada" ˗ elementning holati (agar ARIES kutubxonasi boʻlsa)
va yuqori 
oʻng oynada elementning oʻzi, masalan, AND elementni tanlaymiz: 
3.49-rasm. AND elementini tanlash 


100 
Obyektni topa olmasangiz, qidiruv funksiyasidan foydalanishingiz mumkin. 
Buni amalga oshirish uchun faqat kerakli elementning toʻliq yoki qisman nomini 
yuqori chap burchakdagi ustunga haydash va natijalar orasida kerakli variantni 
tanlash kerak. 
Endi biron-bir sxemani modellashtirishni boshlashingiz mumkin. Masalan 
quyidagi 3.4-rasmda koʻrsatilgan 4:1 multipleksorni "yig‘ish" mumkin: 
3.50-rasm. 4:1 multipleksor sxemasi 
Mantiqiy elementlarni tanlash uchun "P" - "TTL74 series" ni bosing va 7411 
seriali AND mantiqiy elementni tanlang va OK tugmani bosib asosiy ekranga 
toʻrt marotaba tushiring. Keyin OR (YOKI) va NOT (EMAS) elementlarini 
tanlang.
Soʻngra, ulanishlarni autotrasirovkani tanlang, bu menyu orqali yoki 
"tezkor kirish" paneli orqali amalga oshiriladi, ikkinchisi esa afzalroqdir.
A
utotrasirovkani panel orqali faollashtirish uchun siz ushbu tugmani bosishingiz 
kerak: 
3.51-rasm. Autotrasirovkani tanlash 


101 
Shunday qilib, autotrasirovshik faollashtirildi va elementlar joylashtirildi
endi siz xulosalarini sxema boʻyicha ulashingiz mumkin. 
3.52-rasm.4:1 multipleksorning mantiqiy sxemasi 
Sxema amalga oshirildi, endi qanday ishlashini koʻrishingiz mumkin.
Buning uchun pastki chap burchakdagi "Пуск"
tugmasini bosing. Sxema ishga 
tushadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling