Microsoft Word Материал резина lotin


Faollashtiruvchi agentlar (Aktivatorlar)


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/87
Sana28.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1732304
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
Материал резина lotin 02.03.2021

3.3. Faollashtiruvchi agentlar (Aktivatorlar) 
Vulkanlanish 
aktivatorlari 
(faollashtiruvchi). 
Faollashtirgichlar 
vulkanizatlarda ko‘ndalang bog‘lar hosil qilish bilan strukturasini yaratadi va 
cho‘zilishdagi mustahkamligi va yirtilishga qarshiligini oshiradi. Vulkanizatsiyalash 
jarayonini tezlashtiruvchilari ayrim metallarning oksidlari ishtiroqida yuqori 
faollik kursatadi: ( qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, rux, kadmiy) – bu moddalar 
vulkanlanish jarayonini faollashtiruvchilari deb ataladi. Faollashtiruvchilar 
rezinaning cho‘zilishga va uzilishga qarshiligini oshiradi, chunki vulkanizatlar 
tuzilishida ko‘ndalang bog‘larni xosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘pincha 


120 
faollashtiruvchi sifatida rux oksidi qo‘llaniladi (kauchuk massasidan 5% 
miqdorigacha). 
Yog‘li kislotalar (muhitida) qatnashganida metallar oksidlari eng samarali 
ta’sir o‘tkazadi. Stearin, olein, palmetin va boshqa kislotolar – ikkilamchi 
faollashtiruchilar deb nomlagan. Ishqorli tezlatgichlar qo‘llanilganida, masalan 
DFG 1-2% moyli kislota etarli, nordon tezlatgichlar qo‘llanilganida esa (kaptaks) 
va neytral (tiuram) bo‘lsa 2-4% moyli kislota etarli. Moyli kislotalarning ta’siri
shunga asoslanganki, vulkanizatsiya haroratida ular metall oksidlari bilan 
reaksiyaga kirishadi va kauchukda eriydigan tuzga o‘xshash mahsulot paydo 
qilishadi. SHu bilan rezina qorishmasida faollashtiruvchilarning bir tekisroq 
taqsimlanishi ta’minlanadi va tezlatgichlar, kauchuk va boshqa rezina qorishmasi 
ingredientlari bilan osonroq reaksiyaga kirishadi. 
Rezina aralashtirgich tarkibida choklanish darajasi ortishi va qo‘ndalang 
sulfid bog‘larini kamayishini quyidagicha tushuntirish mumkin. Astivatorlar 
polisulfid yonboshilar bilan ta’sirlashi kauchuk va sulfid kauchugini hosil qiladi 
va keyinchalik ushbu polisulfidlarni oksid yuzasiga sorbsiyalanishi natijasida 
ko‘ndalang bog‘larni hosil bo‘lishini osonlashtiradi. Shu bilan birga oksid 
aktivatorlar kauchukda hosil bo‘luvchi til guruhlari bilan ta’sirlashib, yana 
qo‘shimcha qo‘ndalang bog‘larni hosil qilishiga olib keladi.
Aktivatorlar tezlashtirgichlarni ikkilamchi reaksiyalarida ham ishtirok 
etadi. Masalan, kauchukni tiuram bilan vulkanlanganda (oksidsiz) ditiokarbamin 
kislota hosil bo‘lib, keyinchalik u uglerod sulfid va dimtilaminga parchalanadi. 


121 
Bular esa kauchuklarda oksidlani jarayonini faollashtirib, vulkanlanish effektini 
kamaytiradi. Shu jarayonda turli oksidlarni qo‘shilishi ditiokarbamin kislotasi bilan 
mustahkam tuz hosil qilib, kelgusida kauchukdagi oksidlanish destruksiyasini 
kamaytirib vulkanlanish effektini oshiradi 
Vulkanlanish jarayonini tezlashtiruvchi organik moddalarning faollashtirish 
qobiliyatiga metall oksidlaridan tashkari, bir qancha organik asoslar xam mavjud, 
ular qatoriga trietanolamin va uni tuzlari, uratropin va DFG kiradi [11,12].
TAYANCH SO‘Z VA IBORALAR 
Vulkanlash aktivatori, aktivatsiya, aktiv markazlar, domenatsiya, turlari, ta’sir 
mexanizmi, qo‘shbog‘lar 
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR 
1. Vulkanlash aktivatorlarining vulkanlash jarayonidagi mohiyati va vazifasi. 
2. Vulkanlash aktivatorlarini turlari. 
3. Metal oksidlarining aktivatorlik qobiliyati. 
4. Rux oksidining tuzilishi va vulkanlash jarayoniga ta’siri. 
5. Magniy oksidini tuzilishi, vulkanlash jarayoniga ta’siri. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling