Milliy universiteti


-rasm. Orol dengizi suvining yillar davomida o‘zgarib borishi


Download 0.59 Mb.
bet10/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#232318
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
ekologik vaiyat keskin hududlardagi ekologik momitoring

1-rasm. Orol dengizi suvining yillar davomida o‘zgarib borishi

Orol dengizida juda ko‘p yarim orollar va qo‘ltiqlar bo‘lgan. Shimoliy qirg‘oqlarida eng katta qo‘ltiqlardan Chernishev, Paskevich, Sarichinoq, Perovskiy, janubiy – sharqiy va sharqiy qirg‘oqlarida Tushbas, Ashshibas, Oqsag’a, Suluv va boshqa, Amudaryo bilan Sirdaryo quyiladigan joylarda Ajibay, Tolliq, Yilbirbas, qo‘ltiqlari, Qulonli va Mo‘ynaq yarim orollari bo‘lgan.

Orolning 80% i dengizning janubiy – sharqiy qismida joylashgan edi [9].

Orol dengizining shimoliy qirg‘oqlari suv sathidan 150 metrgacha ko’tarilib turadi, ko‘pchilik joylarda ular chuqur va sertarmoq jarliklardan iborat, qirg‘oq chizig’I ancha egri-bugri. Dengizning sharqiy qirg‘og’i asosan past tekisliklardan iborat bo‘lib, juda ham egri – bugri. Dengizning bu qirg‘og’ida quruqlikning ancha ichkarisiga suqulib kirgan tor hamda sayoz qo‘ltiqlar juda ko‘p, ko‘pdan – ko‘p pastak qumloq orollar bor. Amudaryoning keng maydonli deltasidan iborat bo‘lgan janubiy qirg‘og’i ham sharqiy qirg‘og’i singari past. Dengizning g‘arbiy qirg‘og’i qismida birorta ham qo‘ltiq yoki yarim orol yoq‘.yana dengizning g‘arbiy qirg‘og’i boshdan oyoq suv sathidan 180-190 m ko’tarilib turadigan Ustyurt chinklari deb atalgan jarliklardan iborat. Bu qirg‘oq juda oddiy deyarli to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida.

Orol dengizi unchalik chuqur emas, o‘rtacha chuqurligi 16,5 m bo‘lgan chuqur joylari g‘arbiy qismida joylashgan edi. Qoraqolpog’iston Ustyurti yonida chuqurligi 69 metrgacha yetar edi.

Ko‘lning kattaligini, maydonini egallagan o‘rta qismining chuqurligi 20-25 metr bo‘lgan bo‘lib, bu joylardan chor atrofga ko‘lning chuqurligi kamayib brogan ko‘lning janubiy va ayniqsa sharqiy qirg‘oq qismi uzoq masofa bo‘ylab cho‘zilib ketgan va ayrim joylarda 60 metrga qadar keng bo‘lgan, sayoz joylarda ko‘lning chuqurligi 10 metrdan ham kam edi. Ana shunday sayoz joylar ko‘lning shimoliy qirg‘oq qismida ham bor, lekin bu yerda ular juda qambar ko‘lning g‘arbiy qirg‘oq qismi chuqurligi 30 – 40 metrdan ortiq bo‘lgan joylarda ega bo‘lganligi bilan ajralib turar edi, ko‘lning eng chuqur joyi ham ana shu qirg‘oq qismida joylashgan edi.

Dengiz suvining sho‘rligio‘rtacha 10-11 % edi. Hozirda Orol dengizi uch qismga bo‘lingan, birinchi kichik va sayoz shimoliy qismi sho‘rligi 8-13 gr/l, ikkinchisi nisbatan kattaroq maydonga ega bo‘lgan va sayoz sharqiy qismi, sho‘rligi 69-72 gr/l, uchunchisi – eng chuqur hisoblangan g‘arbiy qismi sho‘rligi 68-69gr/l. Keyingi vaqtlarda suv sho‘rligi darajasi 5-7 barobar oshib ketdi. Dengizning o‘zi esa, ikkinchi qismiga, katta orol va kichik orolga bo‘linib qoldi. Bu esa baliqlarning yoq‘olishiga olib keldi. Dengiz suvidagi tuzlarning ko‘p qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etadi. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra, suvi Kaspiy dengizi suviga o’xshash Orol dengizi suvining tarkibidagi tuz o‘n bir milliard to‘nnaga yaqin deb baholanagan. Bu tuzlar sanoat ahamiyatiga ega. Dastlabki davrlardagi dengizlarning sho‘rligi okean suvining sho‘rligidan 3 barobar kam bo‘lgan. Ko‘lning hamma qismida, hatto uning markaziy qisimlarida ham suvning eng ustki qatlami nisbatan chuchuk suvlardan iborat bo‘lib, lekin ostki qatlamlar tomon suvning sho‘rligi ancha ortib borgan. Daryo suvlaridan iborat bo‘lganligi sababli Orol dengizining suvida sulfatlar ko‘proq, xloridlar esa kamroq. Bu jihatdan Orol dengizi sho‘r ko‘llarga o’xshab ketadi, dengizlardan esa ancha farq qiladi, chunki dengiz suvlarida xloridlar ko‘proq bo‘ladi.

Orol dengizi suvning asta-sekin quruqlashib uning bir litrida tuz konsentratsiyasi 50-100gr ga yetganda, qish oylarida mirabilt cho‘ka boshlaydi. Orol dengizi geologik razrezi shuni ko‘rsatadiki, tuz hosil bo‘lish jarayoni o‘zining mirabilt bosqichida to’xtagan.Tuz cho‘kish qonuniga asosan, agar havzaga yangi chuchuk suv kelib quyilmagan taqdirda, mirabiltdankeyin galit, so‘ngra astraxanit yetishi kerak edi.

Agar har yili Amudaryo va Sirdaryo suvi bilan dengizga 24 million tonna tuz keladigan bo‘lsa, uning suvi sho‘rligini hozirgi darajasiga, bir qismini kalsiy karbonati hosil qilishiga sarflanishini e’tiborga olsak, unda Orol dengizi suvini sho‘rligini hozirgi miqdorini 820 yil ichida hosil bo‘lgan deb bemalol aytishimiz mumkin.

Ma’lumki Orol dengizi sathida ham, sho‘rligida ham keying 1000 yilda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Bu o‘zgarishlarni sir – asrorigacha bilib olishimiz Sibir daryolarini suvini bir qismini O‘rta Osiyoga berish uchun ishlab chiqilgan loyihalarni to‘g‘ri tuzishga yordam bergan. Shuning uchun ham Orol dengizi akvatoriyasida o’tgan tarixiy davrlarda sodir bo‘lgan tabiiy o‘zgarishlarni o‘rganish, bu o‘zgarishlarning sabablarini bilib olish Oroldan xalq xo‘jaligini suv bilan ta’minlash vazifasini bajarishda juda asqotadi.

Orol – Turon tekisligi cho’llari oralig’ida, o‘zgaruvchan ekologik sharoitli hududda joylashgan. Dengiz boy organik dunyoga ega bo‘lgan. Bu dengiz suv chegaralari kengligi bilan bog‘liq. Dengizning tashqi funksiyalari turli – tuman jumladan, u geotizimlarning gidrometrik rejimini yaxshilaydi va cho’l o’simliklarining suv rejimini ta’minlaydi. Grunt suvlarining yaqinligini ham ta’minlaydi, ortezian suvlarining normal holatini vujudga keltiradi. O’tloqlar hosildorligini oshiradi. Biroq suv havzasining gidrometeorologik va ekologik ta’siri chuqur o‘rganilmaganligi sababli uni turlicha baholashadi.

I.I.Proxrov, V.L.Shuli, S.N.Kritskiy, O.M.Chelpanova hamda I.P.Kuznetsovlar fikriga ko‘ra orolning iqlimiy elementlariga ta’siri yumshoq bo‘lib, qirg‘oq bo‘yi hududlaridagina seziladi. So‘nggi yillarda Orol satxining intensiv pasayishi natijasida suv havzasini o‘rganish va Orolning atrof muhitiga ta’siri haqida tobora ko‘proq ilmiy izlanishlar olib borilmoqda, maqolalar chop etilmoqda. Bu kabi izlanishlar va maqolalarda Orolning ta’siri uzoq masofalargacha cho‘zilishi yaqqol isbotlangan.

V.B.Mestechkinning belgilashicha dengizning namlantiruvchi ta’siri hududi kengligi bahorda va kuzda shimoliy tamonda o‘rtacha 50-70, 70-130 va 60-120 km ni, yoz oylarida esa, 10-40, 30-50 va 20-40 kmni tashkil etadi. Qirg‘oqning janubiy tomonida dengizning namlantiruvchi ta’siri yanada ko‘proq hududga yoyiladi, qirg‘oqdan 400 km narigacha yetadi. Buning sababi quyidagicha: Orol dengizining iqlimiy xususiyatlari asosan shimoldan keluvchi havo massalariga bog‘liq. Bu havo massalari harorati Orolning janubiy qismiga nam havoni olib kelishi tufayli, Orol bo‘yi izochiziqlari o‘zgaradi va namlanish hududi kengayishiga sabab bo‘ladi.

Orol dengizi – Turon tekisligining katta qismidagi tabiat muvozanatiga ta’sir etuvchi yirik ekologik faktor hisoblanadi. Orol va Amudaryo hamda Sirdaryolarning deltalaridan ko’tariluvchi suv bug’lanishi ta’sirida hududdagi tabiat rivojlanishi, ayniqsa ekotizimga qulay shart- sharoit vujudga keladi. Bu hududdagi tabiiy rivojlanish atmosfera yog’inlari hisobiga emas (80-120mm), balki aynan Turon cho’llarining ichki qisimlariga nisbatan namlik yuqoriligi hisobiga vujudga keladi. Orol dengizi Qozog‘iston va O‘zbekiston oralig’idagi suv xavzasi bo‘lib, 1990- yillargacha Mo‘ynoq va Orol dengiz portlarini bog‘lab beruvchi asosiy yo‘l hisoblangan. Bu portlararo yuk aylanmasi yiliga 250 to‘nnani tashkil etadi. Asosiy yuk paxta, non, tuz, baliq, kimyoviy maxsulotlar va o‘rmon mahsulotlari yuk tashishi uchun cho‘kmasi 3 metrli kemalar qo‘llanilgan. Asosiy portlar Mo‘ynoq, Uchsoy, Aralsk, Ugra, Tiyli, Qozoqdaryo, Uyali va boshqalar hisoblangan.

Orol dengizi 60-yillargacha baliqchilikda ahamiyati katta bo‘lgan, ayniqsa, Oroldan ovlanadigan yuqori sifatli, zotli baliqlarning ahamiyati katta bo‘lgan. O‘rtacha yillik ovlangan baliq miqdori 300-400 ming sentnerga yetgan. Sazan, Mo‘ylovdor, orol qizilko‘zi kabi noyob zotdor baliqlar ovlashda mamlakatda oldingi o‘rinda turgan.

Mo‘ynoq va Aralsk shaharlarida baliqchilik asosida mamlakat miqyosidagi yirik baliq konserva ishlab chiqarish tarmog’i vujudga kelgan. Mo‘ynoq baliq konserva kombinati o‘z ichiga oltita tashkilotni olgan. Beshta baliq zavodi va bitta konserva zavodi. Baliqni qayta ishlovchi zavodlar Mo‘ynoq, Urga, Uchsoy, Qozoqdaryo va Porlatovda joylashgan kombinat turli xil baliq mahsuloti chiqargan. Mo‘ynoq kombinati 1958 yilda 21,5 million banka konserva ishlab chiqargan va mamlakat hududida hamda chetga eksport qilingan. Baliq ovi uchun havza bo‘ylarida maxsus baliq ho’jaliklari tashkil qilingan. Amudaryo deltasining shimoliy qismidagi aholi va Sirdaryoning hozirgi deltasi g‘arbiy qismidagi aholining asosiy qismi baliqchilik zavodlarida baliqni qayta ishlash baliq ovlovchi kemalarga xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash bilan shug’ullangan. 1961 yilgacha Orol dengizi qirg‘oqlari, ayniqsa, uning g‘arbiy va shimoliy sohillari, Mo‘ynoq yarim oroli hududi dam olish komplekslari, ommaviy dam olish ijtimoiy zonalari barpo etishga juda ham qulay joylar hisoblangan. Mo‘ynoq yarim orolining sharqiy qirg‘og‘ida kurortlar va bolalar lagerlari vujudga kelgan. Bu hududda ko‘plab tabiiy ravishda qum bilan qoplangan ajoyib sohillar bor. Bu yerning sohillari ajoyib, suvi boshqa hududlarga nisbatan tiniqroq, bundan tashqari loy va mineral suvlar bilan davolash imkoniyatlari mavjud bo‘lgan. Aprel – oktabr iliq oylarda cho’milish davri besh oyni tashkil qilgan.

Dengizning janubiy sharqiy qirg‘oqlari tuzli va shifobaxsh loylar mavjud bo‘lgan hudud hisoblanadi. Bu yerda mahalliy aholi va O‘rta Osiyo bo‘yicha kelgan sayyohlar davolangan. Ustyurt chinklarining dengiz tomonidan ko‘rinishi juda maftunkor, ba’zi joylarda chink zinasimon ba’zi joylari dengizga kirib turgandek, juda ko‘plab ajoyib qushlar mavjud. Bularning barchasi sohilning takrorlanmas go‘zal manzarasini ifodalaydi. 1961 yildan keyingi holi aksincha, yomonlashdi ham iqtisodiy, ham ekologik va ijtimoiy ahamiyatlari o‘z o‘rnini yoq‘otib bordi.


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling