Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja
Baholashning funksiyalari
Download 1.39 Mb. Pdf ko'rish
|
10-Mavzu
Baholashning funksiyalari ham uning ichki ziddiyatlarga to‘la tabiati bilan belgilanadi.
Baholash asosi sifatida shaxs yoki ijtimoiy guruhning bevosita ehtiyojlari, manfaatlari, mo‘ljallari amal qilishi mumkin. Ammo baholash zamirida andozalar, qoidalar, standartlar, ijtimoiy imperativlar yoki taqiqlar, me’yorlar ko‘rinishida ifodalangan maqsadlar yoki loyihalar yotishi ham mumkin. Me’yoriy tartibga solish sohasi inson faoliyati sohasi bilan deyarli mos keladi. U huquqiy va axloqiy me’yorlardan tashqari qoidalar, buyruqlar, standartlar, texnik me’yorlar, xizmat tartibi va shu kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Me’yorlarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular bir vaqtning o‘zida qadriyat sifatida ham, baholash asosi sifatida ham amal qiladi. Bu ikki yoqlamalik baholashga doir mulohazalar ikki yoqlamaligining sabablaridan biri hisoblanadi. Xulq-atvorni baholashda, maqsaddan qat’i nazar, qoidalar va me’yorlarga formal muvofiqlik birinchi o‘ringa chiqqan holda, me’yor mustaqil qadriyat sifatida ko‘pincha odatga aylanadi. Shaklan me’yorlar va qoidalarga muvofiq bo‘lgan yuzaki faoliyat ba’zan jamoatchilik fikrida ijobiy baho olishi, ish manfaatlarida sermazmun faoliyat esa salbiy baholanishi mumkin. Har qanday baholash o‘z predmetini ham, baholash sub’ektining ehtiyojini ham tavsiflaydi. Sub’ekt u yoki bu hodisani baholar ekan, o‘zining unga bo‘lgan munosabatini ham, o‘z ehtiyojini ham ifoda etadi. Har bir baholashda faoliyatning turli tomonlari asos bo‘lishi mumkin: - me’yoriy (muayyan me’yorga muvofiq) baholash; - ijtimoiy-madaniy (muayyan jamiyatning madaniy o‘ziga xosligi bilan mushtarak) baholash; - professional (mazkur kasb andozalari va qoidalariga muvofi-) baholash; - operatsional baholash (muayyan maqsadga erishish imkonini beruvchi operatsiyalarning maqsadga muvofiq majmui va ketma-ketligi). Har bir muayyan holda yuqorida zikr etilgan asoslardan biri yoki ularning muayyan uyg‘unligidan foydalanilishi mumkin bo‘lib, bu ayni bir hodisaga berilgan bahoning mazmunini sezilarli darajada o‘zgartiradi. Masalan, huquq bilan tartibga solinuvchi qilmish huquqiy me’yor nuqtai nazaridan baholanuvchi yuridik dalil hisoblanadi. Ayni shu qilmish operatsion (operatsiya qay darajada muvaffaqiyatli amalga oshirilgani) yoki axloqiy (qilmish sub’ekti qaysi axloqiy prinsiplarga amal qilgani) nuqtai nazaridan baholanishi mumkin. Qadriyatlar ijtimoiy hayotning muhim omili, shasxlararo munosabatlarning mahsulidir. Har qanday qadriyatlarning amal qilish darajasi baholashda o‘z ifodasini topadi, me’yorlar uning predmeti bo‘lishi ham mumkin. Ular faoliyatning hayot sinovidan o‘tgan usullarini mustahkamlash vositasi sifatida vujudga keladi. Ayni vaqtda ijtimoiy me’yorlar allaqachon eskirgan va shaxs o‘z-o‘zini qadriyat sifatida erkin anglab yetishiga monelik qiluvchi taqiqlar va qoidalarning manbalari bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy me’yorlar ijtimoiy amaliyotdan oqsashi ular birdan-bir maqsadga aylanishiga zamin yaratadi. Masalan, avtomobildan transport vositasi sifatida emas, balki uning egasi (uning jamiyatdagi haqiqiy o‘rni qanday ekanligidan qat’i nazar) jamiyatning «oliy» sinfiga mansubligidan dalolat beruvchi timsol sifatida foydalanilishi mumkin. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling