3
bergan yangiliklarga nisbatan ancha keng tarqalgan muxolifatni izohlaydi. Masalan, rim imperatorlari
xristian dinini tan olgunlariga qadar xristianlarni asrlar mobaynida quvg‘in qilinganlar. Ibn Sino, Imom
Buxoriy o‘z davrida tan olinmagan va yurtidan quvg‘in qilingan. Belorusiyalik mashhur rassom Mark
Shagalning o‘ziga xos ijodi, garchi butun dunyoda yuksak baholangan bo‘lsa-da, o‘z
vatanida
hanuzgacha tan olinmagan va uncha ma’lum emas. Sezann ijodi rassomning o‘limidan keyingina tan
olingan, uning tiriklik paytida esa mazkur buyuk musavvirning asarlari Parijdagi zamonaviy san’at
ko‘rgazmalarida biror marta ham namoyish etilmagan, chunki nufuzli hay’at uning asarlarini diqqatga
sazovor deb hisoblamagan va sh.k.
Do'stlaringiz bilan baham: