Maktab kutubxonalari ishini samarali tashkil etish vositalari. Umumta’lim muassasasi kutubxonasini rivojlantirish konsepsiyasi asosida o‘quvchilar
Download 0.84 Mb. Pdf ko'rish
|
kutubxona
Fondni ehtiyot qilib saqlash
Kutuxonada kitoblarni ehtiyoi qilib saqlash: kitob javonlarida sanitariya-gigena rejimi belgilangan tartibga rioya etish, kitoblarni o‘z vaqtida yamab tuzatish va qayta muqavolashni ta’minlovchi sharoit yaratishdan iborat. Javonlarda kitoblarni bemalol turishi uchun sharoit yaratish lozim, chunki zich joylashtirilgan kitoblar tezroq eskiradi. Fondni ehtiyot qilib saqlashda sanitariya-gigena rejimiga rioya etish va xarorat, namlik havoning tozaligini me’yorida saqlashga katta e’tibor berish (me’yoridagi xarorat 16-18 gradus, namlik 50-60% ) ni saqlash kerak. Kitoblar tezda eskirmasligi uchun, ularni o‘z vaqtida yamab tuzatib turish va qayta muqovalash kerak. Kutubxonachi kitobni qabul etish va yozib berish chog‘ida ularning har birini ko‘rib chiqishi, tuzatilgan va yirtilgan kitoblarni ajratib qo‘yishi shart. Bolalar kutubxonasining xususiyatlari : fondning deyarli to‘rtdan birini asosan yumshoq muqovada nashr qilingan maktabgacha tarbiya yoshidagi o‘quvchilar uchun adabiyotlar tashkil qilinadi. Ba’zi kutubxonalar xali kitobxonlar qo‘liga berilmagan yangi kitoblarni qayta muqovalab to‘g‘ri ish qiladi. Bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxonalarda kitoblarning yosh do‘stlari muqovalash «Kitobchalar shifoxonasi» to‘garagi ishlaydi. Bolalar kitob sahifalarini yopishtirish, dog‘larni ketkazish, kitoblarni muqovalash bilan shug‘ullanadi. Kitobxonlarni milliy boyligi bo‘lib xisoblangan kitoblarni avaylab asrash ruhida taribyalash kerak. Bolani kutubxonaga a’zo qila turib : odatda kutubxonachi uni kutubxonadan foydalanish qoidalari bilan tanishtiradi, kitob bilan qanday muomala qilish lozimligini aytadi. O‘qish madaniyati bo‘yicha mashg‘ulotlarda maxsus suxbatlarda o‘quvchilar kitob kutubxonaga kelib tushganiga qadar qanday yo‘lni bosib o‘tganligi tanishtiradi. Kutubxonachi o‘quvchilarda kutubxonadan olgan kitoblari uchun doim ma’suliyat xis etishni tarbiyalashi, kutubxona va kitobdan foydalanish qoidasini qat’iy bajarilishini talab qilishi kerak.Bolalar yo‘qolgan kitobni xuddi shu qiymatdagi kitob bilan almashtirish lozimligini, narx bilan undirilishini yaxshi bilishlari kerak. Kitoblarni ko‘z qorachig‘iday saqlashga o‘rgatish ham maktab kutubxonalari ishida muhim axamiyat kasb etadi. 23 Zero kam ta’minlangan oila o‘quvchilarni bepul darsliklar bilan foydalanishga berilgan uktubxona fondidagi darsliklarga,extiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish hissini tarbiyalash vazifasi muxim axamiyatga ega. Lekin bu ishni kutubxonachilar, o‘quvchilar , ota-onalar va bolalarning o‘zlari kitobxon faollari bilan bir yelkadan bosh chiqarib harakat qilsagina muvoffiqiyatli ado etish mumkin. Sha sababli, o‘quv yilining boshida istiyenosiz barcha sinflarda « Barcha fuqorolarning burchi xalq mulkini ko‘z qorachig‘idek asrashni» mavzuli yig‘ilishlar o‘tkazilishi lozim. O‘quvchi kitobni olar ekan, o‘qituvchi unga tilxar yozib berishi shu bilan kitobga g‘amho‘rlik ma’suliyatini zimmasiga olishni taklif qiladi. Har bir kitobning oxirida kim va qaysi yili olgan o‘quvchiga qaraganda uyalib qolmaydigan darajada avaylab tutish ma’suliyatini yuklaydi. O‘quv yilining oxirida sinf rahbarlari ro‘yxatlar bo‘yicha kitoblarni kutubxonaga qaytaradilar. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling