17-rasm. Oddiy tsilindrik tishli uzatma
18-rasm. Reyka tishli uzatma
19-rasm. Ichki ilashmali oddiy
tsilindrik tishli mexanizm
20-rasm. Konusli tishli mexanizm
Vint va ponali mexanizm. Zvenolari faqat ilgarilanma (to‘g‘ri chiziqli)
harakat
qiluvchi mexanizmlar ponali mexanizmlar deyiladi.
Mexanizm tarkibiga kiruvchi ayrim zvenolari vintsimon harakat qilsa,
bunday
mexanizmlar vintli mexanizm deyiladi. (21-rasm).
21-rasm. Chervyakli mexanizm
22-rasm. Ponali mexanizm
Friktsion mexanizm. Ishqalanish kuchlari yordami bilan harakatga keluvchi yoki
to‘xtatiluvchi mexanizmlar friktsion mexanizmlar deyiladi. (21-,22-rasmlar).
23-rasm. Friktsion uzatma
24-rasm. Kolodkali tormoz
Hozirgi zamon texnikasida egiluvchan zvenolarni (arqonlar, tasmalar,
zanjirlar,
troslar va boshqalar) o‘z ichiga oluvchi mexanizmlar ham ko‘p ishlatiladi. (23- 24-
rasmlar).
Egiluvchan zvenoli mexanizmlar yordami bilan o‘qlari yetakchi zveno o‘qiga
parallel va ayqashib o‘tuvchi zvenolarga harakat uzatiladi. Bunday mexanizmlar
to‘qimachilik
sanoatida, og‘ir industrial sanoatda, qishloq xo‘jalik
mashinalarida va
boshqa joylarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: