Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikatsiyasi


Download 61.76 Kb.
bet4/14
Sana02.11.2023
Hajmi61.76 Kb.
#1740205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mexanizmlarning asosiy turlari va kinematik juftlar klassifikats-fayllar.org

1.3. Kinematik juftlar nazariyasi 
Har qanday siljish (qo‘zg‘alish) jismning holatini xarakterlovchi ma’lum koordinat
sistemasida koordinatalarning o‘zgarishi bilan birgalikda bo‘ladi. Bu o‘zgaruvchan
koordinatalar erkinlik darajasi deb ataladi va bo‘g‘inni harakatlanuvchanlik o‘lchovi
sifatida xizmat qiladi. O‘zgaruvchan koordinatalar soni bo‘g‘inning erkinlik darajasiga
teng bo‘ladi.
Shuningdek, harakatlanuvchanlikni aniqlashning boshqa usuli, ya`ni bir bo‘g‘inni
ikkinchisiga nisbatan qabul qilingan koordinat sistemasi o‘qlari bo‘ylab va ular atrofida
bir-biriga bog‘lanmagan oddiy harakatlari soni orqali aniqlashning kinematik usuli ham
qo‘llaniladi. Bunday bir-biriga bog‘lanmagan harakatlarni xam erkinlik darajasi deb
ataladi.
Harakatlanuvchanlik va erkinlik darajasi ko‘p hollarda bir ma’noni anglatadi.
Harakatlanuvchanlik tushunchasini erkin bo‘g‘inlardan tashqari kinematik juftlar va
zanjirlar kabi bog‘langan sistemalarga ham qo‘llash mumkin.
Bo‘g‘inlar bir-biri bilan bog‘langanda ba’zi erkinliklarni yo‘qotadi.
Bog‘lanishning ta’siri bog‘lanish sharti deb ataluvchi cheklanishlar soni bilan baholanadi.
у
z
1
2
х
φ
z
φ
x



Har bir bog‘lanish sharti bitta erkinlikni yo‘qotish yoki oddiy harakatdan mahrum


bo‘lishni bildiradi.
3-rasm. 
Bog‘lanishlar tabiati turlicha bo‘lib, ba’zilari mexanik harakatda, boshqalari
elektromagnit, aero-gidrodinamik va boshqa hodisalarga asoslanadi. Biz asosan
bo‘g‘inlarning koordinatalariga bog‘lik bo‘lgan geometrik yoki golonom bog‘lanishlarni
o‘rganamiz. АV-bo‘g‘inning fazodagi holati mustaqil 6 ta-uchta chiziqli X
А
, U
А
, Z
А
va
uchta burchakli φ
x
, φ
y
, φ
z
koordinatalari bilan ifodalanadi. Natijada bo‘g‘inni erkinligi f=6
ga teng.
Tekislikda joylashgan bo‘g‘in holati (3-rasm) u bilan qattiq bog‘langan АV to‘g‘ri
chizig‘ining holati bilan aniqlanadi.
To‘g‘ri chiziqning tekislikdagi holati esa X
А
,Y
А
, φ
z
koordinatalari bilan
ifodalanadi. To‘g‘ri chiziq koordinat o‘qlari bo‘ylab 2 ta ilgarilanma (S
x
S
y
) va aylanma
(φ
z
) harakat qilishi mumkun. Shunday qilib, erkin bo‘g‘in tekislikda 3 ta erkinlik
darajasiga ega (f=3).Kinematik juftlarni turli mezonlarda klassifikatsiyalash mumkin.
Bog‘lanish sharti soni asosida klassifikatsiya. Kinematik juft bilan bog‘langan bo‘g‘inlar
o‘zining bazi bir harakatlanuvchanligini (qo‘zg‘aluvchanligini) yo‘qotadi. Chunki,
ularning nisbiy harakatiga bog‘lanish sharti ko‘rinishida cheklanishlar qo‘yiladi.
Kinematik juftlarda bog‘lanish sharti soni
5
1

 S
chegarasida o‘zgaradi. Erkinlik
darajasi (f) bog‘lanish sharti (s) sonlari quyidagicha bog‘langan.
f+S=6
(1.1)
Professor А.P.Malishev va akademik I.I.Аrtobolevskiy taklifi bilan kinematik
juftlar bog‘lanish sharti asosida 5 ta I, II, III, IV va V sinflarga bo‘linadi. Cinfning tartibi
bog‘lanish sharti soni S ga mos keladi.
Har bir bog‘lanishni, ya`ni yo‘qotilgan harakatni chiziqli S
i
va burchakli
0
=
I

siljishlarning tegishli o‘qlarini indeksda ko‘rsatib nolga tenglashtirishni shartlashamiz. I-
sinf kinematik juftda 6 ta harakatlanuvchilikdan bittasi cheklanganligini tan olish
mumkin. Masalan, shar tekislikda (4-rasm). Shar tekislikka nisbatan 5 ta mustaqil
harakatlarga ega: 3 ta aylanma
(
)





,
,
x
ikkita ilgarilanma (S
x
, S
y
). Bunda shar z o‘q
bo‘ylab harakat qilolmaydi (S
z
=0).
II - sinf kinematik juftda bo‘g‘inlar nisbiy harakatiga 2 ta bog‘lanish sharti
qo‘yiladi. 5-rasmda II sinf kinematik juft ko‘rsatilgan. Tsilindr tekislikka nisbatan 4 ta
mustaqil harakatni bajaradi: s
y
, s
x
-ilgarilanma va
Z
Y


,
-aylanma
x
y
y
A
A
x
A
x
/
B
s
y
s
x
φ
z
z






Download 61.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling