Tadqiqotning metodi. Mavzuni yoritish jarayonida tadqiqotda qiyosiy-
tipologik va tarixiy-qiyosiy usullardan bilan foydalanildi.
BMIning ilmiy yangiligi. Ushbu tadqiqotda ta‟lim tizimida Navoiyning
kichik janrdagi she‟rlarini o„rganish usullari tadqiq etildi. Unda Navoiyning kichik janrdagi she‟rlarining yetakchi tamoyillari tahlil etildi. O„quvchida badiiy asarga munosabat bildirish malakasini shakllantirish haqida muayyan mulohazalar ilgari surildi. Adabiyot darslarida o„quvchilarni she‟riy asar tahliliga o„rgatish haqida so„z yuritildi. Navoiyning kichik janrdagi she‟rlarini o„rganish orqali unung mumtoz adabiyotiniz an‟analarining davomchisi ekanligini tahlil etildi.
Shoir qit‟a va ruboiylari badiiyatini ta‟lim texnologiyalaridan foydalanish orqali o„rgatish haqida fikr yuritildi. Navoiy qit ‟a va ruboiylarini o„qitishning nazariy-metodik asoslari ko„rsatildi.
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu izlanishlarimiz nazariy va amaliy jihatdan muhim ahamiyatga egadir. Tadqiqot mobaynida olib borilgan kuzatishlar, BMIda bayon etilgan ilmiy-nazariy xulosalardan oliy o„quv
yurtlarining talabalari, o„rta maxsus ta‟lim tizimi uchun maxsus kurslar va seminarlarda foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot o„zbek adabiyotini
o„qitish metodikasi fanidan darslik, o„quv va uslubiy qo„llanmalar yaratish va to„ ldirishda muhim manba bo„ lib xizmat qiladi.
Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Ishimiz tarkibiy tuzilishiga ko„ra kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro„yxatidan iborat.
I BOB. NAVOIY LIRIKASINI O„RGANISHNING O„ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1.1. Navoiy – mumtoz adabiyotiniz an‟analarining davomchisi
Alisher Navoiy ijodiy merosining kattagina qismini lirik she‟rlar tashkil etadi. Uning bizgacha turkiy va forsiy tildagi she‟rlarini o„zida jamlagan 9 ta devoni
yetib kelgan. Ularda shoirning 16 lirik janrga mansub bo‘lgan she’rlari jamlangan.
Navoiy she’riyati o‘zbek lirikasining eng go‘zal namunalari bo‘lib, unda turkiy va forsiy she’riyat an’analari mujassamlashgan. Betakror iste’dod egasi o‘zining nafis va yuksak san’atkorlik bilan yozilgan she’rlari bilan turkiy adabiyotni olamga mashhur qildi. U o‘zigacha bo‘lgan turkiy she’riyatni mahorat bilan takomillashtirdi. Shoir lirik merosining o‘ziga xos qirralari quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |