Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793735
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu




Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) 
 
Reja: 
 
1. Qadriyat tushunchasi, turlari (umuminsoniy, milliy, shaxsiy qadriyatlar).
2. Qadriyatlarni baholash.
3. Sog‘lom turmush tarzining qadriyatli jihatlari. 
 
Ma’ruza 
 
1.Qadriyatlar
–falsafaning alohida bo‘limi (yunon. axios - qadriyatlar, logos – bilim: qadriyatlar 
haqidagi fan) bo‘lib, u  insonning dunyoga bo‘lgan munosabatining alohida jihatini ifodalaydi, inson 
faoliyati, jamiyat va madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini teran anglab yetish imkonini beradi
Qadriyat kategoriyasining mazmuni inson uchun ijobiy ahamiyatga ega bo‘lgan narsa yoki hodisalarda 
o‘z ifodasini topadi. 
Qadriyat – voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-ahloqiy, madaniy-
ma’rifiy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan falsafiy tushuncha 
Qadriyatlar o‘lchovi esa, ayrim mezonlarning mavjudligini nazarda tutadi. Muayyan 
predmetning mazkur mezonlarga muvofiqligi uni shaxs yoki jamoa uchun qadriyatga aylantiradi. 
Maqbullik sub’ektiv darajada baholash, ya’ni turli hodisalarning inson uchun ahamiyatini aniqlash 
tarzida amal qiladi. Mazkur hodisalarning inson uchun ahamiyati uning ijtimoiy pozitsiyasi, 
dunyoqarashi, madaniyat, aql-zakovat va ma’naviyat darajasi bilan belgilanadi. Shu sababli 
qadriyatning borlig‘i intellektual darajadagina emas, balki emotsional darajada ham anglab yetiladi. 
O‘z-o‘zidan ravshanki, sub’ektiv maqbul narsa yoki hodisa bilan qadriyat o‘rtasida to‘qnashuv yuz 
berishi mumkin.
Qadriyatlar individual bo‘lib, ular anglanishi yoki anglanmasligi yoki noto‘g‘ri anglanishi 
mumkin. Ammo qadriyatlarni sub’ektiv darajada maqbul hodisa sifatida anglashning har qanday 
varianti baholash ko‘rinishida amal qiladi. Haqiqatdan farqli o‘laroq, baholash narsalarning haqiqiy 
holatiga bilimning muvofiqligiga erishishdan emas, balki narsalarni va ularning xossalarini inson 
uchun zarur va muhim deb anglab yetishdan iborat. 
.Qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy va ob’ekt-sub’ektli xususiyat kasb etadi. Ma’lumki, 
jamiyat bo‘lmagan joyda qadriyatlar mavjudligi haqida gapirishning o‘zi behudadir. Zero narsalar
voqealar ularning inson bilan, sotsium hayoti bilan aloqasisiz, o‘z holicha qadriyatlar bilan 
bog‘lanmaydi. Xullas, qadriyatlar doim insoniy qadriyatlar hisoblanadi va ijtimoiy xususiyat 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling