116
qiladi. DBTD ni qo‘llanishi qisman induksion vaqtni cho‘zilishiga va vulkanlanish
tezligini rostlaydi. Bu turdagi tezlashtirgichlarni o‘rta foallikdagi tezlashtirgichlar
qatoriga kiritish mumkin, shu bilan birga ularni
ishlatilganda
kamroq
holatlarda
podvulkanlanishga uchraydi.
Di(2-benztiazolil)disulfid, altaks oq porokdan sariq-pushti rangacha bo‘lib,
molekulyar massasi 332,54 suyuqlanish harorati 186
o
C (toza), 155
o
C (texnik) va
zichligi 1450-1500 kg/m
3
. Ularning vulkanlanish plotasi 135-160
o
C haroratda.
Tiozollar rezina rangi va hidiga deyarli ta’sir ko‘rsatmaydi.
Tiozollar reaksiyaga
kirishishi natijasida kauchuk tuzulishida turli ko‘ndalang
sulfid guruhlarini hosil
qiladi. Bu turdagi tezlashtirgichlar juda achchiq bo‘lganligi
sababli oziq-ovqat
sanoatida ishlatiladigan rezina materiallarida qo‘llanilmaydi. Rezina aralashmalarida
0,7 dan 2,5 gacha mass q. qo‘shiladi, bunda oltingugurtni miqdori 1,5 dan 3,0 mass q.
oralig‘ida bo‘ladi. Ular tiuram va ditiokarbamatlar
va guanidinlar bilan keng
qo‘llaniladi. Hosil bo‘lgan rezina yuqori mustaxkamlikka, past cho‘ziluvluvchanlikka
ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: