Mehnat ta’limini o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish kirish
Baholashning mohiyati, shakllari, tamoyillari
Download 1.04 Mb.
|
Limi vazirligi toshkent shahar xalq ta`limi xodimlarini qayta ta
Baholashning mohiyati, shakllari, tamoyillari.
Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o’quv jarayonidagi kamchiliklar ham aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi. Baholash o’qituvchining kundalik faoliyatlaridan biridir. Siz o’z tajribangizda o’quvchining faoliyatini qanday baholaysiz? Soxa mutaxassislari va ilg’or tajribali pedagoglarning fikricha, baholash quyidagi tamoyillarga asoslanadi: o’quv maqsadlariga asoslanganlik; haqqoniylik; ishonchlilik; qulaylik. Nima uchun baholash kerak? o’quv maqsadlariga erishilganlikni aniqlash uchun; keyingi bosqichga o’tishdan oldin avvalgi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun; natijaga erishilganligini tasdiqlashi uchun; o’quvchilarning qiziqishlarini aniqlash uchun; yutuq va kamchiliklarni aniqlash uchun; o’qituvchi o’z faoliyatiga tuzatishlar kiritishi uchun; yalpi o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun; ta’lim jarayoni yutuqlarini aniqlash uchun; o’quvchilarni yutuqqa erishishga qiziqtirish uchun; tashqi kuzatuvchilar, ish beruvchilar, yuqori tashkilotlar va ota-onalarga ma’lumot berish uchun. Nimani baholash kerak? nazariy bilimlarni; amaliy ko’nikma va malakalarni; xulq-atvor va shaxsiy fazilatlarni. Qachon baholash kerak? ta’lim jarayoni boshida (boshlang’ich baholash); ta’lim jarayoni davomida (joriy baholash); ta’lim jarayoni yakunida (yakuniy baholash). Baholashning asosiy xususiyatlari: ta’lim maqsadiga yo’nalganlik; muntazamlilik; pedagogik, psixologik va huquqiy tamoyillarga asoslanganlik; umumiy qabul qilingan natija standartlariga asoslanganlik. Yuqorida tahkidlaganidek, nazariy bilimlar baholanganda, kognitiv (biluv) o’quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Amaliy ko’nikma va malakalar baholanganda, psixomotorik; xulq-atvor, shaxsiy fazilatlar baholanganida esa affektiv o’quv maqsadlariga erishganlik darajalari aniqlanadi. Baholash mezonlari. Har qanday baholash natijalari o’zaro taqqoslanishi, ya’nio’lchanishi lozim bo’ladi. Ularni taqqoslash baholashdan oldin ishlab chiqilgan mezonlar asosida amalga oshirilishi mumkin. Baholash mezonlari o’quv maqsadlariga qay darajada erishilganlikni anglatuvchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatkichlar raqamlar (“besh”, “to’rt”, “uch” va hokazo), so’zlar (“ahlo”, “yaxshi”, “qoniqarli” va hokazo) yordamida tavsiflanishi mumkin. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, baholash mezonlari ta’lim oluvchining qaysi o’zlashtirish darajasini namoyish qilishiga mos qo’yiladigan baho ko’rsatkichining tavsifidan iborat. Baholash shakllari: Baholash mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o’tkazilishi mumkin: Mezonga asoslangan baholash. Me’yorga asoslangan baholash. Mezonga asoslangan baholash – baholanuvchining ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalari, bilim, malaka va ko’nikmalarini oldindan belgilangan o’quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko’ra taqqoslash va o’lchashdan iborat bo’lgan baholash shaklidir. Bunday baholash mezonlarini aniq belgilab beruvchi o’rganish maqsadlari bo’yicha natijalarga baho berish imkoniyatini yaratadi. Bu orqali natijalar to’g’ridan-to’g’ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlarni kuchsiz guruhlardan yaxshiroq farqlash imkonini beradi. Bu baholash shakli ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi; ikkinchi bosqichda esa natijalar mezonlar bo’yicha o’lchanadi. Mehyorga asoslangan baholash – nisbiy baholash shakli bo’lib, u baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo’lga kiritgan natijalarini o’zaro taqqoslash orqali o’lchashdan iborat. Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo’lib, birinchi bosqichda baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa bu natijalar o’zaro taqqoslash orqali o’lchanadi. Mehyorga asoslangan baholashda baho bir nechta ko’rsatkich va ta’lim olish shart-sharoitga ko’ra o’zgarishi mumkin bo’ladi. Masalan, baho o’qituvchi tomonidan xayrixohlik paydo bo’lishi yoki o’qituvchining o’ta qattiqqo’lligi sababli ham o’zgarishi mumkin.
Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling