Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
10-Mavzu
Qadriyatlarga munosabat
Shaxsning qadriyatlarga bo‘lgan munosabati g‘oyasi ilmiy muomalaga XX asrning 20-yillarida sotsiologlar U.Tomas va F.Znaneskiy tomonidan kiritilgan. Ular qadriyatlarga munosabatni shaxsning uning xulq-atvorini tartibga soluvchi ijtimoiy mo‘ljali sifatida yondashgan. Bu tushunchaning ko‘p sonli turli talqinlari paydo bo‘lgan. Biz quyidagi ta’rifga qarab mo‘ljal olamiz. Qadriyatlarga munosabat – bu shaxsning hayot tajribasi, uning barcha kechinmalari majmui bilan mustahkamlangan va shaxs uchun muhim ahamiyatga molik bo‘lgan narsalarni ikkinchi darajali, ahamiyatsiz narsalardan ajratuvchi muhim elementlari. Vujudga kelgan va qadriyatlarga munosabatlar majmui ongning shaxsning barqarorligini, muayyan turdagi xulq-atvor va faoliyatning vorisiyligini ta’minlovchi, individning ehtiyojlari va manfaatlariga yo‘l ko‘rsatuvchi o‘ziga xos o‘zagini tashkil etadi. Ayni shu sababli qadriyatlarga munosabat shaxs motivatsiyasini tartibga soluvchi, belgilovchi muhim omil hisoblanadi. 2. Qadriyatlarni baholash. Baholash – buyumning inson faoliyati, uning ehtiyojlarini qondirish uchun ahamiyatini anglab yetish vositasi. Baholash sub’ektning o‘z hayoti va faoliyati uchun hodisalarning ijtimoiy ahamiyatini aniqlashidir. U insonga hodisalar dunyosida mo‘ljal olish imkonini beradi, uning faoliyatini yo‘lga soladi. Baholash universaldir: u sezgilar va aql-idrok darajasida, emotsiyalar va tuyg‘ular, tasavvurlar, idroklar, mulohazalar, mayllar, istaklar, intilishlar, afzalliklar, faoliyat ko‘rinishida ro‘yobga chiqib, inson hayot faoliyatining barcha turlariga ta’sir ko‘rsatadi. Baholashning mohiyatini teranroq anglab yetish uchun uni «qadriyat» bilan solishtirish o‘rinli bo‘ladi. Birinchidan, qadriyat biz baho berayotgan narsa, ya’ni baholash predmeti bo‘lsa, baholash – bu baho berish jarayoni, ya’ni aqliy faoliyat bo‘lib, uning natijasi o‘laroq borliqning muayyan predmeti biz uchun qanday qimmatga ega ekanligi aniqlanadi. Predmetni yoki uning xossasini foydali, yoqimli, yaxshi, chiroyli deb topib, biz baholashni amalga oshiramiz. Ikkinchidan, faqat ijobiy ahamiyat kasb etuvchi qadriyatlardan farqli o‘laroq («salbiy qadriyatlar» bo‘lishi mumkin emas), berilgan baho ijobiy bo‘lishi ham, salbiy bo‘lishi ham mumkin. Biz muayyan predmetni yoki uning xossasini foydali emas, balki zararli deb topishimiz, muayyan xatti-harakatni yomon, axloqqa zid deb baholashimiz, ko‘rilgan filmni mantiqsiz deb qoralashimiz mumkin. Bunday fikrlarning barchasi baholash hisoblanadi. Uchinchidan, qadriyat amaliy munosabat mahsuli sifatida ob’ektiv hisoblanadi. Baholash esa sub’ektivdir. U ob’ektiv qadriyatning sifatigagina emas, balki baholovchi sub’ektning ijtimoiy va individual fazilatlariga ham bog‘liqdir. Ayni shu sababli ayni bir hodisa ayni bir davrda yashayotgan odamlar tomonidan turlicha baholanishi mumkin. Bu yerda haqiqiy va soxta baholar to‘g‘risidagi masala yuzaga kelishi mumkin. Baholash ilmiy bilimlarga tayanishi ham mumkin ayni paytda, odatdagi bilimlarga, an’analarda, odatlarda mujassamlashgan ijtimoiy tajribaga va hatto turli xurofiy aqida va bid’atlarga tayanishi ham mumkin. Berilgan bahoning haqqoniyligi sub’ekt qadriyatning ob’ektiv ahamiyatini qay darajada aniq anglab 7 yetgani bilan belgilanishini tushunish muhimdir. Haqiqat to‘g‘risidagi masalada bo‘lganidek, bu yerda ham amaliyot bosh mezon hisoblandi. Baholash strukturasida ikki tomonni shartli ravishda farqlash mumkin. Baholashning birinchi tomoni narsalar, xossalar, jarayonlar va hokazolarning ayrim ob’ektiv xususiyatlarini qayd etish bo‘lsa, ikkinchi tomoni sub’ektning ob’ektga bo‘lgan munosabati: ma’qullash yoki qoralash, xayrixohlik yoki yomon ko‘rish va hokazolardir. Birinchi tomonning baholashi bilimga yaqinroq bo‘lsa, ikkinchi tomonning baholashi me’yorga yaqinroqdir. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling