Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana14.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#105883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari


“Quyosh  va yomg`ir” o`yini 

Tarbiyachi  hozir  sizlar  bilan  sayrga  chiqamiz. Ob – havo  yahshi, quyosh charaqlab  turibdi. 

Men  doira  chalaman. Sizlar  doira  sadosida  gullab  terib  sayr  qilasiz. Agar  yomg`ir yog`a  boshlasa  

men  doirani  cherta  boshlayman. Sizlar  esa  doiraning  taqillashini  eshitib  uylaringizga  yugirishingiz  

kerak. 

 

“Top  nima  qichqiryapti” o`yini  

Sigir , kuchik, mushik, qo`y  va hakozalarning  o`yinchoqlarini  bittadan  ko`rsatadi  va ovoziga  

taqlid   qiladi.  Boshqa  xonaning   eshigini  qiya   ochib   qo`yib    yoki   kichkina  uycha   ichidan  bolaga 

bironta  hayvon  ovoziga taqlid  qilish  taklif  etiladi.Boshqa  bolalar  qaysi  hayvon  ovozi   ekanligini  

topadilar. 

“Shoshildingiz –kuldirdingiz” ertagi 

Qurbaqa ayiqning  uyi  oldiga  sakrab kelibdi. Derazaning  tagida turib:”vaq-vaq-vaq  siznikiga  

mehmon    bo`lib  keldik”  debdi    so`ngra    sichqon  “Pi-pi-pi”  sizning    so`msalaringiz  juda  mazali  


deyishyapti    debdi  .  Shu    vaqt  tovuq  “Qo-qo-qo  ushoqlar  sochilgan  sen    borib  cho`qib    yechin  

deyishyapti”.Tovuqdan    so`ng  g`oz    kelibdi  “G`oq-g`oq-g`oq    no`hatingizdan    cho`qib    yesam  degan  

edim  “.Shunda  ayiq    boshini    derazadan    chaqirib  “R-r-r-r-r-r”  deydi.Buni    eshitib    hayvonlar  

qo`rqqanlaridan  qochib    qolishibdi.Ayiq    nima  demoqchi    ekanligini    oxirigacha  eshitishlari  kerak  edi. 

Ayiq  esa    bunday    demoqchi  ekan.”R-r-r”    mehmonlardan    juda    hursandman    marhamat    kiringlar. 

Ertakdagi qatnashuvchilarni  aytib berish  davomida Flonelografda  ko`rsatib  borish kerak. 



“Qayerda chalishdi?”  o`yini 

Bolalar  aylana  shaklida  o`tirishadi.  Tarbiyachi  o`yin  boshlovchi  tanlaydi.  Boshlovchi  o`rtada. 

Boshlovchi  tarbiyachining  signali  bilan  ko`zini  yumadi.  Bolalardan  bittasi  qo`ng`iroqni  chaladi. 

Boshlovchi ko`zini ochmasdan qo`ng`iroq ovozi kelayotgan tomonni qo`li bilan ko`rsatadi.  

To`g`ri  topsa tarbiyachi  “bo`ldi” deb aytadi bola ko`zini ochadi.  Qo`ng`iroqni chalgan bola esa 

qo`ng`iroqni yuqoriga ko`tarib, uni ko`rsatadi. Agar bola adashsa yana bir marta qaytaradi. Keyin boshqa 

bola boshlovchi bo`ladi.  

“Kimning qushchasi uzoqqa uchadi” o`yini 

Yupqa qog`ozdan lentachalar, qushchalar, kapalaklar tuzatib osiladi va puflatiladi.  



“Men nimani chalayapman, top” o`yini 

Tarbiyachi  bolani  musiqali  o`yinchoqlar  bilan  tanishtiradi.  So`ngra  bu  o`yinchoqlarni  parda 

orqasiga yashiradi. Parda orqasida bironta musiqaviy o`yinchoqni chaladi va bolalardan qaysi musiqaviy 

o`yinchoqni chalganini so`raydi. Kim uni to`g`ri  topsa shu bola parda orqasidan musiqaviy o`yinchoqni 

chaladi. Bir mashg`ulotda 4 xil musiqaviy o`yinchoq olinishi lozim.  

“Baland-past” o`yini 

Kichik va katta kuchuklarning akillashi mashq qildiriladi. 



“Kim u?” o`yini 

Tarbiyachi boshqa xonada kuchuk, mushuk, g`oz, tovuq, echki qo`ylarning niqoblarini tayyorlab 

qo`yadi.  Niqob  kiygan  bola  echikni  taqillatadi.  Bolalar  “Kim  u?”  deydi.  Kuchuk  niqobni  kiygan  bola 

“vov-vov-vov” deb javob beradi.  

 

TEST  SAVOLLARI 

 

 

1.  Bola nutqini tekshirishda quyidagi jihozlarining qaysi biridan foydalanib bo`lmaydi.  

a)  buyumli rasmlardan  

b)  al`bomdan  

c)  o`yinchoqlardan  

d)  mazmunli rasmlardan  

2.  Kichik guruhda bolalarni so`zlashuv nutqiga o`rgatishda foydalaniladigan asosiy usul. 

a)  tushuntirish 

b)  rasmlar ko`rsatish 

c)  namuna berish 

d)  aytib turish 

3.  Bolalar nutqi qachon tekshiriladi. 

a)  sentabr, may oylarida 

b)  oktabr, yanvar oylarida 

c)  dekabr, fevral oylarida 

d)  yanvar, may oylarida 

4.  Ijodiy hikoya tuzishga o`rgatishda foydalanadigan asosiy usul. 

a)  reja berish usuli 

b)  aytib turish uslubi 

c)  namuna berish usuli 

d)  rasm ko`rsatish 

5.  Ikki yoshli bolaning so`z boyligi qancha bo`lishi kerak. 

a)  10 ta 


b)  40-50 ta 

c)  250-300 ta  

d)  800-1000 ta  

6.  Agar bola “r” tovushini talaffuz qila olmasa tarbiyachi ishni nimadan boshlashi kerak. 

a)  arra, randa, archa kabi so`zlarini aytdirishi kerak 

b)  “r” tovushi ishtirok etgan rasmlarni ko`rsatib nomini so`rash kerak 

c)  “r” tovushini aytishga mashq qildirish kerak. 

d)  Mazmunli rasmga qarab gapirtirish kerak. 

 

 


9-Mavzu: O`yin faoliyati orqali bolalar tafakkurini rivojlantirish. 

 

 

Maqsad: Tinglovchilarda maktabgacha  yoshdagi bolalarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish usullari, 

ta`limiy o`yinlardan foydalanish samara berishligi to`g`risida tushuncha hosil qilish. 



Tayanch so`zlar: Rivojlantiruvchi maqsad, ta`limiy o`yinlar, fikrlashga undash, faollikni ta`minlash. 

Kutiladigan  natija:  Tarbiyachilarning  ta`lim-tarbiya  jarayonida  bolalar  tafakkurini  rivojlantirish 

bo`yicha to`g`ri yondasha bilishlariga erishish.  



Reja:  

1.  Bolalar tafakkurini rivojlantirishga qo`yiladigan talablar. 

2.  Fikrlash qobiliyatini rivojlantiruvchi usullar. 

3.  Mashg`ulotlarda barcha bolalar faolligini ta`minlash. 



Jihoz:  Didaktik  o`yinlar  namunalari  “Bo`sh  katakni  to`ldir”,  “o`z  o`rnini  top”,  “Rangiga  qarab  o`rnini 

top”,  “Mevalardan  qaysi  biri”,  “Nuqtalar”  plakatlar,  rangli  qog`ozlar,  markerlar,  kartonlar,  yelim, 

bo`yoqlar. 

Dars  usuli:  Tinglovchilar  sanash  orqali  5  ta  guruhga  ajratiladi:  “Ilk  yosh”,  “kichik”,  “o`rta”,  “katta”, 

“maktabga tayyorlov” guruhlarga. 

Har  qaysi  guruh  bolalarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  ta`limiy  o`yinlar  qanday  tashkil 

qilinadi, qanday murakkablashtiriladi.  Bir vaqtda barcha bolalar faolligini ta`minlash usullari to`g`risida 

loyiha  tuzadilar,  o`z  guruhini  himoya  qiladilar.  Ochib  berishda  ro`lli  o`yinlardan  ham  foydalanishi 

mumkin. Oxirida o`qituvchi to`ldiradi, rag`batlantiradi, xulosalaydi.  



 

Foydalanadigan adabiyotlar. 

 

1.  Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari.  

2.  “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi  

3.  “Maktabgacha ta`lim” jurnallari. 

 

Tarbiyachi bolalarda “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturi asosida loyiq bilim, ko`nikma va 



malaka  hosil  qilish  bilan  ta`limiy  maqsadni  amalga  oshiradi.  Tarbiyaviy  maqsadni  amalga  oshirishda 

bolalarni  rostgo`y,  mehnatsevar  bo`lishga,  jonivor  ozor  bermaslikka,  suvni,  havoni,  yerni  iflos 

qilmaslikka chaqiradi. 

Tarbiyachi  ko`zlaydigan  maqsadning  yana  bir  qirrasi  borki,  u  rivojlantiruvchi  maqsaddir. 

Bolalarning fikrlash qobiliyatini, nutqini, xotirasin, barqaror diqqatini rivojlantirish bilan rivojlantiruvchi 

maqsad amalga oshiriladi.  

Chuqur  mushohada  yurituvchi,  teran  fikrli  insonlardan  hamma  manfaatdor.  Shu  bois,  tarbiyachi 

pedagogik  jarayonni  tashkil  qilishga  bu  jihatdan  chetda  qoldirmasligi  maqsadga  muvofiq.  Ta`limiy, 

tarbiyaviy,  rivojlantiruvchi  maqsad  uyg`unlikda  amalga  oshiriladi.  Bularning  har  qaysi  biri  ikkinchisini 

to`ldiradi, mustahkamlaydi. 

Matematika,  rasm  mashg`ulotida  bolalar  sanab  ajratishga,  ovozni  harakatni,  paypaslab  sanashda 

va  o`rgatgandan  keyin  “Bo`sh  katakni  to`ldir”  o`yini  o`ynatiladi.  Har  qaysi  bolaga  har  xil  kartochka 

tarqatiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bolalarga shunday topshiriq beriladi. Kartochkangizni zimdan kuzating. Birinchi katakka nisbatan 

ikkinchi katakda, ikkinchi katakka nisbatan uchinchi katakda qanday o`zgarish bor. Shu o`zgarib 

borishda to`lrtinchi bo`sh katakni to`ldiring. O`ng, chap, yuqori, past tushunchasi o`rgatilgandan keyin 

kartochka quyidagi ko`rinishda tayyorlanadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Kartochkalardan  qayta-qayta  foydalanish  maqsadida  bolalarga  bo`sh  katak  qalam  bilan  bajarish 



taklif etiladi. Topshiriq boladan chuqur mushohada yuritilishni talab qiladi.  

Badiiy  adabiyot  mashg`uolotida  qaysidir  ertak  hikoya  qilib  berilgandan  keyin  ertak  mazmuni 

bo`yicha  bolalar  gapirib  berishadi.  So`ngra  ertak  mazmuni  asosida  ishlangan  qirqimlarga  ajratilgan 


ramzli  kartochkalar  bilan  “O`z  o`rnini  top”  o`yini  o`tkaziladi.  Qirqimlarga  ajratish  bola  yoshiga  mos 

ravishda  ya`ni kichik  guruh bolalariga qirqimlar  soni oz ikkita, uchta qismdan iborat  oddiy ko`rinishda 

bo`ladi.  Katta  yoshli  guruhlarda  murakkablashadi.  Bola  o`ylab,  fikrlab  qismlarni  joy-joyiga  qo`yadi. 

Joylashtirib bo`lgandan so`ng ertakning qayeri ekanligini gapirib beradi.  

Vaqtdan  unumli  foydalangan  holda  tarbiyachining  rasm  mashg`ulotida  bolalarni  bir  vaqtning 

o`ziga  aylana  chizishga  o`ziga  aylana  chizishga  o`rgatishini,  ekologik  tarbiya  berishni  va  fikrlashga 

undashini quyidagi misolda ko`rish mumkin. Har bir bolaning rasm qog`oziga bulut va yomg`ir, daraxt, 

avtomobil, quyosh, qush, gul, baliq, uy, zavod rasmlari chizib qo`yiladi 

Bolalarga  qaysi  narsalar  yerni,  havoni,  suvni  ifloslantirsa  ularni  aylana  ichiga  olish  yoki  yoniga 

char chizish topshirig`I beriladi. Bola har qaysi rasmni zimdan kuzatiladi, tabiatni ifloslantirishi bo`yicha 

o`ylab, fikr yuritadi.  

Bolalar tafakkurini ya`ni fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda bolalarga jumboqli topshiriqlar bilan 

murojaat  etish  ham  katta  samara  beradi.  Bola  oldida  sabzavotlar  rasmi  chizilgan  kartochkalar. 

Tarbiyachida  esa  sabzavotlarning  har  biriga  tegishli  xususiyatlari  ifoda  etilgan  kartochkalar.  Bodringga 

xos xususiyatlar quyidagicha ifoda etiladi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Tarbiyachi  jumboqli  topshiriqni  tushuntiradi.  Mening  kartochkamda  sabzavotlardan  bittasi 

yashiringan.  Uning  ranggi  yashil,  qizil  rangda  emas,  oval  shakliga  o`xshaydi,  polizda  o`sadi,  daraxtda 

o`smaydi,  tovonda  pishirilmaydi.  U  sabzavotlardan  qay  biri  bo`lishi  mumkin.  Bola  rang,  shakl 

xususiyatlari,  qayerda  o`sishligi  ,  pishirib  yoki  xomligicha  yeyishligi  to`g`risida  va  uning  bodring 

ekanligini bodring rasmi chizilgan kartochkani yuqoriga ko`tarish ko`rsatish bilan javob beradi.  

Mashg`ulot  paytida  bolalarni  kichik-kichik  guruhlarga  ajratishda,  har  qaysi  guruhga  topshiriq 

bajatirishda  ham  erkin  harakat  qilishga  mustaqil  fikr  yuritishga  o`rgatiladi.  Quyidagi  mashg`ulotda 

shunday holat o`z aksini topgan.  



KATTA  GURUH  

 

Mashg`ulot: Tabiat bilan tanishtirish.  

 

        Qiriqb yopishtirish. 



Mavzu: Kuzgi barglar bilan tanishtirish va kuzgi barg qirqib yopishtirish. 

Maqsad: Bolalarda kuzgi barglarning ko`rinishi, rangi to`g`risida tasavvur hosil qilish. Mevali va 

manzarali  daraxt  qirqib,  yelimlab  yopishtirishga  o`rgatish.  Tabiatni  sevish,  e`zozlash  tarbiyalash.  Aqliy 

xujum, kichik-kichik guruhlarga bo`linish orqali ularni erkin fikrlashga, mustaqil gapirishga o`rgatish. 

Jihoz:  Kuzgi  barglar,  daraxt  rasmlari  chizilgan  plakatlar,  bolalar  soniga  yetarli  oq,  qizil,  sariq 

gullar shakllari, rasm chizilgan kartochkalar, kuzgi meva va sabzavotlar, yelim, mo`yqalam, qaychi, suv, 

salfetka, yashil, sariq rangdagi qog`ozlar. 

Mashg`ulotning  borishi:  guruh  xonasiga  eshik  taqillatib  “Kuzoy”ning  kirib  kelishi  bilan 

mashg`ulot  boshlanadi.  Bolalar  “Kuzoy”  bilan  salomlashadi.  “Kuzoy”  likopchasidagi  barglarni  qilam 

ustiga  sochib  yuboradida  tarbiyachiga  yuzlanadi.  Bolalarning  bittadan  barg  olib  uning  rangini,  qaysi 

darsxt  bargi  ekanligini  aytib  berishligini  so`raydi.  Bolalar  gilam  ustiga  o`tirib  oladi.  Masalan:  Mening 

qo`limdagi  bargning  rangi  qizg`ish  sariq,  bu  o`rik  daraxtning  bargi,  o`rik  daraxt  mevali  daraxtdir. 

Navbatdagi  bola:  mening  qo`limda  sariq  barg  bor.  Bu  terak  daraxtining  bargi.  Terak  daraxti  manzarali 

daraxtdir.  Shu  tariqa  davom  etadi.  Gapirish  “Kuzoy”  bilan  tarbiyachidan  boshalnadi.    Agar  bola  qaysi 


daraxtning  bargi  ekanligini  topishda  qiynalsa  tarbiyachi  yordam  beradi.  Navbati  bilan  barcha  bolalar 

gapirganidan keyin likopchadagi qizil, sariq, oq gul shakllaridan xoxlagan bittasini olish taklif etiladi. 3 

ta stolda barglar xamda  1 stolda oq, 2-stolda qizil, 3-stolda sariq  gullar vazaga qo`yiladi.  Bolalar  qaysi 

rangdagi  gulni  tanlagan  bo`lsa,  shu  rangdagi  gulli  stolga  borib  o`tiradi.  Stol  ustidagi  bargdan  bittasiga 

o`xshatib qog`ozdan barg qirqadi va plakatga chizilgan daraxtga yelimlab yopishtiradi. 

Plakatda  terak,  tol,  olma,  bexi,  anor,  uzum  daraxtlari  mevasi  bilan  chizilgan  bo`lishi  kerak. 

Bolalar  mevasi  va  daraxtlarning  tuzilishiga  qarab  bargni  to`g`ri  yopishtira  bilishi  kerak.  Tarbiyachi  va 

“Kuzoy”  bolalar  ishni  kuzatadi,  rag`batlantiradi,  qiynalganlarga  yordam  beradi.  Bolalar  ishini 

oxirlaganlaridan  keyin eshik taqillab “Tabiatsevar” kirib keladi. 

Salomlashishadi  va  o`zini  tanishtiradi.  Men  “Tabiatsevarman”  o`simliklarni,  qushlarni, 

xayvonlarni,  tuprog`I,  suvni  juda-juda  yaxshi  ko`raman.  O`simliklarni  paykon  qilganni,  daraxt  shoxini 

sindirganni,  qushlarga  tosh  otganni,  jonivorlarga  ozor  berganni,  suvni  iflos  qilganni  o`lguday  yomon 

ko`raman.  Sizlarchi?  Sizlarning  qanday  ekanligingizni  xozir  sinab  ko`rmoqchiman.  Qo`lidagi  rasmli 

kartochkalarni  gilam  ustiga  tarqatib  tashlaydi.  Rasmlar  mazmuni  xar  xil:  gullarda  suv  qo`yayotgan, 

qafasdagi  qishga  ozuqa  berayotgan  daraxt  shoxini  sindirayotgan,  daraxtga  in  qurayotgan,  daraxtni 

oxaklayotgan,  chumchuqni  tutib,  bog`lab  o`ynayotgan,  qushlarga  tosh  otayotgan,  anxorga  chiqindi 

tashlayotgan  va  shunga  o`xshash  rasmlar.  Bolalar  shu  rasmlardan  qaysi  birini  yoqtirmasa  shuni  yoniga 

borib  turadi  va  navbati  bilan  nimasi  yomon  ekanligini  tushuntirib  beradi.  So`ngra  “Tabiatsevar”  olib 

kelgan kuz ne`matlaridan bolalarga tortiq qilinadi.  

Tarbiyachi  “mazasidan  top”  o`yinini  o`tkazadi.  Oxirida  “Kuzoy”,  “Tabiatsevar”  raxmat  aytib 

xayrlashadi. Bolaning yosh xususiyatini nazarda tutgan holda fikrlashga undash ularning bilishga bo`lgan 

hohishini  uyg`otadi.  Bironta  savol,  jumboqli  topshiriq  mazmunini  tez  fahmlaydigan  bo`ladi.  Natijada 

bola egallashi lozim bo`lgan bilim, ko`nikma va malakani oson o`zlashtiradi.  

 

TEST   SAVOLLARI  



 

1.  O`yinning qaysi turi tafakkurni rivojlantiradi?  

A)  qoidali harakatli o`yin 

B)  ta`limiy o`yin 

C)  voqyaband o`yin 

D)  dramalashtirilgan o`yin 

2.  “Sabzavotlardan qaysi biri” o`yinida bolalarning qaysi psixik jarayoni rivojlantiriladi? 

A)  tafakkuri 

B)  nutqi 

C)  sezgisi 

D)  diqqati  

3.  Fikrlash orqali harflarni yozishga o`rgatishda tubandagi o`yinlarning qaysi biridan foydalaniladi? 

A)  “Nuqtalar” 

B)  “Zulfini top” 

C)  “Paypaslab top” 

D)  “Rangiga qarab o`rnini top”  

4.  Tafakkur jarayoni necha yoshdan boshlab namoyon bo`la boshlaydi? 

A)  1 yoshdan  

B)  3 yoshdan  

C)  2 yoshdan 

D)  4 yoshdan  


10-M a v  z u: Milliy istiqlol mafkurasining 

g’oyalarini bolalar ongiga singdirish 

usullari. 

 

Maqsad:  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarga  milliy  istiqlol  g’oyasini  singdirish  dasturi,  yo’l-  yo’riqlari, 

hosil qilinadigan bilim, ko’nikmalar to’g’risida tinglovchilarda  tushuncha hosil qilish. 



 

Tayanch so’zlar:Vatanni anglash, non va suvni ezozlash, oila azolariga hurmat kattalarni, tångdoshlarni 

hurmatlash,Davlat ramzlari, qadimiy yodgorliklar,tabiiy boyliklardan g’ururlanish. 

   Kutiladigan natija: Tarbiyachilarning barcha mashg’ulotlarda,kundalik faoliyatida bolalar ongiga milliy 

istiqlol g’oyasini singdirish usullarini egallashlariga erishish. 



      R å j a:  

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarga milliy istiqlol g’oyasini singdirish dasturi. 

2.MTM da milliy g’oyani boalalarga singdirish shakl va usullari. 

3.Turli yosh guruhlarda milliy istiqlol g’oyasini singdirish  bo’yicha tavsiya. 



Foydalangan adabiyotlar: 

 

1.”Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch-dasturi. 



 

2.”Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha tamoyillar”. 

 

3 ”Milliy istiqlol g’oyasi saboqlari”. Toshkånt -2004 y. 



 

 

Jihoz: 



Dasr  usuli:  Tinglovchilar  “zanjir”  usulida  kichik,o’rta,katta    so’zlarini  navbati  bilan  aytadilar  va  3 

guruhga  ajratiladi.”Kichik”  guruhlar  3-4  yoshli,  “o’rta”  guruhlar  4-5  yoshli,”katta”  guruhlar  6-7  yoshli 

bolalarga milliy istiqlol g’oyasini singdirish masalalari bo’yicha loyiha tuzadilar. 

 

Har  qaysi  guruh  o’zmasalasini  yoritadi.O’qituvchi  oõirida  guruhlar  chiqishini  tahlil 



qiladi,to’ldiradi, õulosalaydi. 

 “Milliy  g’oya”,  ”mafkura”,  ”Maonaviyat”,  ”Maorifat”  tushuchalari  muhim  tushunchalardir. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarning  bu  tushunchalarni  anglab  åtishlari  qiyin.SHuning  uchun  “Milliy 

istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  risolasini  bolalar  ongiga  singdirishning  o’ziga  õos 

tizimini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. 

 

Milliy istiqlol mafkurasining mazmun-mohiyati,bosh va asosiy g’oyalarini tushunib åtgan har bir 



tarbiyachi  odamlar  tafakkuri,maonaviyati,mafkurasining  o’zgarishi  davlatimizuchun  siyosiy,iqtisodiy 

ahamiyatga ega ekanligini chuquk his qiladi. Taolim-tarbiya jarayonida tarbiyachi bolalar davlat talablari 

asosida  bilim,ko’nikma,malaka  hosil  qilishiga,maonaviy  åtukliliga  eotibor  båradi.Maolumki,inson  umr 

bo’yi oladigan tarbiyasining eng ko’ï qismini maktabgacha yoshi davrida egallaydi. SHu bois, tarbiyachi 

guruhidagi  tarbiyalanuvchilarning  har  biriga  mos  bo’lgan  ijobiy  fazilatlarni,  salbiy  illatlarni  aniqlashi, 

qayd  qilishi,  yo’qotish  choralarini  aniqlashi  izlashi  lozim.Agar  ayrim  bolalarda  salbiy  õulq-atvor 

ko’rinishlari  mavjud  bo’lsa,o’yinlar,mashg’ulotlar  jarayonida  alohida  yondashuv,  turli  hil  taosir  etish 

yo’llari  bilan  bola  har  õil  illatlardan  õoli  qilinadi.  Tarbiyachining  taosir  etish  yo’llaridan  biri  o’zining  

namuna  bo’lishidir.  Masalan,dåraza  oldidagi  g’ing’illayotgan  arini  o’ldirayotgan  tarbiyachini  ko’rgan 

bolada shafqatsizlik fazilati ïaydo bo’lishi tabiiy holat.¨ki qo’li uzilgan qo’g’irchoqni måõribonlik bilan 

qo’lini tikib qo’yayotgan tarbiyachini ko’rganda bolada rahmdillik sifati hosil bo’ladi.Tarbiyachining har 

bir  hatti-harakati,o’tkazayotgan  o’yini,mashg’uloti,tadbirining  natijasi,samarali  bo’lishi  yaoni  bolalar 

ongiga,tafakkurida qaysi tomonga o’zgarish borayotganligi sarõisob qilinmog’i kårak. 

 Agar  kichikligida  ota-onaga,  oïa-singilga,  o’rtoqlariga  måhr-muõabbat,  jonivorlarni  asrab-avaylashga, 

o’simliklarni  ïarvarishlashga  ulug’  allomalarni  qadrlashga,  ”ßõshi”,”¨mon”,”mumkin”,”mumkin  emas”, 

”gunoh”,”savob” 

tushunchalarini 

farqlashga,yaõshidan 

zavqlanishga,yomondan 

nafratlanishga 

o’rgatilsa,kålajakda yovuzniyatli kishilarni båmalol ajrata oladigan bo’lishi,vayronkor g’oyali to’dalarga 


qo’shilib  kåtmasligi  tabiiy.Bola  u  yoki  bu  darajadagi  salbiy  hislatlar  ayrim  oila  aozolarining  yoki 

o’rtoqlarining  taociri  natijasida  ïaydo  bo’lganda  uni  yo’qotish  uchun  taosir  choralarini  qo’llay  bilish 

kårak.Bolalardagi mavjud bo’lgan ijobiy va salbiy fazilatlar quyidagicha qayd qilinadi.  

 

 



 

ismi,sharifi 



yoshi 

ijobiy fazilat 

salbiy fazilat 

izoh 


1. 

Abdullaåva Õ 

4 yosh 

2 oy 


Rostgo’y,o’rtoqlariga 

måhribon,kattalarning 

gaïiga quloq soladi. 

O’yinchoqlarni  sindirib  buzib 

tashlaydi,joy-joyiga 

qo’ymaydi  jonivorlarga  ozor 

båradi 

 

2. 



Boltaåva N. 

4 yosh 


Saranjom-sarishtalikni 

yaõshi 


ko’radi.kattalarning 

gaïiga quloq soladi. 

Ertakdagi  ijobiy  va  salbiy 

obrazlarni 

ajratishda 

qiynaladi. 

Mustaqil 

fikr 


þritishda 

qiynaladi. 

Jonivorlardan qo’rqadi. 

 

 



Maktabgacha taolim yoshidagi bolalarga milliy istiqlol g’oyasini singdirish dasturi. 

   Kichik yosh davri   ( 3-4 yosh). 

Bilim va ko’nikmalar. 

a) jamoat joylarida o’zini tutish: 

- “non”,”suv” qadrini bilish va eozozlashga odatlantirish: 

- õona o’simliklarini boshqa o’simliklardan fvrqlash: 

- o’lkamizda yashaydigan uy va yovvoyi hayvonlar qushlar,ïarrandalar va hashorotlar nomlarini bilash va 

ular haqida tasavvurga ega bo’lish. 

b) milliy odob,yaoni salomlashish odobi: qo’lini ko’ksiga qo’yib “assalomu alaykum” dåb salomlashish. 

v)ota-onaga  hurmat:  ota-onaning  ulug’ligi,g’amho’rligi  õaqida  tushintira  borish,ularga  nisbatan 

hurmatlash hislarini tarbiyalash; 

g)  oila  azolariga  måhribonlik,  oiladagi  tartibga  rioya  qilish,  undagi  urf-odat,qadriyatga  eotiqodni 

tarbiyalash.Oilaning mahalladagi obro’-eotiborini saqlashga o’rgatish; 

-Vatanni anglata borish. 

d) kattalar va tångdoshlar orasida o’zini tutish, ular bilan õushmuomalada bo’lish, ko’rsatilgan  yordam 

uchun minnatdorchilik  bildirish,o’ziltimosini  tushunarli bayon qilishni, “rahmat”,”marhamat” so’zlarini 

o’rinli qo’llashni o’rgatish,kattalarga hurmat,kichiklarga izzat hissini tarbiyalash 

å)bog’chadagi  yoki  shaõsiy  buþmlardan  to’g’ri  foydalanish  avaylab  asrash,  “bu  måniki”,”måning 

narsam”,- dågan fikrni tarkib toïtirish; 

j)  ahloqiy  måoyor  va  insoniy  munosabatlarni  tarkib  toïtirish;  såzgirlik,hozirjavoblik,rostgo’ylikni 

tarbiyalash. 

 

                O’rta yosh davri   ( 4-5 yosh) 



 

Bilim va ko’nikmalar. 

a) eslatishsiz,o’ng qo’lini ko’ksiga qo’yib,o’zidan kattalarga “Assalomu alaykum!” dåb salomlashish. 

b)  ota-onaga  hurmat:  onaning  måhribonligi,  båqiyos  g’amho’rligini  uning  eozozlanish  sababini 

tushintirish,  ona  måhri,ota  muhabbatini  oqlash,ularga  ham  måhribon,odobli  bo’lib  hurmatda  bo’lishni 

o’rgatish. 

v)  oilasi,  mahallasi  shaonini  ulug’lashga  o’rgatish,undagi  anoana  va  qadriyatlarga  sadoqatli 

bo’lish,o’zining ibratli õulqi,odobi va måhnati bilan hissa qo’shish mumkinligi õaqida tushuncha bårish: 

-Vatan õaqida tushunchaga ega bo’lishni,uni ona kabiligini idrok etishni: 

o’zligini  anglashga,õalqning  obro’-eotiborini  oshirishga,uning  sanoati,madaniyati  va  tariõini  bilishga 

o’rgatish: 

-ulug’ allomalar,sarkardalar õaqida maolumot bårish: 



g)  kattalar  va  tångdoshlar  orasida  o’zini  tutish:  kattalar  va  tångdoshlari,katta-kichik  bolalar  bilan 

hayriõohlik  munosabatida  bo’lish,o’ziltimosini  õushmuomalalik  bilan  ifodalash,ko’rsatilgan  yordam 

uchun  minnatdorchilik  bildirish  hamda  uni  “Rahmat”,”marhamat”,”kåchirasiz”  so’zlari  orqali 

ifodalashga o’rgatish. 

d)  jamoat  joylarida    o’zini  tutish:  kattalarning  gaïiga  aralashmaslik,ularning  suhbatini  bo’lmaslik,rozi 

emasligini odob bilan ifodalash ehtiyojini tarbiyalash,o’zidan kattalarga joy bårishni o’rgatish. 

å) ahloqiy måoyor va insoniy munosabatlarni tarbiyalash: yaõshilik, måhribonlik, hushyorlik, adolatlilik 

õaqidagi tasavvurlarni,yahshilik va yomonlik,jasurlik va qo’rqmaslik kabi tushunchalarni shakllantirish: 

-insonlarga nisbatan måhribonlik,ojizlarga yordam bårish, ularni himoya qilish hislarini tarbiyalash. 

 

  



 

 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling