Madaniyat instituti


Download 434.96 Kb.
bet11/12
Sana21.01.2023
Hajmi434.96 Kb.
#1107165
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
KASBIY O’ZLIKNI ANGLASHNING MAZMUNLI PROTSESSUAL MODELI







XulOsa


Xulosa o’rnida shuni takidlash kerakki, har qanday jamiyatning ravnaqi, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorligi uning fuqarolarining aqliy va axloqiy saloxiyatini yuksak darajada rivojlanganligiga bog’liq.
Zero, jamiyatimizning ma’naviy yangilanishida, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishda jahon hamjamiyatiga qo’shilishini ta’minlaydigan demokratik xuquqiy davlat qurish kadrlar tayyorlashning milliy masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o’ynaydi.
Shuning uchun xam O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov inson uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxsiy manfaatlari ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan isloxotlarning asosiy maqsadi va xarakatlantiruvchi kuchidir-deb juda to’g’ri aytgan edi.23
Chunki xalqning boy intellektual merosi va umuminsoniy qadriyatlar asosida zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyaning yangi yutuqlari asosida mukammal tayyorgarlikdan o’tgan kadrlarni tayyorlashning yangi tizimini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi taraqqiyotining muhim shartlaridan biri bo’lib qoldi.

Inson hayotga kelar ekan u insoniyat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklami o‘zlashtirib, boraveradi. Ya’ni moddiylashgan zotga aylanib, o‘zini qaytarilmasligini ko‘rsatib boradi.


Mana shu ma’noda bugungi mustaqillik sharoitida kadrlar tayyorlashning milliy modelini ro’yobga chiqarish, har tomonlama kamol topgan, jamiyat hayotiga moslashgan ta’lim-tarbiyani ongli ravishda qabul qila oladigan davlat, jamiyat va oila oldida javobgarlik hissini tuya oladigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutish bilan birga ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishidan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la halos etish.
Rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviyat va ahloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratish maqsadida 1997-yil Oliy Majlisning IX sessiyasida “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi” qabul qilindi.24
Shaxs psixologiyasini o‘rganish o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llash demakdir. O‘quvchilarning individual tipologik xususiyatlari, yoshi va jinsini hisobga olgan holda ularning har birini oqilona kasbga yo‘llash shaxs psixologiyasining muhim vazifalaridan biridir.

Download 434.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling