Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Ob’yekt - hokimiyatning ikkinchi muhim elementidir. U hokimiyat sub’yekti qarorlarining bevosita boshqaruvchisidir. Ob’yekt ham, xuddi sub’yekt kabi hokimiyatning ajralmas tarkibiy qismidir. Bu elementsiz hokimiyatni tasavvur etib bo‘lmaydi. Hokimiyat ob’yektini quyidagilar:individ, sotsial guruh, sinf, jamiyat tashkil etadi.
Hokimiyat sub’yektining sifati, faolligi jamiyatning siyosiy madaniyati bilan belgilanadi. Bu madaniyat qanchalik yuqori bo‘lsa, mustabid tuzumga ehtiyoj shunchalik kam bo‘ladi. Eng zamonaviy hokimiyat konsepsiyalari hokimiyatning "kommunikativ" jihatiga diqqatni qaratar ekan, hokimlik munosabatlari ikki tomonlama, assimetrik (tengsiz) munosabatlar ekanligini ta’kidlashadi. Hokimiyatshunoslikda mashhur misolni biz ham keltiramiz: Chorrahadagi nozir qo‘lidagi tayoq, hushtak, qo‘l ishoralari bilan haydovchini to‘xtashga, o‘nga—chapga burilishga v h. majbur qladi. Nozir iltimos yoki taklif qilmaydi, u buyuradi. Militsiya hodimi (subekt) shofyor va yo’lovchi (obekt) uchun tushunarli imo-ishora tilida gaplashadi va shu tariqa o‘z hokimiyatini amalga oshiradi. Ob’yektning sub’yekt irodasiga bo‘ysunishga tayyorligi hokimiyat mavjudligi yoki e’tirofining muhim shartidir. Agar bunday bo‘lmaganda edi militsioner shofyorni o‘z aytganini kuch bilan qildirishi ham mumkin edi (uni qo‘lidagi tayoq bilan urishi, qamashi, otib tashlashi). Lekin, bu holatda gap hokimiyat to‘g‘risida emas, kuch, zo‘rlik ishlatish haqida ketgan bo‘lar edi. Ushbu misoldan kelib chiqadigan xulosa shuki, hokimiyat subekt va obekt o‘rtasida, asosan, ixtiyoriy ikki tomonlama muloqot natijasida vujudga keluvchi hodisadir. Hokimiyatning asosini yoki manbaini resurslar tashkil etadi. Bu resurslar hokimiyat sub’ekti tomonidan hokimiyat ob’ektiga ilgari surilgan masalaga erishish maqsadida ta’sir ko‘rsatish uchun foydalaniladi. Resurslar kishilarni rag‘batlantirish, jazolash yoki ishontirishda qo‘llanilishi mumkin. Hokimiyat resurslari xilma-xildir. Ular ilmiy adabiyotlarda bir necha turlarga, avvalambor o‘tilitar, majburlovchi va me’yoriy resurslarga bo‘linadi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling