Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi


Download 61.76 Kb.
bet1/14
Sana02.11.2023
Hajmi61.76 Kb.
#1740205
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikats-fayllar.org


Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi




1-BOB. MASHINA VA MEXANIZMLAR NAZARIYASI 
MEXANIZMLARNING ASOSIY TURLARI VA KINEMATIK JUFTLAR 
KLASSIFIKATSIYASI.
1.1. Mashina va mexanizmlar nazariyasi (MMN) fani muammolari. Asosiy 
tushunchalar 
Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanini o‘rganish oldidan, bu fanning rivojlanish
tarixi bilan qisqacha tanishib chiqamiz. Mexanizm va mashinalar nazariyasi fanining
rivojlanishi kishilik jamiyati madaniyati tarixi bilan bog‘liqdir. Qadimgi zamonlardan
beri saqlanib kelayotgan ajoyib binolar arxitektura yodgorliklari o‘sha zamon xalqlarida
mashina va mexanizmlar haqida zo‘r tushuncha bo‘lganligidan dalolat beradi.
Mexanika sohasida eramizdan oldingi 384-322 yillarda Aristotel nomi bilan bog‘liq
bo‘lgan richag, pona va blok kabi elementar mexanizmlar, mashinalar nazariyasi asosida
yaratilgan. Aristotel o‘z asarida yuqorida zikr etilgan oddiy mexanizmlar nazariyasini
yaratgan edi. SHunday oddiy mashinalar bilan Arximed ham shug‘ullangan. 287-212
yillarda Sitsiliya orolidagi Sirakuziya shahrida tug‘ilgan mashhur olim Arximed qirqqa
yaqin har xil mexanizmlar va mashinalar yaratib fanga juda katta hissa qo‘shgan.
Arximed richaglar nazariyasini yaratib jahon fani tarixida o‘chmas nom qoldirdi.
Uning bu sohadagi kashfiyoti mexanikada “oltin qoida” nomini olgan.
Eramizning birinchi asrida yashagan Geron richag, pona, chig‘iriq va vint kabi oddiy
mashinalarni alohida va birgalikda ishlashi mumkinligini yozib qoldirgan.
O‘rta Osiyo olimlari ham bu fanga katta hissa qo‘shdilar. Buyuk olim Abu Ali al-
Xusayn ibn Abdullox Ibn Sino (980-1037) o‘zining “Aql mezoni” (“Mhyorul-aqul”)
degan asarida juda ko‘p mexanizmlarni ishlash printsipining analiz qilgan. Ibn Sino
Yoanna Filonaning harakat haqidagi tahlimotini rivojlantirdi. U haraktlanuvchi jismga
qo‘yilgan kuch yo‘qolmasligini va harakatga biror qarshilik bo‘lmasa harakatning
cheksizligini isbotlagan.
Abu Yusuf al-Xorazmiy (X asr) “Injenerlik mexanikasini bilish” kitobi va
Muhammad al-Xurosoniyni “Suv g‘ildiraklari va suvni yuqoriga chiqarish va uni amalga
oshirishda ishlatiladigan mexanik moslamalar” asarlari diqqatga sazovordir. XV asrning
oxiri va XVI asrning boshida yashagan Italiya olimi Leonardo Da Vinchining nazariy va
amaliy mexanika sohasida yahni richaglar nazariyasi, jismlarning og‘irlik markazini
topish, jismlarning qiya tekislikda harakat kuchlarini qo‘shish va ajratish ishqalanish
koeffitsientini aniqlash, zarbalar nazariyasi, jismlarni harakati inertsiyaga oid ishlari
maqtovga sazovordir.
Mashhur italg‘ya olimi Galilio Galiley (1564-1642) mayatnikning tebranish,
jismning o‘z og‘irligi tahsirida harakatlanishi qonunlarini va boshqalarini kashf etib,
mexanika faniga, ayniqsa dinamikaga asos solgan edi. Galiley bo‘shliqda jismning
tushishi qonunlarini aniqlab berish bilan bir qatorda, bir tekis harakatlanmaydigan
nuqtaning to‘g‘ri chiziqli harakati vaqtida tezlik va tezlanishlar bo‘lishini birinchi bo‘lib
mexanikaga kiritgan ulug‘ olimdir.
U dinamikani birinchi qonuni bo‘lgan inertsiya qonunini tariflab berdi va bo‘shliqda
gorizontga nisbatan mahlum burchak ostida otilgan jism traektoriyasining paraboladan
iborat bo‘lishini ko‘rsatdi.



Frantsuz matematigi Blez Paskalni (1623-1662) suyuqliklar haqida olib borgan


ishlari gidravlik jarayonlar barpo etilishida katta rol o‘ynadi.
Mashhur ingliz olimi Isaak Ng‘yuton (1643-1727) yaratgan qonunlari haligacha o‘z
kuchini yo‘qotgani yo‘q. Ng‘yutonning I-II va III-qonunlari va butun olam tortishish
qonuni bunga yaqqol misoldir.
XVIII asrda Frantsiyada Vakason, SHvetsiyada ota-bola Dro, Rossiyada Kulibin
ajoyib mexanizmlar yaratdilar.
Ioganni Bernulli (1667-1748) kinetik energiyaning o‘zgarishi to‘g‘risidagi qonunni
topdi va Daniel Bernulli (1700-1782), ayni bir vaqtda harakat miqdori momenti o‘zgarishi
to‘g‘risidagi nazariyani tahriflab berdi.
Bu ishlarni 1743 yilda Dalamber rivojlantirib Dalamber printsipini yaratdi va
murakkab aloqali mexanikaviy sistemalar dinamikasini o‘rganishga yo‘l ochdi.
1771-yili mashhur Frantsuz olimi Kulon “Oddiy mashinalar nazariyasi” degan
asarni yozdi. 1794-yilda ko‘zga ko‘ringan frantsuz olimi Gaspar Monj Parijda politexnika
maktabini tashkil qildi. Bu maktabda jahonda birinchi marta mexanizmlar nazariyasi
kursi o‘qitila boshlandi.
Mashhur rus mexanigi akademik Pafnutiy Levovich CHebishev mexanizmlar
nazariyasi sohasida ko‘pgina ishlar qildi.
XIX asrda yashagan progressiv rus olimlaridan akademik M.V. Ostragradskiy,
A.Vishnegradskiy va professor N.P.Petrov nazariy mexanikani mexanizm va mashinalar
nazariyasiga tadbiq qilish sohasida fanga katta hissa qo‘shdilar.
I.A.Vishnegradskiyning shogirdi V.L.Kirpechiv (1845-1913) kinematika sohasida,
N.E.Jukovskiy (1845-1921) dinamika sohasida I.V.Mishcherskiy (1859-1935)
o‘zgaruvchan massali nuqta dinamikasi degan mashhur ishi bilan raketalar harakatiga
asos soldi, o‘zgaruvchan massali jism mexanikasini yaratdi.
Peterburg fanlari akademiyasining akademigi Ya.German 1916 yilda dinamik
masalalarni statik masalalarga keltiruvchi mexanika printsipini ishlab chiqdi.
Professor P.I.Somovning (1852-yilda tug‘ilgan) mexanizm va sintezga oid asarlari,
N.I.Mertsalovning (1860-1948) fazoviy kinematik zanjirlarning tezliklarini topish ishlari.
Qishloq xo‘jaligi mashinalari mexanikasi sohasidagi akademik V. P. Goryachkinning
(1868-1935) xizmatlari g‘oyat kattadir.
Professor
L.V.Assur
(1878-1920)
tekislikda
harakat
qiluvchi
sterjenli
mexanizmlarning tuzilishi va klassifikatsiyasiga oid ilmiy ishlar olib borgan.
Oxirgi yillarda mashina va mexanizmlar nazariyasi sohasiga katta hissa qo‘shgan
olimlardan I.I.Artobolevskiy, U.U.Djuldosbekov, V.Zinovg‘ev, S.N.Kojevnekov,
M.N.Novikov, X.X. Usmonxo‘jaev va boshqalar hisoblanishadi.



Download 61.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling