Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana14.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#105883
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari


SHARH 

MTM tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm 

PXQTMOI  “Psixologiya,  pedagogika,  menejment,  maktabgacha  va  boshlang`ich  ta`lim”  kafedrasi 

tomonidan  taqdim  qilingan.  Muallif:  Axmedova    Maryam.    Uchinchi  mingyillikning  bolasi  dasturidagi 

ilk  yoshli  va  kichik  guruh  davri  tashkili,  O`yin  faoliyati  orqali  bolalar  tafakkurini  rivojlantirish  hamda 

Ta`lim-tarbiyada MTM bilan ota-ona hamkorligi kabi bir qator qiziqarli mavzular, ma’zruzalar so’nggida 

esa olingan bilimlar yuzasidan testlar ham ilova qilingan.  

 

 



Axmedova  Maryam  

 

“Psixologiya, pedagogika, menejment, maktabgacha va boshlang`ich ta`lim” kafedrasi  

 

 

1.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. 

                                     

MTM tarbiyachilari kursi uchun (2 soat) 

Maqsad:  Tinglovchilarda  6,7  yoshli  bolalarning  jismoniy,  nutqi  va  tafakkurining  rivojlanganlik,  ma`naviy 

yetuklik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar, to`g`risida tushuncha hosil qilish. 



Tayanch  so`zlar:  Davlat  talablari,  me`yor,  minimal  talablar,  jismoniy  rivojlanganlik,  nutq  va  tafakkur, 

ma`naviy yetuklik. 



Kutiladigan natija: Tarbiyachilarning 1-sinfga borayotgan bolada qanday bilim, ko`nikma, malaka bo`lishi 

lozimligi to`g`risida tasavvur hosil qilishga erishish. Ulardagi faollikni oshirish. 



 

Reja: 1. 6-7 yoshli bolalarning jismoniy rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 

            2. Nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 

           3. Ma`naviy yetuklik darajasiga qo`yiladigan minimal talablar. 

Jihoz: Plakat, marker, flamaster,rangli qalamlar, qog`ozlar, yelim, to`plar, mevalar, gullar rasmlari. 

Dars usuli: Tinglovchilarning to`p, gul, meva rasmlarini tanlashlariga qarab 3 guruhga ajratiladi. “To`plar” 

guruhi  6-7  yoshli  bolalarning  jismoniy  rivojlanganlik,  “Mevalar”  guruhi  nutqi  va  tafakkurining 

rivojlanganlik, “Gullar” guruhi ma`naviy yetuklik darajasiga qo`yilgan minimal talablar muammosi bo`yicha 

ish  ko`rsatadilar.  Har  qaysi  guruh  shiorini  yozadi,  loyiha  tuzadi.  Muammoni  hal  qilishda  tasviriy 

illustratsiyalardan  foydalanadi.  Guruh  sardorlari  ishni  tugatganlaridan  so`ng  himoya  qilishadi.  Oxirida 

o`qituvchi rag`batlantiradi, toldiradi, xulosalaydi. 



Foydalanadigan  adabiyotlar:  1.  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  ta`lim-tarbiyasiga  qo`yiladigan  davlat 

talablari. 

2. “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi. 

6-7 Yoshli bolalrning bilishi lozim bo`lgan bilim,      ko`nikma va malakalari 

1. Mustaqil tarzda jismoniy mashqlar bajara olish. 

2. Buyruqqa (start) asoslanib yugurish. 

3. xoda ustida oldinga siljish. 

4. Narvon yordamida tepaga chiqish va pastga tushish. 

5. 5 sekund davomida arqonda osilib turish. 

6. Arg`imchoq uchish. 

7. Cheklangan sath va chiziq bo`ylab yurish. 

8. Qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tish. 

9. Bir oyoqda qaldirg`och bo`lib turish. 

10. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko`tarish, pastga tushurish va bir joydan boshqa joyga ko`chirish. 

11. Joyida turib 15-20 marta sakrash. 

12. 70 sm uzunlikka sakrash. 

13. 30 sm balandlikdagi to`siqdan sakrab o`tish. 

14. To`xtamasdan 2-3 minut davomida yugurish. 


15. 100 m masofani to`xtamasdanyugurib o`tish. 

16. 10 m masofani emaklab o`tish. 

17. Safda to`g`ri turish va safni buzmasdan yurish.  

18. Saflanish va qayta saflana olish. 

19. Musiqa ohangiga mos holda harakat qilish. 

20. Koptokni irg`itish va ilib olish. 

21. Ilon izi shaklida yurish.  

22. To`p-to`p bo`lib, aylana bo`ylab yurish. 

23. Chiniqtirish mashqlarini bajarish.  

24. Bosma harflarni o`zaro farqlay olish, nutq tovushi bilan harfni bir-biridan farqlay olish. 

25. Tovush, so`zlarni aniq va to`g`ri talaffuz etish. 

26. 3000 tadan ortiq so`zni tushinishi va bilishi. 

27. Rasmga qarab gap tuzish.  

28. Ertak va hikoyani tinglash, mazmuni tushunish. 

29. Eshitgan kichik ertak va hikoyani qayta aytib berishi. 

30. Ifodali nutqqa ega bo`lishi. 

31. Tevarak-atrof, tabiat manzarasi haqida qisqacha so`zlab berishi. 

32. Turli mavzudagi, kichik hajmdagi 6ta she`rni yoddan aytish. 

33. Ota-ona, tarbiyachi tavsiyasi bilan hayotiy mavzular bo`yicha qisqacha hikoya tuzish. 

34. Kattalar va o`rtoqlari bilan suhbatta faol ishtirok etishi. 

35. Kattalar va o`rtoqlari bilan gaplashish madaniyatiga ega bo`lish. 

36. O`z fikrini mustaqil, erkin bayon etish va xulosa chiqara olish. 

37. Mantiqiy tafakkur qilish malakalarigaega bo`lishi. 

38.  Tafakkur  operatsiyalari  (analiz,  sintez,  umumlashtirish,  aniqlashtirish,  taqqoslash,  anologiya  va 

boshqalarni yoshiga mos rivojlantirish. 

39. Fikriy mushohada yuritish. 

40. Tevarak atrofni to`g`ri idrok etish. 

41. Ta`limiy o`yinlar vositasida tafakkurni peshlashi. 

42. Gul, daraxt turlarini rangiga, bargiga, mevasiga qarab farqlay olishi. 

43. O`z fikrini, talab-extiyojlarini so`z bilan ifodalay olishi. 

44. Qirqib, bo`laklarga ajratilgan voqeaband rasmlarni terish, yaxlitlash.  

45. Turli tasvirlardan yaxlit obraz yarata olishi. 

46. Geometrik shakllardan ma`lum mazmunga ega bo`lgan tasvirlar tuzishi. 

47. So`zlardan gap tuza olish. 

48. O`z fikrini bayon etganda taqqoslash, umumlashtirish, taxlil qila olishi. 

49.  Birinchi  o`nlikning  son  tarkibi  (alohida  birliklardan)  va  2,3,4,5,6,7,9,10  sonlarning  o`zidan  kichik  ikki 

kichik sondan tarkib topganligini bilish. 

50.  Birinchi  o`nlikdagi  har  bir  sonning  qanday  hosil  bo`lishini  bilish,  buning  uchun  son  qatoridagi  avvalgi 

songa 1 ni qo`shish va keyingi sondan 1 ni olish.  

51. 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlarini hamda “+”,  “-“, ”=” ishoralarni bilish 

52. 1,3,5,10 so`milk pullarni bilishi. 

53. O`tayotgan hafta kunlarining ketma-ketligi, kun qismlarini bilishi. 

54. 10 tagacha bo`lgan buyumlarni sanash, sanab ajrata olishi. 

55. Narsalar sonini raqam bilan muvofiqlashtira olishi. 

56. 10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olish, qaysi son boshqasidan katta (kichik)ligini aniqlay olish. 

57. Narsalarni kattaligi, uzunligi, kengligi, balandligi, yo`g`onligiga qarab taqqoslay olish. 

58. To`g`ri va egri chiziqlarni, uchburchaklar, to`rtburchaklarni bir-biridan farqlash hamda tasvirlash. 

59. Hozirgi zamon texnikasi, kompyuter haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 

60. Shaxsni o`rab turgan barcha narsalar tabiat ekanligini bilish. 

61.  Mevali  daraxtlar-  olma,  uzum,  shaftoli,  nok,  olcha,  gilos,  o`rik,  olxo`ri  nomlarini  bilish  va  ular  haqida 

tasavvurga ega bo`lish. 

62. Manzarali daraxtlar- tok, terak, archa, chinor haqida tasavvurga ega bo`lish. 



63. Daraxt shoxlarini sindirish tabiatga zarar yetkazish ekanligini anglash. 

64. Gullar- atirgul, boychechak, qoqigul, chinnigul, lola, lolaqizg`aldoq haqida tasavvurga ega bo`lish. 

65. Sabzavot va poliz ekinlari-pomidor, bodring, kartoshka, piyoz, sabzi, karam, qovun, tarvuz, qovoqni va 

ularning nomlarini bilish. 

66. Xona o`simliklarini boshqa o`simliklardan farqlash. 

67. Uy hayvonlari-qo`y, sigir, ot, it, mushuk, echki; yovvoyi hayvonlar-bo`ri, tulki, ayiq; parrandalar-tovuq, 

xo`roz,  o`rdak,  g`oz;  hashoratlar-chumoli,  ninachi,  ari,  qo`ng`iz,  kapalak  nomlarini  bilish  va  ular  haqida 

tasavvurga ega bo`lish. 

68. Qushlar-  qaldirg`och, chumchuq, musicha, kabutar, bulbul, qarg`a, to`ti  nomlarini  bilish va ular haqida 

tasavvurga ega bo`lish. 

69.  Uy  ro`zg`or  buyumlari-  stol,  stul,  xontaxta,  javon,  divan,  karovat,  ko`rpa-to`shak,  sandiq  haqida 

tasavvurga ega bo`lish. 

70.  Uyda  qo`llaniladigan  elektr  jihozlari-  elektr  chiroq(lampochka),  televizor,  radio,  magnitofon,  dazmol 

haqida tasavvurga ega bo`lish. 

71. Elektr jihozlaridan ehtiyotsizlik bilan foydalanish havfli ekanligini anglash. 

72. Transport vositalari- velosiped, avtomobil, avtobus, trolleybus, tramvay, metro, poyezd, samolyot haqida 

tasavvurga ega bo`lish. 

73. Tog`, daryo, ko`l, bog`, gulzor, paxtazor, ekin maydonlari, yaylov haqida tasavvurga ega bo`lish. 

74. Havo, suv, quyosh, shamol, bulut, yomg`ir, qor haqida mos ravishda tasavvurga ega bo`lish. 

75. Yil fasllari nomini, ketma-ketligini va ulardagi tabiat o`zgarishlari haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 

76. Paxtadan ip, gazlama, kiyim-kechaklar tayyorlanishini bilish. 

77. Kun va tunning farqini anglash.  

78. Kun qismlari- ertalab, peshin va kechqurun. 

79. Ona vatan-O`zbekiston haqida qisqacha so`zlab berish. 

80. 8-dekabr-O`zbekiston konstitutsiyasi kunini umumhalq bayrami sifatida nishonlanishini bilish. 

81. O`zbekiston bayrog`i, gerbi haqida fikr bildira olish. 

82. O`zbekiston madhiyasini yoddan ayta olish. 

83. Vatan tuyg`usi, vatanparvarlik hislari va milliy g`ururni yoshiga mos ravishda shakllanganligi. 

84. Xalqiga, vataniga mehr va sadoqat hislarini shakllanganligi. 

85. Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek, Zaxriddin Bobur 

kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lish. 

86. Milliy bayramlar haqida qisqacha so`zlab berish. 

87. To`g`ri salomlashish va hayrlashishni bilish. 

88. O`zidan kattalarga sizlab murojaat qilish. 

89.  “Labbay”,  “xo`p  bo`ladi”,  “xush  kelibsiz”,  “rahmat”,  “salomat  bo`ling”,  “mumkinmi”,  “kechirasiz”, 

“shirin tushlar ko`ring”, “osh bo`lsin”, “yaxshi borib keling”, “marhamat” kabi so`z va iboralarni o`z o`rnida 

qo`llay olishi. 

90. Qo`lini ko`ksiga qo`yib iltifot ko`rsatishi. 

91. Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi. 

92. Shirin so`zli bo`lishi va mehribonlik qila bilishi. 

93. O`tirish va yurish qoidalarini bilish, unga rioya qilishi. 

94. Uyda, bog`chada, mehmonda, ko`chada o`zini qanday tutish kerakligini bilishi va unga rioya qilishi. 

95. Yaxshilik va yomonlikni farqlashi. 

96. Kattalarni hurmat-kichiklarni izzat qilishi kerakligini anglashi va unga rioya qilishi. 

97. O`rtoqlari bilan hamjihatlikda o`ynay olishi. 

98. Hol-ahvol so`rashni bilishi. 

99. Kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilishi. 

100. Ojiz va kuchsizlarni himoya qilish zarurligini anglashi. 

101. O`z-o`ziga xizmat qila olish. 

102. Uyda yoki bog`cha hovlisida yengil mehnatlarni bajara olishi. 

103.  Oshxona  anjomlari-choynak,  piyola,  qoshiq,  likopcha,  pichoq  kabilarning  vazifalarini  bilishi, 

yig`ishtirishda joy-joyiga qo`yishi. 



104. Mehnatsevar bo`lish yaxshi odat ekanligini anglash. 

105.  Mehnat  qurollari-tesha,  bolg`a,  qaychi,  ombir,  tok  qaychi,  ketmon,  belkurak,  o`roq  kabilarning 

vazifasini bilishi. 

106. Tejamkorlik zarurligini bilishi. 

107. O`zini ozoda tutishi, sochiq, dastro`mol, sovun, tish pastasi va cho`tkasidan to`g`ri foydalana olishi. 

108. Mustaqil tartibli kiyinishi va yechina olishi. 

109. Ovqatlanish qoidalariga rioya qilishi. 

110. Tasviriy san`at asarlaridan zavqlana olishi. 

111.  Ranglardan-oq,  qora,  qizil,  sariq,  yashil,  havorang,  binafsharang,  jigarranglarning  nomini  bilishi  va 

ularni bir-biridan farqlay olishi. 

112. Qalam, bo`yoq, flamasterdan to`g`ri foydalana olish. 

113. Qog`oz va karton bilan ishlay olishi. 

114. Asliga qarab va tasavvur bo`yicha meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 

115. Flastilin va loydan meva, sabzavot va turli o`yinchoqlarni yasay olishi. 

116. Milliy cholg`u asboblari-rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini bilishi va ularning 

ovozini bir-biridan farqlay olishi. 

117. Turli ohangdagi kuy va musiqani farqlashi. 

118. Raqsga tushganda harakatlarni musiqaga moslashtira olishi. 

119. Musiqa ostida qo`shiq ayta olishi. 

120. Tabiiy, kuyga mos, yengil ovozda kuylashi.  

 

                                      Test savollari. 



1. Davlat talablari necha yoshdagi bolalar egallashi lozim bo`lgan bilim,  ko`nikma va malakalarning 

me`yorini belgilaydi. 

a)  4-5 yosh           

b) 6-7 yosh          

c) 5-6 yosh              

d) 6 yosh 

2. Davlat talablari bo`yicha 6-7 yoshdagi bolalar qaysi manzarali daraxtlar haqida bilishi va tasavvurga ega 

bo`lashi kerak 

a) tol, terak, archa                            

b) tol, chinor, terak 

c) tol, terak, chinor, archa                

d) tol, terak 

3. Davlat talablari bo`yicha 6-7 yoshdagi bolaning so`z boyligiga qo`yiladigan minimal ko`rsatkichlardan 

biri 


a) 100 tadan ortiq so`zni tushunishi                       

b) 1000 tadan ortiq so`zni tushunishi 

c) 1500 tadan ortiq so`zni tushunishi 

d) 3000 tadan ortiq so`zni tushunishi va bilishi 

4. 6-7 yoshli bolalar qaysi uy hayvonari nomlarini bilishlari va tasavvurga ega bo`lishlari kerak 

a) qo`y, sigir, buzoq, ot, eshak, tuya, echki 

b) qo`y, sigir, ot, eshak, tuya, echki, it 

c) qo`y, sigir, ot, eshak, tuya, echki, mushuk, cho`chqa 

d) qo`y, sigir, buzoq, ot, eshak, it, mushuk echki 

5. 6-7 yoshli bolalar tabiat hodisalari haqida tasavvurga ega bo`lishlari kerak 

a) shamol, bulut, yomg`ir, qor, do`l, chaqmoq 

b) shamol, bulut, tuman, yomg`ir, qor, do`l, chaqmoq 

c) shamol, bulut, yomg`ir, qor, do`l 

d) shamol, bulut, yomg`ir, qor 

6. Maktabgacha ta`lim mazmuni hamda sifatiga qo`yiladigan davlat talablari “Ta`lim to`g`risida”gi 

qonunning nechanchi moddasida ko`rsatilgan  



a) 11- moddasida                               

b) 30- moddasida 

c) “Ta`lim to`g`risida”gi qonunda qayd qilinmagan      

d) 7-moddasida 

7. Tubandagilardan qaysi biri to`g`ri 

a) Davlat talablarida milliy cholg`u asboblari- rubob, dutor, doira, sunray, karnay, nog`oraning nomlarini 

bilishi va ularning ovozlarini bir-biridan farqlay olishi lozimligi ko`rsatilgan. 

b) Davlat talablarida 4 xil rangni ajrata olishi ko`rsatilan 

c) Davlat talablarida Abu Rayxon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek,  

Zaxiriddin Bobur kabi buyuk siymolar haqida ilk tasavvurga ega bo`lishligi ko`rsatilgan 

d) Davlat talablarida 10 metr masofani emaklab o`ta olishligi ko`rsatilgan 

8. Davlat talablarida bolalarning egallashi lozim bo`lgan bilim ko`nikma va malakalarning nechta yo`nalishi 

ko`rsatilgan 

a) 3ta                

b) 6 ta                 

c) 7 ta                  

d) 5 ta 

9. Tubandagilardan qaysi biri Davlat talablaridagi nutqi va tafakkurining rivojlanganlik darajasiga tegishli 

a) Ona-Vatan-O`zbekiston haqida so`zlab berish 

b) Uyda, ko`chada, mehmonga borishda kiyinadigan kiyimlarini farqlash va ularni o`z o`rnida kiyishi 

c) joyida turib 15-20 marta sakrash 

d)10 ichida yonma-yon sonlarni taqqoslay olishi.  



 

2-МAVZU: Uchinchi mingyillikning bolasi dasturidagi ilk yoshli va kichik guruh davri tashkili. 

 

MTM tarbiyachilari kursi uchun (2soat)  



Maqsad:  Tinglovchilarda  2,3,4  yoshli  bolalarni  jismonan,  nutqi  va  tafakkurini  rivojlantirish,  ma`naviy 

yetukligini  ta`minlash  yo`nalishlari  bo`yicha  dasturda  ko`rsatilgan  vazifalar  haqida  tushuncha  hosil 

qilish. 

 

Tayanch  so`zlar:  jismonan  rivojlantirishdagi  o`lchovlar  (metr,  santimetr),  nutqi  va  tafakkurini 

rivojlantirishdagi  ertaklar,  hikoyalar,  she`rlar,  sanash,  taqqoslash,  uzun-qisqa,  hayvonlar,  qushlar, 

mevalar, sabzavotlar. 



Kutiladigan natija: 2,3,4. yoshli bolalar bilan ta`lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil qilishda dastur asosida 

to`g`ri rejalashtirishlariga erishish. 



Reja: 1. Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish. 

          2.  Nutqi  va  tafakkurini  rivojlantirish  bo`yicha  ilk  yoshli  va  kichik  guruhlarda  ko`rsatiladigan 

vazifalar. 

          3. Ilk yoshli va kichik guruhlarda ma`naviy yetukligi bo`yicha dastur vazifalari. 



Jihoz: “1”, “2”, “3” raqamlari tasvirlangan kartochkalar, plakatlar,rangli qalamlar, qog`ozlar. 

Dars usuli: Tinglovchilar “1”, “2”, “3” raqamlarini tanlashlariga qarab 3 ta guruhga ajratiladi.  

“1” lar guruhi “Ilk yoshli va kichik guruhlarda jismonan rivojlantirish”,  

“2” lar guruhi “Nutqi va tafakkurini rivojlantirish boyicha ilk yoshli va kichik guruhlarda ko`rsatiladigan 

vazifalar”. 

“3”  lar  guruhi  “Ilk  yoshli  va  kichik  guruhlarda  ma`naviy  yetukligi  bo`yicha  dastur  vazifalari” 

muammolarini ochib berish ustida ish olib boradilar. 

Har  qaysi  guruh  a`zolari  2  guruhni  taqqoslagan  holda  dasturda  ko`rsatilgan  vazifalarni  hohlagan 

ko`rinishda  loyihasini  tuzadilar.  Guruh  sardorlari  o`z  guruhini  himoya  qiladilar.  O`qituvchi 

rag`batlantiradi, to`ldiradi, xulosalaydi. 

                           Foydalanadigan adabiyotlar.  

1.Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablari. 

2. “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi. 

3. “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. 

Bolalarni jismonan  rivojlantirish. Bolalarni har kungi  ertalabki badan tarbiya, haftada 2 marta jismoniy 

tarbiya  mashg`ulotlarida,  sayr  paytidagi  qoidali-harakatli  o`yinlar  jarayonida  gavdaning  tik  holatini 

saqlashga  tarbiyachining  ko`rsatmasiga  taqlid  qilgan  holda  harakatni  tushunib,  birgalikda  harakat 

qilishga  o`rgatadi.  To`g`ri  yo`nalishda  muvozanatni  saqlab  teng  qadamlab  yurish,  kichik  narvonchaga 

chiqish va tushish (balandligi 1 metr) chambarak ichiga emaklab o`tish(2 metr masofa), 30-40sm to`siq 

tagidan o`tish harakatlari o`rgatiladi. 

       Tarbiyachi  ketidan  to`p-to`p  bo`lib  yurish,  doira  bo`ylab  juft-juft  bo`lib  yurish,  yurishdan 

yugurishga,  yugurishdan  yurishga  o`tish  oldinga,  yonga  qadam  tashlash.  Tarbiyach  ketidan  yugurish 

dumalayotgan to`pni quvib yetish, ikki chiziq oralig`idan ularni bosmasdan yugurish. Bir uchi poldan 15-

20 sm ko`tarilgan taxtadan yurib ko`tarilish (eni 25 sm, uzunligi 1,5-2 sm) va undan tushish. Balandligi 

15  sm  bo`lgan  yashik  ichiga  tushishi  va  undan  chiqish.  Poldan  15-25  sm  ko`tarilgan  chizimga  yoki 

tayoqcha ustidan kattalar yordamida hatlab o`tish.  

         To`pni  ikki  qo`llab  oldinga  pastdan,  ko`krak  oldidan,  boshdan  oshirib  o`tish  tarbiyachi  otgan  50-

100 sm oraliqdagi to`pni ilib olish. To`plar, qumli haltachalarni 1 metr masofaga ikki qo`llab o`ng yoki 

chap qo`llab irg`itish harakatlarini bajarishga o`rgatiladi. 

2. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish. 

   Nutq va tafakkurini rivojlantirish bolalarni atrofidagi narsalar bilan tanishtirish hamda ularning 

nomlarini aytishga o`rgatish hovlidagi daraxt, gul va boshqa turli buyumlarning nomlarini, o`zi hamda 

oila a`zolarining ismini to`g`ri aytishga, qarindosh-urug`chilikni ifodalovchi so`zlar (buva, buvi, tog`a, 

amaki, xola, amma kabilar) xonadondagi buyumlar(televizor, radio, magnitofon, stol, stul-kursi, 


xontaxta, choynak, payola) kiyimlar(ko`ylak, chopon, do`ppi, tufli)ning nomlarini to`g`ri aytishga 

o`rgatish.  

   So`zlarni son va kelishikda moslashtirishni, otlarni birlik va ko`plikda ishlatishni o`rgatish. Tovushlarni 

to`g`ri talaffuz qilishni o`rgatishda davom etish. Tarbiyachi nutqini qunt bilan eshitish va uni tushunish. 

Ertak va qisqa hikoyalarni tarbiyachining savollari, ilyustratsiyalari bo`yicha gapirib berishga o`rgatish. 

    O`yinchoq yoki rasm mazmuni bo`yicha tuzilgan 3-4 gapdan iborat hikoyani tarbiyachidan so`ng 

takrorlash ko`nikmasini tarbiyalash. 

    Bolalarni 5 gacha sanashga o`rgatish “Ko`p”, “teng”, “oz”, “hech narsa” kabi so`zlarni o`z o`rnida 

qo`llashni o`rgatish predmetlar to`plamini miqdoriga ko`ra teng yoki teng emasligini aniqlashni, 

taqqoslashda ustiga, yoniga qo`yish usullaridan foydalanishga o`rgatish.  

     Uzunligi, balandligi, eni, kengligi, kattaligi boyicha bir-biridan keskin farq qiluvchi 2 ta predmetni 

taqqoslashga o`rgatish (uzunroq, qisqaroq, uzunligi bir xil va h.k)  

     Doira, kvadratni taniy olish, nomini aytish, farqlashga o`rgatish. O`ng va chap qo`lni farqlay olish, 

aytish, o`ng qo`l bilan chapdan o`ngga qo`yish malakasini hosil qilish oldinga, orqaga, o`ngga, chapga, 

yuqoriga, pastga tushunchalarini aniqlashga o`rgatish. 

     Sutka qismlari ertalab, kunduzi, kechqurun, kechasini to`g`ri aytish va farqlashga or`gatish. 

     Mevalardan: olma, uzum, o`rik, olcha, gilos, sabzavotlardan: tarvuz, karam, sabzi, piyoz, bodring, 

pomidorlarning nomini aytish va bir-biridan farqlashga o`rgatish. 

     Atirgul va lola gullari bilan tanishtirish. Ularning nomi va rangini tog`ri aytishga va farqlatish. 

Kuchuk, mushuk, sigir, qo`y, echki, ot bilan tanishtirish. 

     Nomlarini to`g`ri aytish va farqlashga o`rgatish. Bo`ri, quyon, tulki, ayiq bilan tanishtirish, nomini 

to`g`ri aytishga va farqlashga o`rgatish. Chumchuq, kaptar, musicha, hasharotlardan chumoli va kapalak 

bilan tanishtirish ularning nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish. Jonivorlarning qismlarini ajratish nomini 

aytish, nima yeyishini, qanday yuradi, qanday ovoz chqaradi, onalari katta, bolalari kichik bo`lishini 

o`rgatish. 

      Tabiat hodisalari qor, yomg`ir, bulut, shamol haqida tasavvurga ega bo`lishi avtobus, velosiped, arava 

bilan tanishtirish. Nomlarini to`g`ri aytishga o`rgatish enaga, qorovul, oshpaz, shofyor, uchuvchi mehnati 

bilan tanishtirish. 

      Bolaning atrofdagilar bilan muomalada bo`lishi, kattalarning nutqiga taqlid qilish qobiliyatini 

o`stirish lug`at boyligini kengaytirish, oddiy gaplarni to`g`ri tuzishga, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga 

o`rgatish. Yangi-yangi so`zlar bilan tanishtirish, ularning ma`nosini tushunishga o`rgatish.  

         Bolalarni kattalarga va boshqa bolalarga murojat qilishga undash, savollar bera bilishga, o`zining 

istaklarini ifodalashga ko`rgan, bilganlarini so`zlab berishga o`rgatish. Mushuk, kuchuk, jo`ja, 

akvariumdagi baliq, qafasdagi qush, avtomobil, arava, velosipedlarni kuzatish nomlarini aytish, 

o`yinchoqlarning nomlarini aytish, ularni qidirib topish. Hayvonlarning nomini aytish, tovushga taqlid 

qilish, ularning qismlarini ayta olish, parvarish qilish bo`yicha tasavvur hosil qilish. Daraxt, gul, o`t-

o`lanlarni, sabzavot va mevalarni farqigs o`rgatish.  

                3. Bolalarning ma`naviy kamolatini ta`minlash. 

          “Ikki echki”,  “Fil bilan xo`roz”, “Sholg`om” ertaklari Y.Sadullaevaning “Yolda”, 

X.To`xtaboevning ”Xassa”, R.Farhodiyning ”Tonggi so`z”, M.Muradovning ”Ko`prik”, 

T.Adomboevning “Nasibaning olmasi”, Q.Muhammadiyning “Kichkina qushcha”, X.Badalovning “Qip-

qizil”, Q.Xikmatning “Bog`chamdagi bog`cham”, Q.Komilovning “Lolaning olmasi”, O.Mahkamovning 

“Kapalak” asarlarini o`qib berish hikoya qilib berish, yod oldirishga tafsiya etiladi. Bolalarda 

xushmuomalalik va orastalik shakllantiriladi. Biron narsa yeyishdan, dasturxonga o`tirishdan oldin qo`l 

yuvish, kattalardan oldin dasturxonga qo`l uzatmaslik, nonni ikki qo`llab sindirish, ovqatni to`kmasdan, 

og`izni chapillatmasdan, qoshiqni taqillatmasdan yeyishga o`rgatish salomlashish, kiyimlarini kiyib-

yechish, joy-joyiga qo`yish, o`yinchoqlarni joyiga tartib bilan qo`yishga odatlantiriladi. 

          `Qalamni to`g`ri ushlash, qog`oz yuzasida chiziqlar, doirachalar chizishga o`rgatiladi. Qizil, sariq, 

ko`k, yashil, jigarrang, oq, qora ranglarini bir-biridan farqlash, nomini aytishga o`rgatiladi. Flomaster, 

mo`yqalamni qog`oz yuzasida yuritish, quyosh, lentalar, pufak uchun iplar, bo`g`irsoq, vagonchalar, 

bayroqchalar, aravachalar, archa, qog`ozdan qirqilgan ko`ylak, sarafan, ro`molnipolosa doirachalar, 

nuqtalar bilan bezashga o`rgatish. 



           Loy va plastilindan shirinliklar, piramidalar, teshik kulcha, non, bo`g`irsoq, olma, bodring, sabzi, 

kattalar yordamida “Qo`g`irchoqlar”, “Jo`jalar”, “Toychoq”, “Ayiqcha” kabi mavzularda loy va plastilin 

ishlarini bajarishga o`rgatish mustaqil ravishda loy va plastilindan uy-ro`zg`or buyumlari shaklini 

yasashni o`rgatish. 

          Plastilindan tejamli foydalanishga bir rangli plastilinni boshqa rangdagisiga qarishtirib 

yubormaslikka o`rgatish. Bolalarni kvadrat, doiracha, barglar, gullar, mashina, sandiqcha, bayroqcha, 

“Sabzavotlar”, “Guldasta”, “Archa”, “Qorbobo”, “Uycha” kabi mavzularda qirqib-yopishtirishga 

o`rgatish. “Uycha”, “Zinapoyacha”, “Uzun yo`l”, “Kuchukchaga uycha” kabi mavzularda qurish 

yasashga o`rgatish. 

          Bolalarning  musiqiy  tafakkurini  rivojlantirish  maqsadida  quyidagi  kuy  va  qo`shiqlar  tavsiya 

etiladi.  M.Ikromov  “Qo`g`irchog`im-o`yinchoq”,  “Ayiqcha”,  “Yo`q-yo`q-yo`q”,  D.Omonullaeva- 

“Qushcha”,  “Hamma  bola  yasangan”,  “Qo`g`irchoqcha  bilan  o`yin”,“Koptok”,“Shaqildoq  bilan 

o`yin”,“Yomg`ir  tomchilaydi”,  R.Rustamov-  “Bekinmachoq”Q.Qodirov-  “Quyonlar”,  I.Akbarov- 

“Quyonlar  raqsi”,  H.Muhamedov-“Buvijonim-buvijon”,  o`zbek  xalq  kuyi-  “Chamanda  gul”.  Bolalarda 

nafosat va orastalikni shakllantirish. O`simlik va jonivorlar hayotiga qiziqish, ularga ehtiyotkorlik bilan 

munosabatda  bo`lish  kabi  ekologik  tarbiyaning  boshlang`ich  ko`rinishlari  jonivorlarni  qiynash,  ozor 

berish, jarohatlash mumkin emasligi haqida tushuncha berish. Unchalik murakkab bo`lmagan mazmunli 

rasmlar  (qo`g`irchoqni  cho`miltirish,  mushuk  va  bolalari)ni  tushunish  tegishli  rasm,  o`yinchoqlarning 

harakatlarini ko`rsatib o`qiladigan hikoya, she`r ovutmachoqlarni tushunishga o`rgatish. 

              Ayiqchamni oyog`i tushdi uzilib qarab turar ayiqcham ko`zi suzilib ayiqchamni men juda yaxshi 

ko`raman  uzilgan  oyoqchasin  tikib  qo`yaman.  Badiiy  asar  mazmuniga  munosabatni  ifodalovchi  so`roq, 

darak ohanglarni tushunishga odatlantirish. 

             Bolalarni  to`g`ri  o`tirish,  qog`ozni  g`ijimlamasdan  unga  rasm  chizish  qalamni  to`g`ri  ushlash, 

chizish,  to`lqinli  rangli  chiziqlarni  chizishiga  o`rgatish  loy  va  plastilindan  to`g`ri  foydalangan  holda 

taxtacha ustida ustuncha, kaltakcha, sharcha, teshik kulcha kabi narsalarni yasashga o`rgatish. 

              Sensor tarbiya bo`yicha qizil, sariq, ko`k, yashil, oq, qora ranglarni, doira, kvadrat, to`g`ri to`rt 

burchak, uchburchak shaklidagi narsalarni guruhlashga (kattaligi, shakli, rangi) o`rgatish. 

              Musiqaviy  o`yinchoqlarni  farqlash  qo`ng`iroq,  childirma,  shiqildoq,  metallafon  jarangini 

farqlashgao`rgatish.  Bolalarni  musiqa sadosi ostida  yurishga, raqs  tushishga, oyoqlarni tapillatishga, bir 

oyoqni  qo`yib,  bir  oyoqni  olishga,  chapak  chalishga,  bayroqchani  yuqori  ko`tarishga,  uni  silkitishga, 

shaqildoqni shaqillatishga o`rgatish. 

              Uch yoshli bolalarning egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakalar; 

           -birlik va ko`plikdagi otlarni tushunish; 

-kichraytirish va erkalash qo`shimchasiga ega bo`lgan       so`zlarni tushinish; 

-bog`lanishli nutq mazmunini anglash; 

-narsalarni belgilariga qarab umumlashtirish; 

-kattalarning savoliga javob qaytarish; 

-harakat faolligi oshgan, quvongan damlarda oddiy, sodda so`zlarni ishlatish

-soddalashtirilgan  (masalan,  “bi-bib”)va  to`liq  aytilgan  (masalan”mashina”)  so`zlari  orqali  narsalar 

va harakatlar nomini aytib berish; 

-o`z harakatlarini ikki so`zdan iborat gaplar orqali ifoda etish; 

-muloqot  jarayonida  sifat  va  olmosh  so`z  turkumlariga  mansub  so`zlarni  ishlatib,  o`z  fikrini  sodda 

gaplar orqali bildirish; 

-narsalarning “katta” va “kichik”ligiga qarab farqini aytib berish; 

- 3-4 xil shaklga ega bo`lgan narsalarni farqlay olishi(masalan, kub, g`ishtcha); 

- 3-4 xil rangni aytib berish; 

-narsalar  bilan  ilgari  qilgan  harakatlarini  qayta  takrorlash  (masalan,  qo`g`irchoqni  ovqatlantirish, 

halqalarni yog`och ustunga terishni); 

-tez-tez bajariladigan harakatlarni o`yinda aks ettirish; 

-bir necha izchil harakatlarni qayta tiklab, takrorlash; 

-hech  narsani  ushlamasdan  gavda  holatini  o`zgartirish(cho`qqayib  o`tirishni,  engashish  aylanib 

burilishni); 



-to`siq tayoqcha ustidan xatlab o`tishni; 

-yerdan 15-20 sm balanddagi, eni 15-20 sm bo`lgan taxtalar ustidan yurib o`tish; 

-to`siqlardan bemalol yurib, xatlab o`tish; 

-quruq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan yeya olish; 

-suyuq ovqatni mustaqil ravishda qoshiq bilan ichish; 

-kiyimlar(tufli, paypoq, bosh kiyim)ni o`zi mustaqil kiya olishga intilish; 

-qurilish  materiallarining  asosiy  figuralarini  farqlash,  bir-birining  ustiga  joylash,  o`ynab  bo`lgandan 

keyin ularni tartib bilan qutichaga joylashni bilish. 

Dasturdagi  kichik  yosh  davri  3  yoshdan  4  yoshgacha  bo`lgan  davrida  quyidagi  vazifalar  amalgam 

oshiriladi. 3 yoshdan 4 yoshgacha davrida ancha o`zgarishlar yuz beradi. Xarakat doirasi kengayadi. 

Bolaning  butun  faoliyatida  nutqning  roli  ortadi.  Yil  davomida  jismonan  rivojlantirishni    nazarda 

tutgan holda quyidagi mavzular bo`yicha asosiy xarakatlarga o`rgatiladi. 

1. eni 25-30 sm yo`lakchadan 

5-6 m masofaga yugurish. 

2. 10-20 metr masofani tez yugurib o`tish. 

3. 4-6 parallel chiziqlar(oralig`i 25-30 sm) ustidan sakrab o`tish. 

4. Aylanadan aylanaga sakrash. 

5. Oldinga surilib ikki oyoqlab 2-3 metrga sakrash. 

6. Turgan joyda 40 sm uzunlikka sakrash. 

7. Balandligi 5 sm bo`lgan predmetlar ustidan sakrash. 

8. 15-20 sm balandlikdan pastga sakrab tushish. 

9. Bir-biriga to`plarni, sharchalarni dumalatish. 

10. To`pni 1,5metr masofadagi predmetga dumalatib tekkizish. 

11. To`pni 2-3marta yerga urib, uni tutib olish. 

12. To`p, qumli haltachaga1,5-2m masofaga gorizontaliga nishonga olish. 

13. Predmetlarni 1 ,2 m vertikaliga nishonga olish. 

14. 6m masofaga emaklash. 

15. Qo`llarni polga tekkizmasdan balandligi 40 sm bo`lgan predmetlar ostiga kirish. 

16. Gimnastika devori bo`ylab tirmashib chiqish. 

17. Bir oyoq uchini ikkinchi oyoq tovoniga to`g`irlab qo`ygan holda ensiz poyondoz bo`ylab(eni 15-

20sm, bo`yi 2-2,5m)yurib o`tish. 

18. Polga yotqizib qo`yilgan Narvon pog`onalardan qadamlab o`tish. 



Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling