Reja:
Asosiy kognitiv jarayonlar (sensatsiya va idrok, diqqat, ichki xotira, fikrlash va mulohaza yuritish)
Metakognitiv va kognitiv strategiyalar.
Axborotni qayta ishlash nazariyalariga ijtimoiy-madaniy elementni qo‘shish.
Dunyo haqidagi bolalar nazariyalari.
Kognitiv rivojlanishga zamonaviy yondashuv: taqqoslash va tanqid qilish.
Axborotni qayta ishlashda istisnolar.
Asosiy tushunchalar
Konstruktivizm (constructivism)
Klinik (clinical)
Usul (method)
Sxema (scheme)
Operatsiya (operation)
Assimilyatsiya (assimilation)
Nomutanosiblik (disequilibrium)
Muvozanat (equilibration)
Xulq-atvor (behavior)
Ramziy (symbolic)
Egotsentrizm (egocentrism)
Ijtimoiy kognitiv (sociocognitive)
O`z-o`ziga gapirish (self-talk)
Nutq (speech)
Proksimal zonasi (zone of proximal)
Ijtimoiy dramatik o`yin (sociodramatic play)
Shogirdlik (apprenticeship)
Ijtimoiy konstruktivizm (social constructivism)
6.1. J.Piajening kognitiv rivojlanish nazariyasi
Jan Piaje (1896-1980) biolog bo`lib, falsafaga ham qiziqar edi va ayniqsa, bilimning mohiyati va uning rivojlanishi bilan qanday o'zgarishi qiziqtirardi. XX asrning 20-yillarida go'daklar va bolalarning kundalik xatti-harakatlariga asoslanib, fikr va mulohazalar, xulosalar chiqarish maqsadida ular harakatlarni kuzatishni boshladi. Piaje Shveysariyaning Jenevadagi klinik laboratoriyasida kattalar va bolalar bilan o`tkazgan suhbatlari, interyulari asosida kognitiv rivojlanish nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariya bizga bolalar va o'spirinlarning qanday fikrlashi va o'rganishi haqidagi bilimlarimizni rivojlantirishga katta hissa qo'shdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |