2-tamoyili faoliyat uslubini belgilash.
3-tamoyili pedagognk mehnatni ilmiy tashkil etishda texnikadan vosita sifatida samarali foydalanish tushuniladi. Bu tamoyil ko’nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladigai pedagogik texnika va texnik vositalar yig’indisi ko’zda tutiladi.
4-tamoyili ta'lim-tarbiya ishini rejalashtirish hisoblanadi. Reja ta'lim-tarbiya ishlarini tartibga solish, uning modelini yaratish, tayanch sxemalarni topish masalalaridan tashkil topadi. Shular aniqlansa, o’qishda rivojlanish bo’ladi, tarbiyalash jarayoni engillashadi.
Ishni rejalashtirmasdan turib shaxsni va jamoani ijtimoiy jihatdan samarali rivojlantirib bo’lmaydi, bu esa jamiyatga ham ijtimoiy, ham iqtasodiy zarar ksltiradi. Pedagogik mehnatni nazorat qilish va hisobga olish prinsipi o’qituvchi ishini muntazam va rejali kuzatib borish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash, muhimlarini ajratib olish ko’zda tutiladi. Hisobga olishning eng maqbul yo’li statistik hisobga olishdir. Pedagogik nazorat esa ob'ektivlilik, omilkorlik, samaradorlik, muntazamlilik va oshkoralikni talab qiladi.
O’qituvchi mehnatini nazorat qilish va xisobga olishning muntazamliligi, izchilligi quyidagilardan tashkil topadi:
o’quv materiallari va tarbiyaviy tadbirlarga tayyorarlikda o’z-o’zini nazorat qilish;
darsdan tashqari vaqtlarda ta'lim-tarbiyani nazorat qilish va o’z-o’zini kuzatish;
o’qituvchining darsdan tashqari vaqtda nazorat qilish;
ota-onalar va jamoatchilik bilan bajariladigan ishlarni nazorat qilish;
o’z ustida ishlashni nazorat qilish.
TESTLAR:
1. Ta’lim-tarbiya sohasida pedagogik munosabatlarni demokratlashtirish uchun o’qituvchi...
a) Axborotning ma’no-mazmunini, undan foydalanish tartibini turli vosita usullarini
b) *O’quvchilarning bilish faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish usullarini bilishi kerak
c) Axborotning ma’no-mazmunini idrok qilish, undan ko’rsatilgan tartibda mustaqil foydalana olish
d) Axborotdan foydalanish va turli harakatlarni ko’rsatilgan tartibda mustaqil bajarish ko’nikmalarini egallagan bo’lishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |