- ―metod‖, ―metodika‖ va ―usul‖ tushunchalarining mohiyati;
- tarix oʼqitish metodikasining maqsadi, vazifalari, obʼekti va predmeti;
- tarix oʼqitish metodlari, usullari, vositalari, shakllari;
- tarix oʼqitish metodikasining ilmiy tadqiqot metodlari;
- talabalar bilimi, koʼnikma va malakalarini baholash va nazorat turlari;
- tarix fanidan mustaqil taʼlimni tashkil etish shakllari toʼgʼrisidagi
bilimlarga ega boʼlishi;
- oʼquv dasturlarini yaratish; nazariy va amaliy mashgʼulotlar uchun materiallarni toʼplash va ularni saralash; tarix taʼlimi uchun maʼlumotlarni samarali izlash; nazariy va amaliy mashgʼulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayѐrlash; nazariy va amaliy mashgʼulotlar uchun oʼquv topshiriqlari turlarini belgilash; tarix fanidan oʼquv topshiriqlarini ishlab chiqish; oʼquv topshiriqlari uchun ish qogʼozlarini hamma oʼquv fanlari boʼyicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun sinov topshiriqlarini tayѐrlash;
- tarix taʼlimidan ilmiy va amaliy qiymatga ega oʼquv materialini tayѐrlay olish;
- maʼruza mashgʼuloti uchun moʼljallangan matnning vizual xususiyat kasb etishi (oʼquv axborotining grafik (sxema, jadval, diagramma, tasvir va b.) koʼrinishda boʼlishiga erishish koʼnikmalarini egallashi;
- maʼruza va amaliy mashgʼulotlar, shuningdek, reyting nazorati uchun keyslar va darajali testlar toʼplamini shakllantirish;
- tarix boʼyicha toʼgaraklar, konferentsiya va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʼtkazish malakalarini egallashi;
Tinglovchi:
- metodik bilim asosida oʼquv mashgʼulotlarini muvaffaqiyatli tashkil etish;
- talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali yoʼlga qoʼyish kompetentsiyalarni egallashi lozim.
Modulni tashkil etish va oʼtkazish boʼyicha tavsiyalar
―Oliy taʼlimda tarix fanlarini oʼqitish metodikasi‖ modulini oʼqitish jaraѐnida:
- maʼruza darslarida zamonaviy kompьyuter texnologiyalari ѐrdamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalardan;
- oʼtkaziladigan amaliy mashgʼulotlarda texnik vositalardan, ekspress- soʼrovlar, test soʼrovlari, kichik guruhlarda ishlash, interfaol taʼlim metodlarini qoʼllash nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |