etmaydi, u odamlarning jamiyatdagi mavqeiga va ular hal qilayotgan vazifalarga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, shaxsiy avtomobil harakatlanish vositasi, qo‘shimcha pul topish vositasi yoki
shaxsning mavqeidan dalolat beruvchi buyum bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr etilgan holda avtomobil
uning egasi boshqa odamlar ko‘z o‘ngida muayyan nufuz kasb etishi uchun imkoniyat yaratuvchi
egalik ob’ekti sifatida muhimdir. Ko‘rsatilgan holatlarning barchasida ayni bir predmet turli ehtiyojlar
bilan bog‘liq.
Qadriyatlar o‘z tabiatiga ko‘ra ob’ektivdir. Sub’et mavjud bo‘lmagan joyda qadriyat to‘g‘risida
so‘z yuritish behuda ish ekanligi yuqorida qayd etilgan. Qadriyat insonga, uning tuyg‘ulari, mayllari,
emotsiyalariga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni qandaydir sub’ektiv narsa yoki hodisa sifatida qaraladi. Bundan
tashqari, individning buyumga bo‘lgan qiziqishi yo‘qolgani, buyum uning ehtiyojlarini qondirmay
qo‘ygani zahoti individ uchun buyum o‘zining qadriyat sifatidagi ahamiyatini yo‘qotadi. Boshqacha
aytganda, sub’ekt bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, uning ehtiyojlari, mayllari, manfaatlari bilan
buyumning ishtirokisiz qadriyat mavjud bo‘lishi mumkin emas.
Qadriyat nazariyasining shakllanish tarixi
Qadriyatlar nazariyasi falsafiy bilimlarning ilmiy tizimi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida
Vilgelm Vindelband, Rudolf Lotse, German Kogen, Genrix Rikkert kabi nemis faylasuflarining
asarlarida shakllana boshladi. Ayni shu davrda R. Lotse va G.Kogen ob’ekt ma’nosidagi qadriyat
tushunchasiga ilk bor falsafiy ta’rif berdi. XX asrning boshida fransuz faylasufi P.Lapi qadriyatlar
nazariyasini ifodalash uchun «aksiologiya» (yunon. axios - qadriyat, logos – fan, ta’limot) atamasini
muomalaga
kiritdi.
Keyinchalik
aksiologiya
muammolari
fenomenologiya,
germenevtika,
ekzistensializm va boshqa falsafiy yo‘nalishlarning vakillari tomonidan tadqiq etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |