boshlandi.
Tarkibida IV va V sinf kinematik juftlar bo‘lgan ochiq kinematik zanjirlarni (29-
rasm) qo‘raylik. Zanjirning 1-bo‘g‘ini OXUZ koordinatalar
sistemasi bilan qattiq
bog‘langan. Zanjir holati kinematik juftlarning erkinlik
darajalarini ifodalovchi
koordinatlar orqali aniqlanadi. Haqiqatan А
kinematik juft ikkita,
V va C kinematik
juftlar esa bittadan harakatlanuvchanliklarga ega. Ularning yig‘indisidan to‘rtta erkinlik
darajasi kelib chiqadi.
Shunday qilib, mexanizmlar nazariyasida ma`lum bo‘lgan, ya`ni
ochiq kinematik
zanjirning erkinlik darajasi soni undagi kinematik juftlar erkinlik darajalari sonlarining
yig‘indisiga teng degan ta`rif tasdiqdanadi:
(
)
i
i
i
P
i
f
=
=
−
=
5
1
6
(1.3)
bu erda
f- kinematik zanjirning erkinlik
darajasi;
i- kinematik juftlar sinfi (i=1,2,3,4,5)
Pi-i-nchi sinfli kinematik juft soni.
(1.1) ifodada (6-i) farqi i sinfli kinematik juftning erkinlik darajasiga teng.
29-rasm. Ochiq kinematik zanjirlar
Zanjir bo‘g‘inlari va turli sinfdagi kinematik juftlar sonlaridan foydalanib, erkinlik
darajasini turli formulalardan aniqlash mumkin. Bunda bo‘g‘inlar o‘lchamlari
nazarga
olinmaydi va shu sababli bunday formulalar tuzilish formulalari deb ataladi. X.I.Goxman,
P.O.Comov, А.P.Malishev, P.L.Chebishev, O.G.Ozol
nomlari bilan ataluvchi
zanjirlarning erkinlik darajasini aniqlash formulalari qo‘llaniladi. Shularning ba`zilari
bilan tanishaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: