Microsoft Word Материал резина lotin
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Материал резина lotin 02.03.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Aldegidaminlar
Ksantogenatlar. Ksantogenatlarglerod sulfidni ishqor ishtirokida spirt bilan
ta’sirlashishi natijasida olinadi. Ular juda faol tezlashtirgichlar bo‘lib, xona haroratida ham vulkanlanish qobiliyatiga ega, ammo ular saqlashga beqaror. Ularni ichida rux butilksantogenat (BS ksantogen) bo‘lib, oq poroshok bo‘lib, zichligi 1400-1500 kg/m 3 , suyuqlanish harorati 110 o C, asta- sekin saqlash mobaynida parchalanadi. Ular aminlar bilan aktivlanadi. Ularni sanoatda o‘z -o‘zidan vulkanlovchi kleylar uchun qo‘llaniladi. Aldegidaminlar. Ushbu turdagi tezlashtirgichlar boshqa klassdagi tezlashtirgichlarga mansub bo‘lib, yog‘ aldegidlarini aromatik yoki alifatik aminlar bilan kondensatsiyalanishi orqali olinadi. Aksariyat hollarda bu turdagi tezlashtirgichlar anilin yoki ularni gomologini aldegidlar (formaldegi, sirka, moy, geptil kabilar) bilan kondensatsiya mahsulotidir. Ular o‘rtacha faol tezlashtirgichlarga mansub bo‘lib, rezinalarda podvulkanlanishni hosil qilmaydi. Rezina aralashmasida 119 ularni miqdori 5 mass.q gacha bo‘ladi (oltingugurt miqdori 3 mass q. bo‘lganda). Ular issiqlik ta’sirida qarishi, cho‘zilishdagi kuchlanish va mustaxkamlikni ta’minlaydi. SHuning uchun ularni issiqbardosh rezina olishda ko‘proq qo‘llanilib kelinadi. Rangli rezina mahsuloti olishda qo‘llanilmaydi, bunga sabab vulkanizatlarni to‘qlashtirib yuboradi [12]. Tezlashtirgichlarni to‘g‘ri tanlash rezina sifati, xossalari va tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR Tezlashtirgichlar, vulkanlash kinetikasi, vulkanlash tezligi, turlari, xossalari TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 1. Tezlashtirgichlarning vulkanlash jarayonidagi axamiyati. 2. Vulkanlash tezlashtirgichlarining turlari, vazifalari 3. Tiozol guruxi tezlashtirgichlarning turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 4. Tiuram guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 5. Sulfenamid guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 6. Guanidin guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 7. Ksantagenat guruhi tezlashtirgichlarining turlari, xossalari va qo‘llanilishi. 8. Tezlashtirgichlarning ta’sir qilish mexanizmiga ko‘ra turlari. Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling