2. Interfaol mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlang.
a) Darsda o’quvchilarning faolliklariga bog’liq
b)O’qituvchining pedagogik mahoratga bog’liq
c) Ta’lim texnologiyalarga bog’liq
d) *Tashkiliy-pedagogik, ilmiy-metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq
Tekshirish va o’z o’zini nazorat qilish uchun savollar
1. O’qituvchi mehnatini ilmiy tashkil etish nima?
2. O’qituvchining kun tartibini ochib bering.
3. Mehnatni ilmiy tashkil etish tamoyillarini sanab o’ting.
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi «Ta’limto’g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997.
2. Barkamol avlod-O’zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 1993.
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va texnika va pedagogik texnologiyalar. T. 2003.
5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va Pedagogik mahorat va texnika. T. 2003.
6. Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996
7-mavzu: Ta’lim texnologiyasi: tizimli tashkil etuvchilar, ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishning jarayonli tuzilmasi va amalga oshirish
Reja
Ta’lim texnologiyasi - pedagogika tizimning tashkil etuvchisi.
Ta’lim texnologiyasining (qismlari bo`yicha)tuzilmasi.
Ta’lim texnologiyasining haraktlanuvchi tuzilmasi.
Ta’lim texnologiyasini loyihalash va ishlab chiqish tartibi.
Ta’lim texnologiyasi – pedagogika tizimining tashkil etuvchisi
Pedagogik tizim quyidagi tarkiblardan iborat:
Ta’lim beruvchi - o`qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustasi.
Ta’lim oluvchi - talaba, o`quvchi, tinglovchi.
Ta’limiy maqsad – bu ta’lim berishni biror narsaga intilishi.
Natija – (1) ushbu davr ichidan chiqishda ta’lim oluvchini bilishi, uddalashi, qadrlashi zarur bo`lgan, ta’lim berishni biror narsaga kelishidir;
ta’lim jarayonini samarali borishini namoyon qilib, maqsadga erishish darajasini tavsiflaydi. Natija belgilangan maqsadga mos kelsa, qo`ish o`rgatish jaryoni tugallangan hisoblanadi.
O`quv axboroti mazmuni – fan bo`yicha o`qitish mazmunini tashkil etuvchi, adabiyot matnlari va o`quv qo`llanmalar, lug`at va boshqa axborot manbalaridan iborat bo`ladi. O`quv dasturi asosida aniqlanadi va maqsadni belgilashdan kelib chiqib ta’lim beruvchi tomonidan o`zgartirish kiritiladi.
Ta’lim texnologiyasi – (1) o`qitish- usul, shakl va vositalar; (2) muloqot, (3) axborot va (4) boshqaruvning yo`l va vositalari.
Tahliliy-natijaviy tarkib – ta’lim texnologiyasi bo`yicha olingan natijalar samaradorligini o`lchashning yo`l va vositalari.
Agar pedagogik tizimning tarkibiy tashkil etuvchilaridan bittasi ham bo`lmasa, unday holda ta’lim jarayonining o`zi ham bo`lmaydi, yoki u kuchsiz xususiyatga ega bo`ladi. Har qanday holatda ijobiy natija bo`lsa ham, u tasodifiy bo`lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |