“Meyorlashtirish asoslari” fanidan ma’ruzalar matni


-jadval  Kuzatuv varaqasining ikkinchi beti


Download 1.06 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/64
Sana17.06.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1528469
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
ME\'YOR DARSLIK (2)

8.3-jadval 
Kuzatuv varaqasining ikkinchi beti 
№ 
Ishchilar 
familiyasi 
va 
ismi 
Opera-tiv 
ish 
Ish 
ko‘tish 
Uskuna 
almash-
tirish 
Brakni 
almash-
tirish 
Gapla- 
shish 
Mexa-
nikni 
chakirish 
1
2
3
4
5
Nazorat uchun savollar: 
1. Xronometraj kuzatuvchining mohiyati? 
2. Xronometraj kuzatuvini o‘tkazish bosqichlari? 
3. Xronometraj ma’lumotlarini qayta ishlash tartibi qanday amalga oshiriladi? 
4. Fotoxronometraj o‘tkazish bosqichlari? 
5. Momentli (lahzali) kuzatishturiningishvaqtinikuzatishdagiahamiyatinimada? 
6. Momentli kuzatish turini o‘tkazish bosqichlari? 
7. Mehnat meyorlarini o‘rnatishda xronometraj kuzatuvining o‘rni va ahamiyati? 
8. Xronometraj kuzatuvini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar va ularni 
ishlatish ahamiyati? 
9. Xronometraj kuzatuvida qo‘llaniladigan shartli belgilar ahamiyati? 
10. Xronometraj o‘tkazish maqsadiga ko‘ra qo‘llaniladigan o‘lchash usullari 
mohiyati? 
IX-MAVZU
ISH VAQTINI FOTOGRAFIYA ASOSIDA KUZATISH 
REJA: 
9.1. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari 
9.2. Ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish nitajalarini tahlil qilish tartibi 
 


72 
Tayanch so’z va iboralar:  ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uni o‘tkazish 
ahamiyati, ish vaqtini guruh usulida fotografiya qilish, ish vaqtini individual 
(yakka) tarzda fotografiya qilish, ish vaqtini fotografiya asosida kuzatish 
natijalarni qayta ishlash tartibi. 
 
9.1. Ish vaqti fotografiyasi mohiyati va uning turlari 
To‘liq ish kuni uning qismi davomida istesnosiz barcha ish vaqti (bevosita 
ishlab chiqarish va boshqa xil ishlar) sarfini kuzatish va o‘lchash yo‘li bilan ish 
vaqtidan foydalanishni aniqlash ish vaqti fotografiyasi deb ataladi. 
Ish kunini fotografiya qilishdan ish vaqtida ishchilarning ish vaqtida va 
jihozlardan foydalanish darajasini, zoe ketayotgan ish vaqtlarini aniqlashda, ularni 
bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda, ish o’rniga xizmat 
ko‘rsatish, dam olish normativ vaqtlarni belgilashda, ilg‘orlar tajribasini qidirib 
topishda foydalaniladi. 
Ishlab chiqarish mehnatni tashkil qilish shakli va kuzatiladigan ishchilar 
sonidan kelib chiqib ish vaqti fotografiyasining: 
1) Individual fotografiya o‘tkazish; 
2) Gruppa usulida fotografiya o‘tkazish; 
3) Brigada usulida fotografiya o‘tkazish; 
4) Ommaviy fotografiya; 
5) O‘z-o‘zini fotografiya qilish turlari qo‘llaniladi. 
Individual fotografiya o‘tkazishda bir ish o’rnidagi bitta ishchi kuzatiladi. 
Bunda ishchi butun smena yoki smenaning bir qismi davomida sarflangan ishlab 
chiqarishga tegishli bo‘lgan va tegishli bo‘lmagan barcha vaqt va tanaffuslar 
kuzatiladi. 
Guruh usulida fotografiya o‘tkazishda bir guruh ishchilarning ish vaqti 
kuzatiladi. Bunda har qaysi ishchi o‘z ish o’rnida alohida-alohida operatsiyalarni 
bajaradi. Bu usulning afzalligi shundaki, normalovchi bir smena yoki smenaning 
bir qismi davomida bir necha ish o’rnidagi ishni kuzatadi. Ammo bu usulda 


73 
olingan ma’lumotlarni individual fotografiya asosida kuzatadi. Lekin guruhli 
usulda olingan ma’lumotlar individual fotografiya o‘tkazish orqali olingan 
ma’lumotlarga qaraganda uncha aniq bo‘lmaydi. 
Brigada usulida fotografiya o‘tkazishda bir brigada ishchilarning ish vaqti 
kuzatiladi. Bu ishchilar o‘z urinlarida turli xil (ketma-ket bajariladigan 
operatsiyalarni bajarayotgan) ishchilar gruppasidan iboratdir. 
Ommaviy fotogorafiya o‘tkazishda brigada, uchastka, potok va sex 
ishchilarining smena yoki smenaning bir qismidagi ish vaqti va zoe ketgan vaqtlari 
kuzatiladi. Bunda normalovchi kuzatuv varaqasiga faqat ish vaqtining isrof 
bo‘llishini yozib boradi. So‘ngra bu ma’lumotlar analiz qilinib, isrofgarchilikni 
oldini olishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi. 
O‘z-o‘zini fotografiya qilish, bu usul shu bilan harakterlanadiki, ishchi o‘z 
ish o’rnida o’zini-o’zi kuzatadi, ya’ni ishchi smena davomida zoe ketgan ish 
vaqtlarini va unga sabab bo‘lgan sharoitlarni kuzatuv varaqasiga yozib boradi. 
Individual fotografiya quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1) Ishchini tanlash; 
2) Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish; 
3) Fotografiya qilish;
4) Olingan ma’lumotlarni analiz qilish;
5) Tashkiliy-texnikaviy tadbirlar ishlab chiqarish. 
1) Ishchini tanlash. Individual fotografiya uchun odatda ishlab chiqarish 
me’yorini bajaruvchi va bajarmaydigan ishchilar tanlab olinadi. 
2) Fotografiya qilishga tayyorgarlik ko’rish quyidagi izchillikda amalga 
oshiriladi: 
a) Normalovchi fotografiya o‘tkaziladigan ish o’rni, ish sharoitlari bilan tanishadi, 
ish o’rniga xizmat ko‘rsatishga va uning tashkil qilinishiga alohida e’tibor beradi; 
b) Ish vaqti bo‘laklarga bo‘linadi va har bir bo‘lakka shartli belgi qo‘yiladi. Shartli 
belgi qo’yishda operativ asosiy va yordamchi vaqtlarga bo‘linmaydi. Shuningdek, 
ish o’rniga xizmat ko‘rsatish va tabiiy zaruratlar uchun tanaffus qilish vaqtining 
har biri bo’yicha shartli belgi qo‘yiladi, ular ayrim-ayrim qayd qilinadi; 


74 
c) Kuzatuv varaqasi, sekundomer, soat va boshqa zarur narsalar tayyorlab 
qo‘yiladi; 
d) Fotografiya o‘tkazishda oldin normalovchi fotografiya ob’yekti hisoblangan 
ishchiga fotografiya o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan maqsadni tushuntiradi. Kuzatuv 
varaqasida korxona nomi, sex, brigada nomeri va kuzatiladigan ishchi to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar, uning bajaradigan ishi, foydalaniladigan jihozi, ish o’rniga xizmat 
ko‘rsatilishi, ish o’rnining tashkil qilinishi singari ma’lumotlar ko‘rsatiladi. 
Shuningdek, varaqaning birinchi betida kuzatuvchi kuzatiladigan sana, 
kuzatishning boshlanishi, tugashi va davom etishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham 
keltiriladi. 
3. Fotografiya qilish texnikasi quyidagilardan iborat: fotografiya 
o‘tkaziladigan kun normalovchi sexga ish boshlanishidan 15-20 minut oldin kelib, 
o‘z soatini ish boshlanishi haqidagi signal beradigan soatga to’g’irlaydi. So’ng ish 
kuni fotografiyasining kuzatish varaqasining birinchi betiga ma’lumotlarni yozib 
chiqadi. Normalovchi kuzatuvchi ishchi ish boshlagan paytdan boshlaydi. Agar 
ishchi smena boshlanmasdan erta ish boshlasa, normalovchi ham shu paytdan 
boshlab fotografiyani o‘tkaza boshlaydi. Agar ishchi ish boshlanishidan kech 
qolsa, normalovchi uning kech qolgan vaqtini qayd qiladi. So‘ngra esa qolgan 
kuzatuvlarning faqat tugallangan vaqtini qayd qilib boradi, chunki bu kuzatuvning 
oxiri ikkinchisining boshlanishi bilan ulanib ketadi. Har bir kuzatuv shartli belgi 
bilan ko‘rsatiladi. Barcha ma’lumotlar joriy vaqt grafasiga yozib boriladi. 
Smena tugashi bilan kuzatuv tugallanadi. Sarflangan vaqt uzluksiz kuzatiladi 
va butun smena davomida qayd qilib boriladi. 

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling