Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
10-Mavzu
Shaxsiy, jamoaviy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan ijtimoiy nuqtai nazardan uzviy
bog‘liq. 5 Ijtimoiy qadriyatlar shaxsning kamol topishida birlamchi ahamiyatga ega, ular shaxsga ijtimoiy sharoitlarga moslashish, jamiyatda muayyan o‘rinni egallash, qoniqarli shaxsiy maqomga ega bo‘lish imkonini beradi. Shaxs o‘zining ijtimoiylashuvi jarayonida asrlar osha avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ijtimoiy qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Jamiyat va inson hayotidagi qadriyatlarni uchta darajasini ajratish mumkin: 1. Inson va jamiyat uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan qadriyatlar. Bu shunday qadriyatlarki, ularsiz jamiyat va insonning normal faoliyati izdan chiqmaydi. Masalan avtomobil moddiy qadriyat, lekin u bo‘lmasa ham inson o‘z hayotini to‘g‘ri tashkil etishi mumkin, ikki qavatli xovli egasi bo‘lish. 2. Kundalik hayot va ehtiyojlar bilan bog‘liq bo‘lgan qadriyatlar. Bular insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, jamiyatning normal faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan qadriyatlardir. 3. Oliy qadriyatlar – o‘z ahamiyatiga ko‘ra eng yuksak darajada turuvchi, odamlarning fundamental munosabatlari va ehtiyojlarini aks ettiruvchi qadriyatlardir. Oliy qadriyatlarsiz nafaqat inson shaxs sifatida kamol topa olmaydi, balki jamiyat ham normal hayot kechira olmaydi. Oliy qadriyatlarning mavjudligi doimo individning shaxsiy hayoti chegarasidan chetga chiqish bilan bog‘liq. Ular individni uning o‘zidan yuksak bo‘lgan, uning hayotini belgilaydigan, uning taqdiri uzviy bog‘liq bo‘lgan narsalar bilan oshno etadi. Ayni shu sababli oliy qadriyatlar odatda umuminsoniy xususiyat kasb etadi. Oliy qadriyatlar guruhida hayot (hayot qadriyatlari), sog‘liq va erkinlik alohida farqlanadi. Insoni umri eng oliy qadriyatlar qatoriga kiradi, zero hayotsiz inson bo‘lmaydi va qadriyatlar ham bo‘lishi mumkin emas. Individ uchun hayot boshqa biron-bir narsaga bog‘liq bo‘lmagan holda eng yuksak qadriyat, ne’mat sifatida amal qiladi. O‘z navbatida, hayotning qimmati boshqa barcha qadriyatlar uchun o‘ziga xos zamin va cho‘qqi hisoblanadi. Hayotning qimmati qanday tushunilishiga qarab odamlar o‘rtasidagi munosabatlar va jamiyatning insonga bo‘lgan munosabati ham shakllanadi. Xullas, inson – alohida, mutlaq qadriyat. Qolgan barcha qadriyatlar inson manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlarning bir qismi oliy qadriyatlar qatoriga kiradi. Bular avvalo: tinchlik, insoniyat hayoti; adolat, erkinlik, odamlarning huquqlari va burchlari, do‘stlik va mehribonlik haqidagi tasavvurlar; qarindoshlik aloqalari; faoliyat qadriyatlari (mehnat, ijod, bunyodkorlik, haqiqatni anglab yetish); o‘z-o‘zini asrash qadriyatlari (hayot, sog‘liq); o‘z shaxsiyatini namoyon etish, o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish qadriyatlari; shaxsiy fazilatlarni tanlashni tavsiflovchi qadriyatlar (halollik, dovyuraklik, sadoqat, adolat, yaxshilik) va h.k. Inson sog‘lig‘i - tabiiy, mutlaq va boqiy oliy qadriyatdir. Insonning barcha ehtiyojlarini qondirish darajasi uning sog‘lig‘i qay darajada ekanligi bilan belgilanadi. Sog‘liqqa bo‘lgan ehtiyoj yalpi xususiyat kasb etadi, u ayrim individlarga ham, butun jamiyatga ham xos. Shu sababli individual (shaxsiy) sog‘liq va jamiyat sog‘lig‘i yoki aholi salomatligi farqlanadi. Sog‘liqning holati inson va jamiyat hayotining barcha sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Masalan, muayyan inson hayotining to‘laqonliligi va faolligi uning sog‘lig‘i darajasiga, «sifat» xususiyatlariga bevosita bog‘liq. O‘z navbatida, aholi salomatligi mehnat resurslarining sifatiga, ijtimoiy mehnatning unumdorlik darajasiga va shu tariqa jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Erkinlik inson uchun oliy qadriyatdir. Bu kategoriyaning falsafiy talqini quyidagicha: erkinlik – bu insonning ob’ektiv zaruriyatni bilishga tayangan holda o‘z manfaatlari va maqsadlariga muvofiq ish ko‘rish qobiliyatidir. Erkinlik doim va hamma joyda eng buyuk qadriyat hisoblanadi. Boshqa hollarda bo‘lganidek, erkinlik uni inson anglagan taqdirdagina qadriyatga aylanadi. Erkinlikning qimmati anglab yetilmagan, inson o‘zini boshqa odamlar bilan teng jonzot sifatida idrok etmagan joyda o‘ziga qadriyat sifatida yondashish ham, insonning qadr-qimmati ham mavjud bo‘lmaydi. O‘zining erksizligini tushunish va 6 erkinlikning qimmatini anglab yetish tub ijtimoiy o‘zgarishlar davrida ayniqsa bo‘rtib namoyon bo‘ladi. Erkinlik – barcha odamlarning sivilizatsiya yutuqlaridan teng darajada foydalanish va o‘z mehnati mevalarini va o‘z taqdirini tasarruf etish huquqi. Erkinlik yo‘l tanlash imkoniyatidir. Ongli ravishda amalga oshiriladigan har qanday yo‘l tanlash kabi, erkinlik ham shaxs uchun muqobil imkoniyatlardan birini afzal ko‘rish va boshqasidan voz kechish bilan bog‘liq. Yo‘l tanlash shaxsning keyingi faoliyatini cheklovchi omilga aylanmasligi uchun u muhim qoidaga amal qilishi lozim: har safar yo‘l tanlashni amalga oshirayotganda keyingi yo‘l tanlashlar istiqboli toraymasligiga, balki insonga o‘zining yangi kasbiy, axloqiy va intellektual imkoniyatlarini aniqlash imkonini berib, kengayib borishiga erishishga harakat qilish kerak. (AQSh 200 yil va Hindiston 400 yil Angliya mustamlakasiga, Gresiya 400 yil Turkiya mustamlakasiga qarshi erkinlikka ershish uchun kurash olib bordi. O‘zbekiston 150 yillik mustamlakadan so‘ng 1991 yilda erkinlikka erishdi). Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling