8. Qishloq xo‘jaligida logistikada servis
xizmati ko‘rsatish
8.1. Logistik xizmat ko‘rsatish tushunchasi
«Xaridor bozori» sharoitida, sotuvchi, xaridor talabidan kelib chiqqan holda, o‘z
faoliyatini amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi. Bunda talab tovarga bo‘lgan talab bilan
cheklanmaydi. Xaridor ushbu tovarni yetkazib berish jarayonida unga ko‘rsatiladigan
xizmatlar tarkibi va sifati bo‘yicha ham o‘z talablarini ilgari suradi.
Xizmat, atamasining asl ma'nosi, biror- bir kimsaga foyda keltiruvchi yoki yordam
beruvchi hatti- harakatlarni anglatadi. Birovlar ehtiyojlarini qondirish, ya'ni ularga xizmat
ko‘rsatish esa servis deb ataladi.
Logistik faoliyat, moddiy oqim iste'molchisiga turli xildagi logistik xizmatlar
ko‘rsatish imkoniyatini nazarda tutadi. Logistik servis taqsimot jarayoni bilan uzviy
bog‘langan bo‘lib, tovarni yetkazish jarayonida ko‘rsatiladigan xizmatlar majmuidan
iboratdir.
Logistik servisning ob'ekti bo‘lib moddiy oqimning turli iste'molchilari xizmat
qiladi (-.1 rasm). Logistik servis yetkazib beruvchining o‘zi tomonidan, yoki logistik
servisga ixtisoslashgan ekspeditorlik firmasi tomonidan amalga oshiriladi.
8.1-
Rasm. Iste'molchi tizimiga moddiy oqimni kelib chushish variantlari
Logistik xizmat ko‘rsatish sohasidagi barcha ishlarni uchta asosiy guruhga bo‘lish
mumkin:
- sotuvdan oldingi, ya'ni logistik servis tizimini shakllantirish bo‘yicha ishlar;
- tovarlar sotish jarayonida amalga oshiriladigan, logistik xizmatlarni ko‘rsatish
bo‘yicha ishlar;
- sotuvdan keyingi logistik servis.
Realizatsiya jarayonidan oldingi logistik servis sohasidagi ishlar, asosan, xizmat
Do'stlaringiz bilan baham: |