M. M. Aliyev 2019 raqamli texnika va mikroprotsessorlar


 Sinxronli RS - triggerlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/62
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1832866
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
Алиев М.М.

4.1.2. Sinxronli RS - triggerlar 
Sinxron triggerlarda (4.6-rasm) kirish signallarining almashinuvi ishga 
tushish uchun yetarli emas. Ishga tushishda qoʻshimcha buyruqli impuls kerak 
boʻladi. Yuqoridagi impuls sinxronli C kirishga yuboriladi. 
4.6-rasm. Sinxronli trigger 
Sinxronli signallar maxsus taktli impulslar generatori yordamida ishlab 
chiqiladi. Ular ma’lumotni almashtirish chastotasini vaqtning diskret lahzalarida 
koʻrsatadi (topshiradi). Shu lahzalarda triggerning chiqishida ma’lumot 


108 
yangilanadi, bu ma’lumot keyingi qurilmalarning kirishiga kelib tushadi. 
Sinxronizatsiya signallarning vaqtga bog‘liqligini ta’minlaydi va koʻpgina 
qurilma tizimlarining umumiy ritmda birlashtiradi. 
4.7-rasmda taqqoslash uchun asinxron va sinxron triggerlar ishining vaqtli 
diagrammasi koʻrsatilgan. Asinxron trigger uchun ketma-ket ishga tushish 
orasidagi intervalning vaqti takt deb hisoblanadi. Shu oʻrinda taktlar uzunligi 
nazorat qilinmaydi. 
4.7-rasm. Triggerlar ishlashinining vaqt diagrammasi: 
a˗asinxron; b˗sinxron 
Asinxron triggerlarning asosiy kamchiligi, ulardan tezligi yuqori boʻlgan 
qurilmalarda foydalanish imkoniyatining cheklanganligi, signallarning xavfli 
holatdan himoyalanmaganligi hisoblanadi. Triggerning turli ma’lumotli 
kirishlariga kelib tushayotgan signallar har xil zanjirlar orqali oʻtib ketadi. 
Taqsimlashning kechga qolishi oqibatida signallar orasida vaqtli surilish kelib 
chiqishi mumkin. Ular harakatning oʻzgarishi va qurilmalarning eskirishi 
natijasida almashib turadi. Signallar orasidagi musobaqa triggerning oʻrinsiz 
ishga tushishiga sabab boʻladi. 
Sinxron triggerlar asinxron triggerlarga nisbatan (zararli signal himoyasi) 
bilan ajralib turadi. Sinxron triggerlarning oʻchib-yonishi (aylanish) taktli 
impulslarning ishtiroki orqali sodir boʻladi, ularning uzunligi davrida nisbatan 
ancha kichik boʻladi. Asinxronli boshqaruvda oʻchib-yonish kirishdagi foydali 
signal orqali va shovqin signal orqali ham sodir boʻlishi mumkin. 


109 
Quyidagi rasmda (4.8) triggerning modelashtirilishi koʻrsatilgan. 
4.8-rasm. Proteusda triggerni tadqiqok etish sxemasi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling