Mavzu: O‘simliklar fiziologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi


Ammonifikatsiya jarayoni va amminofaktorlar mikroorganizmlar


Download 117.05 Kb.
bet12/13
Sana31.01.2024
Hajmi117.05 Kb.
#1832273
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Мустақил иш

Ammonifikatsiya jarayoni va amminofaktorlar mikroorganizmlar. Ammonifikatsiya protsessi. O'simliklar va hayvonlar qoldig'ida juda ko'p miqdorda organik moddalar bo'ladi. Ularning mineral moddalarga aylanishi o'simliklarning azot bilan oziqlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Oqsillarning chirishi protsessida NN3 hosil bo'lgani uchun ammonifikatsiya protsessi deyiladi. Chirish protsessi aerob va anaerob sharoitda boraveradi, lekin aerob sharoitda tezlashadi. Chirituvchi mikroorganizmlar gruppasiga xilma-xil bakteriyalar misol bo'ladi•Ammonifikatsiya natijasida oqsillar parchalanganda suv, karbonat angidrid, ammiak, vodorod sul`fid, metilmerkaptan (CN3SN) hosil bo'ladi. Yoqimsiz hidli indol, skatol ham hosil bo'ladi. Bunda oqsillarga eng avval proteolitik fermentlar ta'sir etib, peptonlar, polipeptidlar va aminokislotalar hosil qiladi.
Atmosferada erkin holatdagi azotning miqdori 70% dan ortiq bo‘lsa, ham undan foydalanish uchun birikma holga o‘tkazish kerak. Birikma holga o‘tkazishning turli yo‘llari mavjud bo‘lib, ulardan tabiatda kuzatiladigan momaqaldiroq vaqtida chaqmoqchaqishi va ionlanish jarayonlari,meteoritlarning qo‘yib ketishi kabilarni ko‘rsatish mumkin. Ammo erkin azotni birikma holga o‘tkazishda tirik organizmlarning roli katta. Bakteriyalar faoliyati natijasida 2-3 kg dan 5-6 kg gacha (1 gektar maydonda) azot birikma holga o‘tkaziladi.
Dukkakli o‘simliklarning ildizida yashovchi tugunak bakteriyalar esa yiliga 350 kg ga azot birikmasini to‘playdi. Azotni birikma holiga o‘tkazish uchun energiya talabetiladi. Tuproqda nitrifikastiyalovchi bakteriyalar tomonidan ammoniy natrit va natriylargacha oksidlanadi hamda denitrifikastiyalovchi bakteriyalar tomonidan esa ular gaz holidagi azot va yoki azot oksidi tarzida qaytariladi. Ammoniy ionlarning nitrit va nitratlargacha oksidlanishi energiya ajralishi bilan boradi.
Denitrifikastiyalovchi bakteriyalar nitrit va nitratlardan nafas olish uchun kislorod manbai sifatida foydalanadi. Ammoniy birikmalari, nitrit va nitratlar eritma tarzida organizm tomonidan o‘zlashtiriladi. Keyinchalik ulardan organik moddalar , birinchi navbatda aminokislotalar va ulardan oqsillar cintezlanadi. Hosil bo‘lgan oqsillar o‘simlikni iste‘mol qiladigan konsumentlarda qayta ishlanadi. Modda almashinishining mahsulotlari, o‘simlik va hayvonlarning qoldiqlari sifatida tuproqqa o‘tgan organik mineral moddalarga parchalanadi. Bunda ammonifikastiyalovchi bakteriyalar guruhi organik moddalardagi azotni ammoniy tuzlariga aylantiradi.
Azot birikmalarining bir qismi daryolarga borib tushadi va undan dengizlarga qo‘yiladi. Okean va dengizlarda azot ammoniy tuzlari shaklida uchraydi. Suvning toza qatlamida azot miqdori quruqlikdan kelib qoshilgan azot miqdori hisobiga bir oz ko‘proq bo‘ladi. Shiningdek atmosferadagi amiakni erib tushishi okeandagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarining parchalanishi hisobiga ortadi. Azotning tabiatda aylanishiga inson juda katta ta‘sir ko‘rsatadi. Tabiatdagi azot sanoat miqyosida fiksastiya qilinadi. Dunyo bo‘yicha 20 mln.t. dan ortiqroq azot yilida fiksastiya qilinadi. Har bir kimyoviy element uchun katta va kichik doiralarda kuchib yurish tezligi harakterli. Atmosferada mavjud bo‘lgan kislorod tirik moddalar orqali 2000 yilda,CO2 300 yilda o‘tadi.


Download 117.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling