Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja


kasb etadi. Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu

kasb etadi.
Qadriyat insonning amaliy faoliyati jarayonida vujudga keladi. Insonning har qanday faoliyati 
muayyan maqsadni belgilashdan boshlanadi va mazkur faoliyat ayni shu maqsadga erishishga 
bag‘ishlanadi. Maqsad – individga o‘zining muayyan ehtiyojlarini qondirish imkonini berishi mumkin 
bo‘lgan faoliyatning pirovard natijasi haqidagi insonning tasavvuri.
«Qadriyat» tushunchasini «muhimlik» tushunchasidan farqlash lozim. qadriyat «muhimlik» 
tushunchasi bilan nisbatlashadi, lekin u bilan ayniy emas. Muhimlik qadriyatga bo‘lgan 
munosabatning faollik, qizg‘inlik darajasini tavsiflaydi. Nimadir bizni ko‘proq, nimadir kamroq 
ta’sirlantiradi, nimadir bizni o‘ziga nisbatan butunlay befarq qoldiradi. Shuningdek, muhimlik qadriyat 
xususiyatigagina emas, balki «aksilqadriyat», ya’ni ziyon xususiyatiga ega bo‘lishi ham mumkin. 
Yomonlik, ijtimoiy adolatsizlik, urushlar, jinoyatlar va kasalliklar jamiyat va shaxs uchun ulkan 
ahamiyatga ega, lekin bu hodisalarni qadriyatlar deb nomlash odat tusini olmagan. Binobarin
«muhimlik» tushunchasi «qadriyat»ga qaraganda kengroq. Demak qadriyat – ijobiy muhimlik. Ijtimoiy 
rivojlanishda salbiy rol o‘ynaydigan hodisalar salbiy ahamiyatga molik deb talqin qilinishi mumkin. 
Shunday qilib, har qanday muhimlik emas, balki inson, uning birlashmalari yoki butun jamiyat 
hayotida ijobiy rol o‘ynaydigan muhimlikkina qadriyat hisoblanadi. 



Qadriyat ikki xossa: funksional ahamiyat va shaxsga doir mazmun bilan tavsiflanadi. Bu qanday 
xossalar? 
Qadriyatning funksional ahamiyati – bu narsa yoki g‘oyalarning ularni mazkur jamiyatda 
qadriyatga aylantiruvchi ijtimoiy muhim xossalari, funksiyalarining majmui. Masalan, muayyan 
g‘oyaga ma’lum informatsion mazmun va uning haqqoniylik darajasi xos. 
Qadriyatning shaxsga doir mazmuni – bu uning inson ehtiyojlariga bo‘lgan munosabati. 
Qadriyatning shaxsga doir mazmuni, bir tomondan, qadriyat funksiyalarini bajaruvchi ob’ekt bilan 
belgilanadi, boshqa tomondan esa, insonning o‘ziga bog‘liq bo‘ladi. Inson narsaning mazmun va 
mohiyatini anglab yetish jarayonida o‘zining mazkur narsaga bo‘lgan sof tabiiy ehtiyojidan emas
balki o‘zi mansub bo‘lgan jamiyat tarbiyalagan ehtiyojdan, ya’ni jins bildiruvchi ijtimoiy ehtiyojdan 
kelib chiqadi. U narsaga go‘yo boshqa odamlarning, jamiyatning ko‘zi bilan qaraydi va unda mazkur 
jamiyat doirasida o‘z hayoti uchun muhim bo‘lgan narsani ko‘radi. Inson jins bildiruvchi mavjudot 
sifatida narsalarda ularning jins bildiruvchi mohiyatini, narsaning g‘oyasini izlaydi va bu g‘oya inson 
uchun mazmun kasb etadi. 
Ayni vaqtda shuni qayd etish lozimki, qadriyatlar odamlar uchun bir xil mazmun kasb 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling