Mavzu: Funksiyalar kompazitsiyasining uzluksizligini isbotlash
Download 345.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Funksiya kompazitsiyasi Mustaqil ish
g
nisbatni f va g funksiyalar turli aniqlanish sohalarga ega bo’lganda ham aniqlashimiz mumkin, lekin bunda biz doim nisbatning aniqlanish sohasi deb ikki f va g funksiyalar aniqlanish sohalari kesishmasidan g funksiyaning nollari chiqarib tashlangan to’plamni olamiz: µ D g = D ( f ) \ D ( g ) n f x : g (x) = 0g: 1.2 - Misol. Agar P va Q lar ko’phadlar bo’lib, Q(x) · 0 bo’lsa (ya’ni Q - nolga teng nolinchi darajali ko’phad bo’lmasa), quyidagi f ( x ) = Q(x) funksiyaga ratsional funksiya deb ataladi. Ravshanki, f = Q ratsional funksiyaning aniqlanish sohasi sonlar o’qidan maxrajning nollarini chiqarib tashlangan to’plamga teng: D ( f ) = R n f x : Q(x) = 0g: Xususan, maxrajni Q(x) · 1 deb hisoblab, har qanday ko’phadni ratsional funksiya deb qarashimiz mumkin. 3.1.2 - Tasdiq. Agar f va g ratsional funksiyalar bo’lsa, f + g , f ¡ g , f ¢ g va g ( g (x) = 0 bo’lganda) funksiyalar ham ratsional funksiyalar bo’ladi. Isbot ratsional funksiyaning ta’rifidan bevosita kelib chiqadi. E’tibor bering, har bir ratsional funksiya o’zgarmas va f (x) = x funksiyalarga yuqoridagi to’rtta (qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) arifmetik amallarni chekli marta qo’llash natijasi deyish mumkin. Shu ma’noda 3.1.2 - Tasdiqni ratsional funksiyaning ta’rifi deb qarasa ham bo’ladi. Funksiya o’z aniqlanish sohasining turli qismlarida turli formulalar orqali berilishi ham mumkin. 1.3 - Misol. Signum funksiyasi quyidagicha aniqlanadi: < ¡ 1 ; agar x < 0 bo’lsa, sign x = 0; agar x = 0 bo’lsa, 1; agar x > 0 bo’lsa. M A T E M A T I K T A H L I L 3 Bu funksiyaning aniqlanish sohasi butun sonlar o’qidir. Istalgan x 2 R uchun quyidagi ikki tenglikning o’rinli ekanini oddiy hisoblashlar orqali ko’rsatish mumkin: x ¢ sign x = jxj; jxj ¢ sign x = x; x 2 R : Navbatdagi misolda funksiyalarning umuman antiqa ko’rinishga ega bo’lishini ko’rishimiz mumkin. 1.4 - Misol. Dirixle funksiyasi quyidagicha aniqlanadi: 1; agar x ratsional bo’lsa, 0; agar x irratsional bo’lsa. Bu funksiyaning ham aniqlash sohasi butun sonlar o’qidir, ya’ni R. 3. Funksiyalarni o’rganishda ularning grafigi (ya’ni koordinatalar tekisligining funksiya bilan bog’liq bo’lgan muayyan qismiy to’plami) muhim rol o’ynaydi. Eslatib o’taylik, agar x 2 R va y 2 R bo’lsa, R 2 koordinatalar tekisligi deganda biz barcha tartiblangan (x; y ) juftliklar to’plamini tushunar edik. Tartiblangan (x; y) juftlik tekislikning nuqtasi, x va y sonlar esa uning koordinatalari ham deyiladi. Birinchi koordinatani ba’zan abssissa va ikkinchisini esa - ordinata deb atashadi. f : E ! R funksiyaning grafigi deb quyidagi: Γ ( f ) = f ( x ; f ( x ) ) 2 R 2 ; x 2 E g ko’rinishda aniqlangan Γ(f ) ‰ R 2 to’plamga aytiladi. Boshqacha aytganda, f funksiyaning grafigi - bu koordinatalari y = f ( x ) munosabat bilan bog’langan barcha (x; y) juftliklar to’plamidir. Odatda funksiya grafigini doskada tasvirlaganda, abssissalar o’qini gorizontal ravishda chizib, musbat abssissalik nuqtalar manfiy abssissalik nuqtalardan o’ngda joylashtiriladi, ordinatalar o’qini esa vertikal ravishda chizib, musbat ordinatalik nuqtalar manfiy ordinatalik nuqtalardan yuqorida joylashtiriladi. Bunday tanlashda funksiyalarning grafigi odatda silliq egri chiziqlardan iborat bo’ladi, shu bilan birga, agar har bir shunday egri chiziqni istalgan vertikal to’g’ri chiziq bilan kessa, to’g’ri chiziq va grafik oshib borsa bir marta kesishadi. Masalan, 1.1 - Misolda ko’rilgan ko’phadlar shunday grafikka ega. Grafiklar, silliq chiziq bo’lsada, cheksizlikka ham ketib qolishi mumkin. Masalan, 3.1.2 - Misolda ko’rilgan ratsional funksiyalar grafigi ana shunday xossaga ega. Ba’zi funksiyalar grafigi uzilgan (odatta uzilishga ega bo’lgan deb ataladi) egri chiziqdan iborat bo’ladi. Misol tariqasida 3.1.3 - Misolda qaralgan funksiya grafigini olish mumkin. Nihoyat, Dirixle funksiyasi shunday grafikka egaki, uni qog’ozda eskiz ravishda ham tasvirlash qiyin. Bu grafik to’g’risida biroz tassavurni quyidagi rasm beradi: 3.000. 4. Funksiyalarning eng muhim xossalaridan biri- ularning uzluksizligidir. Uzluksiz funksiyalar to’g’risida geometrik tasavvurni uzluksiz deb ataladigan egri chiziqlar berishi mumkin, ya’ni shunday egri chiziqlarki, ularni chizganda qalam qog’ozdan ko’tarilmaydi. Oddiy qilib aytganda, grafigi uzluksiz egri chiziqdan iborat bo’lgan funksiya uzluksiz funksiyadir. Albatta, bu yerda keltirilgan fikr faqat intuitiv mulohazalar bo’lib, ularni matematik ma’noda qat’iylashtirish ancha murakkabdir. Odatda uzluksiz funksiyalar limit qiymat tushunchasi orqali ta’riflanadi. Biz ham ana shu yoldan boramiz. Avval misol tariqasida quyidagi ratsional funksiyani qaraylik: Download 345.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling