Mavzu: Qadriyatlar falsafasi (aksiologyia) Reja


Download 1.39 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana22.11.2023
Hajmi1.39 Mb.
#1793735
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-Mavzu

Ma’naviy qadriyatlar mazmun jihatidan, funksiyalariga ko‘ra va ularni ro‘yobga chiqarishga 
qo‘yiladigan talablarga ko‘ra rang-barangdir. Faoliyat maqsadlari va usullarini qat’iy belgilovchi 
qoidalarning butun bir turkumi mavjud. Bular standartlar, qoidalar, qonunlar, andozalar. Madaniyat 
algoritmi sifatida xizmat qiluvchi me’yorlar, didlar, ideallar qadriyatlarni ro‘yobga chiqarishda 
ko‘proq erkinlik beradi. 
Me’yor – faoliyatning yagona va barqaror shartlar bilan belgilanuvchi optimalligi va maqsadga 
muvofiqligi haqidagi tasavvur. Me’yorlar quyidagilarni: hatti-harakatlarning yagona ko‘rinishini; xulq-
atvorning boshqa ko‘rinishlariga nisbatan taqiqni; mazkur ijtimoiy sharoitlarda xatti-harakatlarning 
maqbul varianti (andozasi)ni; me’yordan chetga chiqish mumkin emasligi haqida ogohlantirish 
maqsadida ayrim shaxslarning xulq-atvorini baholashni (ba’zan ayrim sanksiyalar ko‘rinishida) o‘z 
ichiga oladi. Me’yoriy tartibga solish inson faoliyati va munosabatlari tizimini to‘la qamrab oladi. 
Ijtimoiy me’yorlarni mustahkamlash tizimi ularni amalga oshirishning sharti hisoblanadi. Mazkur 
tizim xatti-harakatni ijtimoiy ma’qullash yoki qoralashni, o‘z faoliyatida me’yorga rioya qilishi shart 
bo‘lgan shaxsga u yoki bu sanksiyalarni tayinlashni nazarda tutadi. 
Ideal – barkamollikning oliy me’yori haqidagi tasavvur, shaxsning inson va tabiat, inson va 
inson, shaxs va jamiyat munosabatlarini tartibga solish, barkamollashtirish va uyg‘unlashtirishga 
bo‘lgan ehtiyojining ma’naviy ifodasi. Ideal tartibga soluvchi funksiyani bajaradi, u inson ro‘yobga 
chiqarishga butun umrini bag‘ishlashga tayyor bo‘lgan strategik maqsadlarni aniqlash imkonini 
beruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Idealga amalda erishish mumkinmi? Aksariyat mutafakkirlar bu 
savolga rad javobini bergan: ideal barkamollik va tugallanganlik timsoli sifatida empirik yo‘l bilan 
kuzatiluvchi borliqda o‘z o‘xshashiga ega emas, u ongda transsendentallik ramzi sifatida namoyon 
bo‘ladi. Shunga qaramay ideal ma’naviy qadriyatlarning jamuljam ifodasi hisoblanadi. 
Moddiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy qadriyatlar o‘rtasida mavjud tafovutlarga qaramay, ular 
bir-biri bilan uzviy bog‘liq va qadriyatlarning har bir turida boshqa bir turning muayyan jihati 
mavjud. Ayni paytda, shunday qadriyatlar ham borki, ularni moddiy qadriyatlar qatoriga ham, ijtimoiy-
siyosiy qadriyatlar qatoriga ham, ma’naviy qadriyatlar qatoriga ham kiritish mumkin. Bu avvalo inson 
hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi va shu kabilardir. 
Sub’ektlar maqomiga ko‘ra individual shaxsiy (sub’ektiv-shaxsiy), gruppaviy, umuminsoniy 
qadriyatlar farqlanadi - (gruppaviy, milliy, sinfiy, umuminsoniy) qadriyatlar farqlanadi. 
Individual yoki shaxsga doir qadriyat – bu narsa, hodisa, g‘oyaning muayyan inson uchun 
qadriyat sifatidagi ahamiyati. Har qanday qadriyat o‘z mohiyatiga ko‘ra individualdir, zero narsa, 
hodisa, g‘oyani faqat insongina baholashga qodir. Shaxsiy qadriyatlar ta’lim va tarbiya, individ hayot 
tajribasini to‘plashi jarayonida shakllanadi Shaxsiy qadriyatlar individning ehtiyojlari va manfaatlari 
ta’sirida vujudga keladi. Ular kishilarning mayllari, didlari, odatlari, bilim darajasi va boshqa 
individual xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Jamoaviy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning odamlar muayyan birligi (sinf, 
millat, mehnat jamoasi va sh.k.) uchun qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Jamoaviy qadriyatlar 
muayyan guruxga kiruvchi individlarni yagona manfaatlar, qadriyatlar va mo‘ljallar bilan birlashtirib, 
mazkur jamoaning hayot faoliyatida ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Umuminsoniy qadriyatlar – bu narsalar, hodisalar, g‘oyalarning jahon hamjamiyati uchun 
qadriyat sifatidagi ahamiyatidir. Umuminsoniy qadriyatlar, birinchidan, jahon hamjamiyati aholisining 
aksariyati amal qiladigan ijtimoiy-siyosiy va axloqiy tamoyillardir. Ikkinchidan, umuminsoniy ideallar, 
umumxalq maqsadlari va ularga erishishning asosiy vositalari (ijtimoiy adolat, insonning ha’ni va 
qadr-qimmati, fuqarolik burchi va sh.k.) majmuidir. Uchinchidan o‘z mohiyati va ahamiyatiga ko‘ra 
umuminsoniy xususiyat kasb etuvchi qadriyatlar: tabiiy boyliklar, tinchlikni saqlash, qurolsizlanish, 
xalqaro iqtisodiy tartib muammolaridir. Umuminsoniy qadriyatlar – jamiyat va madaniyatning 
rivojlanishi mahsuli. 

Download 1.39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling