Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm
KATTA GURUH BOLALARINI MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi maktabga tayyorlov davrining tahlili.
- Tayanch so`zlar
- Kutiladigan natija
- Jihoz
- Foydalanadigan adabiyotlar 1.
- “ALPOMISH” VA “BARCHINOY” testlarini bajarish.
KATTA GURUH BOLALARINI MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH.
Bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash. Tez va toza yuvish, tishni har kuni ertalab va kechqurin o`z cho`tkasi bilan yuvishga, ovqatlangandan keyin og`zini chayqashga o`rgatish. Sovun va suvni iflos qilmasdan tejab foydalanishga o`rgatish.
Dasturxon atrofida odob saqlash. Kattalarni to`rga o`tirishga taklif etish, kichiklarni ularga nisbatan iltifotli bo`lishga o`rgatish. Ovqatga kattalardan oldin qo`l cho`zmaslik, sabrli bo`lish kabi odatlarni shakllantirish.
Bolalarning badiiy didini o`stirish. Bu davrda bolalarda nisbatan kattaroq xajmdagi ertak, topishmoq, tez aytish, sanamalar, hikoya va qo`shiqlarni mustaqil ayta olish ko`nikmasini rivojlantirish. Ularda ertaklar, she`rlar, topishmoqlar topishga bo`lgan havasni shakllantirish. Badiiy asarlarni sahnalashtirish va ijro etish.
Badiiy asar vositasida bolalar qalbida xalqqa, ona-vatanga nisbatan muxabbat tuyg`usini tarkib toptirish. Badiiy asar orqali bolalarda qushlarga, hayvonot olamiga, tabiatga g`amxo`rlik, mehr-shafqat tuyg`usini o`stirish. Ularning badiiy so`z qudratini his etish, badiiy asarda aks ettirilgan qahramonga baho berish va ular haqida hulosa chiqarish ko`nikmalarini rivojlantirish.
Bolalarni badiiy adabiyotga qiziqtirish nutqini o’stirish va ularning badiiy didini o’stirish maqsadida quyidagi asarlarni o’qib berish tavsiya etiladi: o’zbek xalq ertaklari: “Qarg’avoy”, “Qurbaqa qiz”, “Ur to’qmoq”, “Hurmacha palvon”, F. Musajonov - “To’lab ber”, “Varrak”, Z. Alam - “Yankshanba kungi shokolod”, Z. Ibrahimov - “Azamat va Kuncha”, “Gulbahorning do’stlari”, Y. Sadullayeva – “Hozir buvijon”, M. Murodova – “Ikki xil yordam”, A. Navoiy – “Bir kabutar”, “Ibn Sino va kitoblar”, “Bobur va kabutar” (rivoyat), A.Avloniy – “Aqlli bog’bon”, E. Rahimov – “Chana”, T.Qosimov – “Yaxmalak”, Aka-uka Grimlar – “O’rmondagi AvliyoYozif”(rus xalq ertagi), E.Vohidov – “O’lka”, K.Xikmat – “Men tug’ilgan o’lka”, P.Mo’min – “Bekorjon”, A.Ko’chimov – “Topib kelaman”, A.Obidjon – “Paxta”, P.Nazar – “Daraxt”, P.Tolib – “Kech kuz”, “Laylak qor”, X.Soloh – “Qor qo’shig’i”, “Qaldirg’och uchib keldi” Sa`diy – “Guliston”, “Bo`ston”, A.Oripov – “Qushcha”, Z.Diyor – “Gunafsha”, “Kapalak”, A.Akbar – “Qayerdasiz bolalar”, “Bola va qush”, T.Yunusov, K.O`tayev – “Yer” “Maymun nega daravtda yashaydi?” (Afrika xalq ertagi), “Surnaychi Santa” (Yapon xalq ertagi), “Toshbaqa hammadan kuchli bo`lib chiqqani haqida”, (Amerika xalq ertagi), bozorda kaltak yegan sirtlon” (Afrika xalq ertagi), “Hayvonlar qushlar va baliqlar qayerdan kelib chiqishgan?” (Avstraliya xalq ertagi). Bolalarga huquqqa doir dastlabki tushunchalar haqida ma`lumot berishda davom etish. Bolalarga jamiyat tomonidan belgilangan tartib-qoidalar, odobli, axloqli bo`lsin va ularga rioya etish to`g`risida tushunchalar berish. “Yaxshi va yomon” tushunchalarni farqlashga o`rgatish.
Bolalarda tasviriy san`at namusini mazmunini anglashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Bolalarni dekarativ naqshlar bilan tanishtirish.
Bolalarda narsa-xodisalarni kuzatish, idrok etish, go`zallikni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirish. Badiiy tasvirga bo`lgan qiziqishni o`stirish. Bolalarni voqeaband rasmlarni chizishga o`rgatish.
Bolalarga quyidagi rasmlarni chizish tavsiya etiladi. Aylana ichida naqsh ishlash. O`simliksimon naqsh ishlash. Kvadrat ichida aylana chizish. Oddiy shakldagi buyumlarni naqsh bilan bezatish.
Bolalarning musiqiy faoliyatini rivojlantirish. Qo`shiq kuylashda ohangni to`g`ri idrok etish qobiliyatini shakllantirish. Qo`shiq va kuyni tinglashga undan zavqlanishga odatlantirish. Raqsga tushishni musiqaga monand harakatlarni o`rgatish. Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va hissiyotini tarbiyalash maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlarni tinglashga odatlantirish, ba`zilarni aytishga o`rgatish tavsiya etiladi. O`zbek xalq kuylari – “Ufor”, “To`rg`ay”, o`zbek xalq qo`shiqlari – “Oq sholi”, “Ko`k sholi”, “Dasta-dasta”, “Quyon”, “Oq terakmi, ko`k terak”, M.Dadaboyev – “Onajonim”, I,Akramov – “Salimvoyning tovug`i”, X.Maxmudova – “Kakku”, D.Omonullayeva – “Bug`doy”, “Nima hohlaysan qo`g`irchoq”, “Laylak”, M.Ikramova – “Aya, ayajon”, “O`ynayman”, K.Qodirov – “Guldor kapalak”, A.Mansurov – “Oftobjon, o`rtoqjon”, M.Nasimov – “Bulbulcham”, M.Najmiddinov – “Bolalar va g`ozlar”
TESTLAR 1. O`rta guruh bolalari necha metr masofaga tez yugira olishi kerak? A. 20-30 metr B. 30-35 metr C. 40-60 metr D. 20-25 metr 2. Tubandagilardan qaysi topshiriq o`rta guruh bolalariga bajartiriladi? A. 5-10 sm balandlikdagi buyumlardan sakrab o`tish. B. 10-20 metr masofani tez yugurib o`tish C. To`pni 6 metr masofaga irg`itish D. 5-6 metr masofaga yugurish
3. Tubandagilardan qaysi biri o`rta guruhga taaluqli? A. Uchburchak bilan tanitish tanishtirish B. 5 dan 1 gacha teskari sanash C. O`ng va chap tomonni farqlash D. To`g`ri to`rtburchak va uchburchakning tomonlari va burchaklari o`rtasidagi farqni ajratish. 4. O`rta guruh bolalari qaysi qushlar bilan tanishtiriladi? A. To`ti, bedana, konereyka B. Qaldirg`och, laylak, turna C. Chunchuq, musicha, kaptar, to`ti, bulbul, bo`yog`li, qaldirg`och, qarg`a D. Chumchuq, kaptar, musicha 5. Meva va sabzavotlarning qayerda o`sishi (daraxtda, polizda)haqidagi tasavvurlarini shakllantirish qaysi guruhda amalga oshiriladi? A. O`rta guruh B. Ilk yosh guruh C. Kichik guruh D. Katta guruh 6. Qaysi biri o`rta guruhga taaluqli? A. N.Narzullayev “O`lkam” B. Sh.Sa`dulla “Lola va mushuk” C. E.Vohidov “O`lka” D. T.Adashboyev “Nasibaning olmasi” 7. O`rta guruh bolalari qaysi ranglarni bir biridan ajrata olishi kerak? A. qizil, sariq, yashil, ko`k B. qizil, sariq, yashil, ko`k, binafsha rang C. qizil, sariq, zarg`aldoq, jigarrang, pushti D. qizil, sariq, yashil, ko`k, jigarrang, oq, qora 8. O`rta guruh bolalari loydan nimalarni yasashga o`rgatiladi? A. non, shirinliklar, teshik kulcha B. o`rdakcha, quyoncha, xumcha, olmaxon C. olma, sabzi, bodring, tuxum, baliq, toshbaqa, xo`roz D. shar, piramida, qo`ziqorin 9. Tubandagi vazifalardan qaysi biri katta guruhga taaluqli? A. 1,2 metr masofaga to`pni otish B. Bir oyoqda 3-4 masofaga sakrash C. 40-60 metr masofaga yugurib o`tish D. 20-25 metr masofani tez yugurib o`tish 10. Qaysi vazifa katta guruhga to`g`ri kelmaydi? A. cho`kkalab, qo`llarni tizzaga tiragan holda skameyka bo`ylab yurish. B. Tevarak – atrofdagi yodgorliklar, tarixiy obidalar bilan tanishtirish. C. 100 metr masofani tez yugurib o`tish D. Hafta kunlarining ketma-ketligini aytishga o`rgatish 11. 5 dan 1 gacha sanash vazifasi qaysi guruhga taaluqli? A. o`rta guruh B. maktabga tayyorlov guruh C. kichik guruh D. katta guruh 12. Katta guruh bolalari qaysi o`simliklari bilan tanishtiriladi? A. na`matak, malina, maymunjon B. uzum, kungaboqar, maymunjon C. na`matak, qayrag`och D. malina, tol, uzum 13. Tubandagilardan qaysi biri noto`g`ri fikr? A. katta guruhda osmon, quyosh, oy, yulduz, havo, suv, bulut, yog`ingarchilik, tuman, shamol, chaqmoq haqida tushuncha beriladi. B. Katta guruhda kema, paroxod, samolot, vertalot bilan tanishtiriladi. C. Katta guruhda qarg`aning kuzda uchib kelishi va bahorda ketishi haqida ma`lumot beriladi. D. Radio, televizor, videomagnitafon, kompyuter haqida ma`lumot berish katta guruhda amalga oshiriladi. 14. Tubandagi ertaklardan qaysi biri katta guruhda o`tilmaydi? A. “Qarg`avoy”, “Ur to`qmoq B. “Gilam” C. “Vafodor it” D. “Qurbaqa qiz”, “Xurmacha polvon” 15. E.Vohidovning “O`lka” she`ri orqali tarbiyachi tomonidan qanday tarbiyaviy maqsad amalga oshiriladi? A. ona vatanga nisbatan muxabbat tuyg`usini tarkib toptirish B. hayvonlarga nisbatan mehr-shafqatni tarbiyalash C. mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash D. rostgo`ylik ruhida tarbiyalash.
4-Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi maktabga tayyorlov davrining tahlili.
jarayonni tashkil qilish tartibi, qanday bilim, ko`nikma hosil qilish lozimligi to`g`risida tushuncha hosil qilish.
siymolar, O`zbekiston ramzlari, o`simliklarning tarkibiy tuzilishi, bosma harflarni tanishi, 20 gacha to`g`ri, 10 dan 1 gacha teskari sanashi, tabiiy materiallardan o`yinchoq yasashi, loydan sabzavot, hayvon, qush, parranda yasashi.
bera olishi va to`g`ri yondasha bilishlariga erishish.
1. Jismoniy rivojlantirish bo`yicha amalga oshiriladigan ishlar. 2. Nutqi va tafakkurini rivojlantirish 3. Ma`naviy kamolatni ta`minlash.
shakllar.
guruhchaga ajratiladi. “Uchburchak”lar maktabga tayyorlov guruh bolalarini jismoniy rivojlantirish bo`yicha: badan tarbiya, jismoniy tarbiya mashg`ulotlarida bolalarni nimaga o`rgatadi, qanday ko`nikma, malaka hosil qilishini himoya qiladi. “Doira”lar nutqi va tafakkurini rivojlantirish bo`yicha qanday bilim, ko`nikma va malaka hosil qilishni himoya qiladi. “Kvadrat” lar esa ma`naviy kamolatini ta`minlash bo`yicha himoya qiladi. Har qaysi guruh himoya qilishda tasviriy illustratsiya, reklama, narsalar tuzatish ko`rinishlaridan foydalanadi. Guruh chiqishlaridan keyino`qituvchi tahlil qiladi, qo`shimcha qo`shadi, to`ldiradi, xulosalaydi. Foydalanadigan adabiyotlar 1. “Uchunchi ming yillikning bolasi” dasturi. 2. “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim” – tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari” 3. “Bolalarni maktab ta`limiga tayyorlash haqida” Oxunjanova S.A. 4. “Ta`lim to`g`risida” Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”.
1. Bolalarni jismonan rivojlantirish. Jismoniy mashqlarni mustaqil bajarishga o`rgatish jismoniy mashqlar jarayonida jarohatlanishning oldini olish maqsadida ularda ehtiyotkorlikni, o`z harakatini nazorat qila olish ko`nikmalarini tarkib toptirish. Bolalarni jismoniy tarbiya musoboqalari hamda harakatli o`yinlarga jalb qilish. Bolalarda chaqqonlik, jasurlik, topqirlik xislatlarini tarkib toptirish. Mustaqil tarzda jismoniy harakatlarni bajarishga odatlantirish. Buyruqqa (start, stop) asoslanib yugirishga o`rgatish. Uzluksiz 2-3 minut davomida yugurishga, 40- 50 metr masofani 2-3 marta yugurib o`tishga o`rgatish. Xoda ustida o`tirib oldinga siljishga o`rgatish. Narvon yordamida tepaga chiqishga va pastga tushishga o`rgatish. Arqon yonida turib, uni mumkin qadar balandroqdan ushlash uchun intilishga
o`rgatish. Arqonga osilib turishga o`rgatish, arg`imchoq uchishga o`rgatish. Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan sport toshlarini yumalatishga o`rgatish. Cheklangan satr va chiziq bo`ylab yonma – yon qadam tashlab o`tishga, qiya qo`yilgan taxta ustidan yurib o`tishga o`rgatish. Bir oyoqda, qaldirg`och bo`lib turishga o`rgatish. Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib olib ko`tarish va pastga tushirishga o`rgatish. Og`il bolalar bilan “Oq suyak”, “Quloq cho`zma”, “Eshak mindi” kabi o`yinlarni o`rgatish, qiz bolalarni esa “Sopalak”, “Xappak”, “Besh tosh”, “Cho`p qo`g`irchoq” singari milliy o`yinlar o`ynashga jalb etish. Musiqa ohangiga mos harakat qilishga o`rgatish. Quvnoq va hazil musiqalarning ohangiga mos holda harakat qilishga, harakatlarni musiqa ostida boshlash va yakunlash, navbatma – navbat goh oyoq bilan, goh tovoni bilan qo`yish, oyoqlar bilan tappilatish, qadamma –qadam yurish, cho`kkalagan holda o`tirib musiqa ohangini qarsaklarda ifodalashga o`rgatish. Musiqa ohangiga mos ravishda qo`llarni harakattirishga o`rgatish. Bolalarni jismoniy rivojlanishini ta`minlash maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlar tavsiya etiladi. O`zbek xalq kuylari – “Do`lancha”, “Andijon polkasi”, “Yallama yorim”, “Qori navo”, “Chertma”, “O`z o`zingni tanib ol”, M.Ikramova – “Ha, o`yna, o`yna”, I.Akbarov – “Ayiqlar raqsi”, Q.Qodirov “Marsh”, N.Norxo`jayev – “Kim chaqqon”. Bolalarning jismoniy kamolatini ta`minlash maqsadida quyidagi harakatli o`yinlar tavsiya etiladi. “Zag`izg`on”, “Kim uzoqqa sakraydi?, “Kalit”, “Do`ppi yashirma”, “Chavandozlar”, “Chambarakni tushirish”, “Qushim boshi”, “Hamma o`z bayrog`iga”, “Ovchi va Quyoncha”, “Chuqurchaga tushirish”, “Yakkama – yakka tortishmachoq”, “Xo`rozlar jangi”, “Arg`imchoq”, “Sopalak”, “Kim tez tortadi”, “Koptokni urish”, “Do`ngdan-do`ngga”.
Bilish. Yuvinish, artinish, cho`milishni gigienik ahamiyati, jismoniy mashq, o`yin, sayr uchun kiyimlarni tanlash. Bajara olish, jamoada o`zini tuta bilish, musiqa jo`rligiga raqs tushish, nostandart buyum va jihozlardan foydalana olish.
T/r Sinov turlari O`lchov birligi O`g`il bolalar Qiz bolalar 1 Mo`kisimon yugirish 3x10m sek 10,8
11,2 2 Sakragichda sakrash Marta 18
20 3 Ko`p sakrashlar Marta 14
10 4 Kichik koptokni nishonga uloqtirish 5 marta
4 3 5 Joyda uzinlikka sakrash Sm
105 95
6 Gimnastika narvoniga tirmashib chiqish M 2,0
1,5 7 Osilish va sakrashlar Bilish
Bilish 8 Suzish (suvdagi o`yinlar) Min 15
12 9 Yaylovlarda sayr qilish Km 15
12 10
Buyumli xarakatli o`yinlar Bilish
Bilish
O`zbekiston haqida tasavvur hosil qilish. Bolalarning shuuriga Vatan tuyg`usini singdirish, ularda xalq, millat, yurt haqida tasavvur uyg`otish. O`zbekistonning mustaqillik bayrami ekanligi haqida, mustaqil davlatimiz gerbi, bayrog`i va madhiyasi haqida umumiy tasavvur hosil qilish. Madhiyani ijro etishga o`rgatish. Toshkent – O`zbekistonning poytaxti ekanligi haqida tushuncha hosil qilish. Bolalarga bayramlarning tarixi, ularning nishonlanishi haqida ma`lumot berish. Bu bayramlar haqida she`r va qo`shiqlarni yodlash. Bolalarda harbiy vatanparvarlik, botirlik va mardlik tuyg`usini uyg`otish. Amir Temur, Bobur, Jaloladdin Manguberdi, Sobir Raximov kabi sarkardalar va ularning hayoti haqida ma`lumot berish. Sarkardalar haqidagi asarlarni o`qib berish, ularning hayoti va faoliyatini aks ettirishgan rasmlarni ko`rsatish, she`rlar yodlash. Bolalarning so`z boyligini oshirish (3 mingtaga etkazish). Bolalar lug`atidagi so`zlarni faollashtirish, qisqa – qisqa qiziqarli savollar berib, ko`proq gapirishga undash. Jumladan: “Qaysi sarkardalarni bilasiz?”, “Ular qanday jang qilishgan?” kabi savollar bilan murojaat qilish. Bolalarda nutqning gramatik jihatdan to`g`ri rivojlantirishni ta`minlash. Bolalarning nutq tovushlarini o`zaro bir-biridan farqlagan holda to`g`ri talaffuz etishlarini ta`minlash. Bolalarda so`zlardagi har bir nutq tovushini alohida va boshqa tovushlar bilan birgalikda talaffuz qila olish malakasini rivojlantirish. So`zda tovushlar ketma-ketligini farqlash, tovushlardan bo`g`inlar, so`zlar tuzishga o`rgatish. Bosma ko`rinishdagi harflar bilan tanishtirish, kesma harflar yordamida nutq tovushi bilan harfning farqi va umumiy tomonlarini o`rganish. Bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini o`stirish. Bolalarni 20 gacha to`g`ri sanashga, 10 dan 1 gacha teskari sanashga o`rgatish. 10 gacha tartib bo`yicha sanog`ini mustahkamlash. “Nechta”, “Nechanchi” kabi savollari to`g`ri javob berishga o`rgatish. Son bilan masofa, buyumlarning shakl va o`lchami orasidagi aloqadorlikni aniqlash. 10 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa (buyumlar misolida ajratish) . masalan: “Senda 10 ta olma bor, ikkitasini ukangga berding. O`zingda nechta qoldi?” degan savol bilan murojaat qilish. 10 ichiga barmoq, sanoq cho`pi va buyumlar yordamida qo`yish va ayirishni o`rgatish. Butun va bo`lak tushunchasini anglatish. Bunda butunning bo`lakdan kattaligini, bo`lak butunning qismi ekanligini tushuntirish. Geometrik shakllarning (uchburchak, to`rtburchak) tomoni, uchi va burchagi haqida ma`lumot berish. Masalan: uchburchakning uchta tomoni, uchta uchi, uchta burchaki borligini tushuntirish. Tayoqchalarning o`rnini almashtirish asosida berilgan shakllar (uchburchak, to`g`ri to`rtburchak, kvadrat) ni o`zlashtirishga oid topshiriqlarni bajarishga o`rgatish. Atrofdagi buyumlar orasida o`ziga tanish bo`lgan geometrik shakllarni topish va ularni izohlash. Bolalarning mantiqiy o`stirish maqsadida quyidagi didaktik o`yinlar va mashqlar tavsiya etiladi: “Savollar izlang”, “Nima o`zgardi?”, “Nechta bir xil doira?”, “Matematik estafeta”, “U yerda qancha qoldi”, “Maydalang”, “Domino”, “Uddaburon sanoqchiga – bayroqcha”, “Doirani aylantiring”, “Topingchi, kimning bo`yi uzun?”, “Geometrik domino”, “Shakllarni to`rtta cho`ntakka joylang”, “Ziyrak bo`ling”, “Berilgan shaklni kim tezroq tuza oladi?”, “Qanday shakl hosil bo`ladi?”, “Shaklni toping”, “Qaysi shakl yetishmaydi?”, “Men nimani aytsam shuni bajaring”, “Qayerga borib, nimani topamiz?” , “Shakllarni to`g`ri joylashtiring”. Bolalarga tevarak – olam va tabiat hodisalari haqida ma`lumot berish. Yorug`lik, elektr va issiqlik hodisalari (quyosh yoritadi va isitadi, elektr chiroq yonadi, elektr dazmol isiydi kabilar) magnit (magnitlarning o`zaro tortishishi), temirlarni o`ziga tovush (buyumlarni bir – biriga urganda tovush chiqishi, hayvonlarning tovushi va insonlarning nutq tovushi orasidagi farq) haqida dastlabki ma`lumotlarni berish. Inson tafakkurining mahsuli bo`lgan turli texnik vositalar (radio, televizor, videomagnitafon, kompyuter) haqida ma`lumot berish, “Tetris”, “Sego”, va “Dendi” kabi kompyuterlar bilan bog`liq o`yinlar tashkil etish. Yil, fasllari, ularning nomi va o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. O`simliklarning tarkibiy tuzilishi (ildizi, tanasi, bargi) haqida tasavvur hosil qilish. O`simliklarning fasllarga ko`ra o`zgarishi haqida ma`lumot berish. Daraxt va butalar kurtaklarini bo`rtishi, barg yozishi va gullashi, maysalarning o`sib chiqishi haqida tasavvur hosil qilish. O`simliklarni parvarish qilishda va hosilini yig`ishda ishtirok etishga o`rgatish. Hovlida (chinnigul, atirgul, moychechak, nastarin, gulxayri, rayhon, namozshomgul) va xonada (sabur – aloe, qumanjir – kaktus va boshqalar) o`sadigan gullar va ularni o`zaro farqlashga o`rgatish. Uyda parvarish qilinadigan qushlar (to`ti, bedana, konareyka, sa`va, tovus kabilar) bilan tanishtirish, ularni parvarish qilishga o`rgatish. Uyda boqiladigan parrandalar (tovuq, o`rdak, g`oz, kurka) haqida kengroq ma`lumot berish, ularni parvarish qilishga o`rgatish. Baliq, qurbaqa, ilon, chayon, ninachi, chumoli, qo`ng`iz, qurt, chigirtka, kapalak, sichqon, kalamush kabi jonivorlar haqida ma`lumot berish. Ularda nisbatan foyda yoki zarar keltirishiga qarab to`g`ri munosabatni shakllantirish hayvonlarga g`amxo`rlik ko`rsatish va ulardan o`zini muhofaza qilishga o`rgatish. Bolalarga inson uchun zarur bo`lgan iqtisodiy – ekologik va tabiiy ehtiyojlar haqida ma`lumot berish. Bolalarda dastlabki iqtisodiy tushunchalarni shakllantirishga e`tibor berish. Bozor, bozor iqtisodiyoti, pul, tovar, sotish, sotib olish, tejamkorlik isrofgarchilik, uvol, sifat, narx, biznes, biznesmen, barter singari tushunchalar haqida dastlabki ma`lumotlarni berish. Bolalarni savdolashib xarid qilishga o`rgatish. Bolalarga suv, havo, oziq- ovqat, kiyim – kechak, yorug`lik, issiqlikning inson hayotidagi ahamiyatini, bularning manbalarini toza saqlash zarurligini tabiatning tozaligi faqat tabiat uchungina emas, balki odamlarning o`zlari uchun ham g`oyat zarur ekanligini tushuntirish. Maysa, o`t – o`lan, daraxtlar, quyon va turli jonivorlarga ozor yetkazish, ularga zarar keltirish mumkin emasligi borasida tushuncha uyg`otish.”Savob” va “gunoh” tushunchalarini ekologiya sohasida tatbiq etishga o`rgatish. Inson yashashi uchun muayyan shart – sharoitlarning zarurligi haqida tasavvur hosil qilish, yashash uchun zarur bo`lgan moddiy ne`matlarni yaratish uchun qilinadigan harakatlar to`g`risida ma`lumot berish. Mehnat inson ehtiyojlarni qondiruvchi asosiy manba ekanligini tushuntirish. Mehnat, dam olish va salomatlikni muhofaza qilish haqida dastlabki tushuncha berish. Sog`liqni saqlash muassasalari (shifoxona, dorixona, poliklinika, oromgoh, dam olish uylari) haqida ma`lumot berish. Shifokor, hamshira “tez yordam” haqida tasavvur hoail qilish. Uy xo`jaligi haqida tasavvur hosil qilish. Oila xo`jaligining faoliyati – hayotiy ehtiyoj ekanligini aniqlash. Xonadagi jihozlar, xo`jalik mollari, bog`, tomorqa oila ehtiyojini qondirish manbai ekanligini tushuntirish. Oila, unda kattalar hamda bolalarning burch va vazifalari haqida ma`lumot berish. Ishlab chiqarish va unga bo`lgan ehtiyoj qo`l mehnati orasidagi tafovutlar haqida dastlabki tushunchalar berish. Qishloq xo`jalik mahsulotlari va jamiyatda ularga bo`lgan ehtiyoj, qishloq va shahar orasidagi farq, sanoat tovarlari haqida ma`lumot berish. Aloqa vositalari (pochta, telefon, telegraf, radio, televizor, matbuot) haqida ma`lumot berish. Transport vositalari (avtomobil transporti, temir yo`l transporti, havo transporti, suv transporti) haqida tasavvur hosil qilish. Ta`lim olish va ma`naviyat (maktab, kitob, gazeta, jurnal, kino, teatr, konsert, istirohat bog`lari, madaniyat saroylari, sport majmualari) haqida tushuncha berish. Jamiyatda kishilar hayotini muhofaza qilish (harbiy qo`shinlar, militsiya, o`t o`chirish, chegara va chegara xizmati) haqida tushuncha hosil qilish. Mulk (shaxsiy mulk va davlat mulki) va uni muhofaza qilish haqida dastlabki ma`lumot berish. Uyda ko`chada, bog`chada xavfsizlikni saqlash haqida tasavvur hosil qilish. Bolalarda, mehnatsevarlik, mustaqillik, mehnati natijasidan qoniqish sifatlarini shakllantirish. Bolalarda maqsad sari intilish, intizomlilik, saranjom – sarishtalik kabi fazilatlarni rivojlantirish, foydalangan buyumlarini toza va saranjom tutishga, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish. Bolalarni hunarmandchilikka qiziqtirish. Duradgor, naqqosh, o`ymakor, sopolsoz, kashtachi, tikuvchi, do`ppido`z kabilarning mehnati bilan tanishtirish. Tabiiy materiallar (tol novdasi yong`oq, danak, tuxum po`choqlari, tosh, qamish va boshqalar) dan o`yinchoqlar yasashga o`rgatish. Mehnat materialini isrof qilmaslikka, ortiqcha chiqit chiqarmaslikka o`rgatish. Loy va plastilindan meva va sabzovotlar, hayvonlar, qushlar,parrandalar, turli o`yinchoqlar, uy- ro`zg`or buyumlari shaklini yasashga o`rgatish. Bolalarning badiiy fazoviy tasavvurlarni kengaytirish maqsadida qog`oz va kartondan buklab,qirqib yelimlab yopishtirish orqali turli buyumlarni (quticha, sandiqcha, kursicha, xontaxtacha, uycha, shkafcha) yasash malakasini hosil qilish. Bolalarni ma`nan rivojlantirish. Bolalarda nafosat va orastalikni tarbiyalash. Badiiy asarlar yordamida bolalarning til boyligini, ruhiyatini va estetik dunyosini rivojlantirish hamda milliy odob-ahloq me`yorlarini singdirish. Jamoat joylarida, uyda tartib va ozodalikni saqlash, o`zini kamtarona tutish, o`zgalar narsasini talashmaslikka, katta-kichikka yo`l va joy berish. Bolalarni “Keling, marhamat”,”Mumkinmi?”, “Kechirasiz?”, “Osh bo`lsin”, “Xo`r bo`ladi”,”Xush kelibsiz”,”Raxmat”,”Marxamat”,”Xayrli tun”,”Yaxshi yotib turing”, kabi so`zlarni o`z o`rnida qo`llashga o`rgatish. Bolalar bilan uyushgan holda o`ynashga, bolalar bilan do`stona munosabatda bo`lishga o`rgatish.Ularda tashabbuskorlik hislatlarni shakillantirish. Bolalarni go`zallikni farqlashga, unga intilishga,orasta va chiroyli kiyinishga odatlantirish. Bolalarning badiy didini o`stirish. Badiy asarlar orqali bolalar ma`naviy olamini rivojlantirish. Bolalarni o`zlari bilan ertak, hikoya, voqea-hodisalarni so`zlab berishga, mustaqil ravishda hikoya tuzishga o`rgatish. Bolalarni yoshiga mos keladigan asardagi badiylikni his etishga, ulardagi asosiy ma`noni tushunib olishlariga erishish. Bolalarda diolog, monolog tarzidagi nutqni rivojlantirish. Bolalarda o`zbek xalq og`zaki ijodi namunalari, mumtoz adabiyot vakillari va hozirgi zamon shoirlari haqida daslabki tushunchalarni uyg`otish. Ularni ertak, maqol, topishmoqlarni obrazli ifodani xis etishga odatlantirish. Bolalar nasriy asarlarda aks ettirilayotgan voqea – hodisalar mohiyatiga chuqurroq tushunishlariga, unda ishtiroq etayotgan qahramonlar orasidagi to`qnashuvlarning sabab va oqibatlari haqida fikirlab, mustaqil xulosalar chiqarishga alohida ahamiyat berish. Nasriy asarlarni so`zlab berayotganlarida nutqlarida badiiy tasvir vositalaridan ijodiy foydalanishlariga, ularda ishtiroq etayotgan persanajlar ruhiy kechinmalarini tushunib, ravon bayon etishlariga o`rgatish. Bolalarning badiy asarlarga adabiyuotga qiziqtirish nutqini o`stirish va ularning badiy didini o`stirish maqsadida quyidagi asarlarni o`qish tavsiya etiladi.. O`zbek xalq ertaklari:”Nima eksang, shuni o`rasan”, “Ovchi”, “Ko`kcha va Dono”, “Zumrat va Qimmat”,”Egri va to`g`ri”, “Sahiylik va bahillik”,”Uch og`ayni botirlar”,”Vofodor it”, “Boroqvoy”,”Teremoq”(rus xalq ertagi).J.Rozzoqov-“Qor yog`moqda”, Alisher Navoiy- “Sher bilan Durroj”, “Xotami toy”,Z.Ibroximov-“Urishqoqgul va bola”, “Uyqu nega hafa bo`ldi”, Ya.Sa`dullaeva- “Chamadon”, “Rustamjon”,”Alpomish”,”Shirin va Shakar” dostonlaridan olingan parchalar. A.S.Pushkin-“Baliqchi va baliq haqida ertak”, Bobur-“boburnoma”(parcha), N.Narzullaev- “O`lkam”, Y.Sulaymon –“Nurli zamon”, A. Obidjon-“Temur bobo”, M.A`zam-“Yer aylandi”,”Onam ishdan keladi”, N.Orif-“Tinchlik”, A.Oripov-“onatilimga”, X.Raxmat-“Esonmisiz-Omonmisiz”,T.Yo`ldosh- “Mexmon”,”Ota-ona”, R.Mo`min-“Bivijonim bivijon”, T. Ortiqxo`jaev –“Kulcha non”, A.Akbar- “Oriyatli kuchikcha”, D.Rajab- “yoz tingi”,”So`ngi yaproq”, M.Yusuf-“Orzu”, “Qushlar ham yig`lasa kerak”,U.Azim-“Qo`rqmasmi bog`”, “Uch shaxzoda”(hind ertagi). Muchalning kelib chiqisgi (Xitoy xalq ertagi),”O`n ikki oy”(Slovak ertagi),”Rahimdil ovchi”(Amerika xalq ertagi), “Turna pati”(Yapon ertagi),”bahtiyor Gans”(Olmon halq ertagi). “Bir kalava yung”(Farang xalq ertagi). Bolalarda daslabki huquqiy tushunchalaruni shakillantirishda davom etish. Maktabga tayyorlov yoshdagi bolalarda huquqqa doir tushunchalarni O`zbekiston Konstitutsiyasida amal qilgan holda tarkib toptirish.”mumkin”,”mumkin emas”,”yaxshi”,”yomon”,”haq”,”hohaq”,”tartib” “qoida”,”intizom”,singari tushunchalar bilan tanishtirish. Bolalarda jamiyat talablariga bo`ysunish tuyg`usini tarkib toptirish. Ko`ngliga kelgan, o`zi hohlagan har qanday ishni qilaverish mumkin emasligiga ko`niktirish. Ularda vaqti kelganda, o`z istaklarini jilovlash tuyg`usini shakllantirish. Bolalarda tasviriy san`at namunasi mazmunini anglashga oid ko`nikma va malakalarni shakllantirish. Xalq og`zaki ijodi namunalari, tarixiy yodgorliklar, zardo`zlik, kashtachilik, chilangarchilik namunalari bilan tanishtirish.
Bolalarni kitoblardagi rasmlar, kitoblarni bezatishlarning o`ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirish. Ularga rasm chizishga kerak bo`ladigan asosiy qurollar (qalam, flomaster, moyqalam, akvaren, bo`yoq kabi) bilan ishlash haqida ma`lumot berish. Dekorativ naqshlarni ishlashga o`rgatish. Turli ranglar vositasida manzaralar yaratishga o`rgatish. Ertak. She`r va boshqa asarlar asosida voqeaband rasmlar chizishga o`rgatish. Doira, kvadrat, yo`l- yo`l chiziqlardan foydalanib aylanma va jimjima chizishga o`rgatish. Qog`oz yuzasidan chizayotgan tasvirni to`g`ri joylashtirishga o`rgatish. Kerakli rangni tanlab olish va uni o`rinli ishlatish malakasini shakllantirish. Atroflicha narsa – hodisalarni kuzatish asosida mustaqil rasm chizish malakasini rivojlantirish. Quyidagi mavzularda yo`nalishi rasm ishlash tavsiya etiladi. “Kuzgi terak”, “Ko`p qavatli bino”, “Gullagan daraxt”, “Parrandalar”, “Bolalar sayr qilmoqda”, “Yomg`ir yog`moqda”, “Qushlar donlamoqda”, “Daraxtdagi qushlar”, “Bargi to`kilgan daraxt”, “O`lkamda qish”, “Qorli tog`lar”. Bolalarning musiqiy faoliyatining rivojlantirish. Bayramni kayfiyatni ko`taruvchi qo`shiqlarni aytishga o`rgatish. Mumtoz kuylarni tinglash va his etishga o`rgatish. Bolalarning musiqiy tafakkurini rivojlantirish, idroki va xissiyotlarini tarbiyalash maqsadida quyidagi kuy va qo`shiqlarni aytishga o`rgatish tavsiya etiladi: o`zbek xalq kuylari, qo`shiqlari – “Choriy chambar”, “Boychechak”, “Qaldirg`och”, “O`ynaylik omon”, o`zbek xalq kuylari – “Munojat”, “Rohat”, M.Burxonov “O`zbekistonning davlat madhiyasi”, “Oltin paxta”, M.Dadaboyev – “O`zbekiston mustaqil”, “Navruz muborak”, “Tinchlik qo`shig`I”, S.Boboyev – “Terimchi qiz qo`shig`i”, N.Kenjayev – “Quyoshli O`zbekiston”, I.Akbarov – “O`zbek askari”, M.Mirzayev – “Bahor vasli”, G`.Qodirov – “Bahor”, “Rahmat onajon, rahmat bog`chajon”, N.Noxo`jaev – “Gul terdi gullar”. O`yin jarayoni orqali bolalarni o`zbek xalqining milliy turmush tarzi, o`ziga xos urf – odatlari, kundalik mashg`ulotlari, odamlarning fe`l – atvori, xarakatlari bilan yaqindan tanishtirish bolalarni o`yin uchun zarur bo`lgan narsalarni tayyorlashga o`rgatish. Kashfiyotga, fikrlashga undaydigan o`yinlarni tashkil etish. Sahnalashtirilgan o`yinlarni o`ynashga sharoit yaratib berish. O`yin jarayonida bolalarning mustaqil harakat qilishlariga imkon yaratish. Bolalarning nutqini o`stirish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida quyidagi o`yin va mashg`ulotlar tavsiya etiladi. G.Muxammadjanova – H.Egamov, - “Soya teatri”, G.Umarova – “Ulug`bek bobom keldilar”, M.Karimova – “Boylandi”, “Oila”, “Bo`gcha – bog`cha”, “Choyxonada”, “Shifokor – shifokor”, “Kichik aravakash”, “Yil fasllari”, “Yovvoyi va uy hayvonlari”, “Qayerda nima o`sadi, gullaydi, pishadi?, “Ishlash uchun nima zarur?”, “domino”, “Qayerda o`sishini ayt”. “Loy o`yini”, “Ip – ip”, “Tomga tosh otdim”, “Tomdan tarasha tushdi”.
TEST SAVOLLARI 1. Tubandagilardan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhida taalluqli. a) “Qurbaqa qiz” ertagini hikoya qilib berish. b) Bir oyoqda 3-4 metr masofaga sakrash. c) 25 sm balandlikdan sakrash d) Og`irligi 1 kg gacha bo`lgan sport toshlarini dumalatishga o`rgatish. 2. A. Temur, Z.Bobur, J.Manguberdi, S.Rahimov kabi sarkardalar bilan tanishtirish qaysi amalga oshiriladi. a) maktabga tayyorlov guruhda b) kichik guruhda c) katta guruhda d) o`rta guruhda 3. Tubandagi fikrlardan qaysi biri noto`g`ri a) so`zda tovushlar ketma-ketligini farqlashga o`rgatish maktabga tayyorlov guruhda amalga oshiriladi. b) Tayyorlov guruhda qo`lni uzmasdan harfni chiroyli yozishga o`rgatiladi. c) Tayyorlov guruh bolalari bosma ko`rinishdagi harflar bilan tanishtiriladi.
d) Tayyorlov guruhda harf bilan tovushni farqlashga o`rgatiladi. 4. Qaysi biri maktabga tayyorlov guruhi bolalariga o`rgatiladi. a) Yorug`lik, elektr va issiqlik hodisalari, magnit haqida ilk tushuncha berish. b) E.Vohidovning “Olma”, she`ri yod oldiriladi. c) 5 gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan ikkita songa ajratish. d) Quyosh va oy bilan tanishtirish 5. Qaysi ertaklar maktabga tayyorlov guruhda o`rgatiladi. a) “Na eksang shu olasan”, “Qarg`avoy”, “Gilam”, “Sahiylik va bahiylik” b) “Qurbaqa qiz”, “Zumrad va Qimmat”, “Teremoq”, “Xumacha polvon” c) “Vafodor it”, “Baraqxon”, “Uch og`ayni botirlar”, “Nima eksang shuni o`rasan”, “Egri va to`g`ri” d) “Vafodor it”, “Zumrad va Qimmat”, “Gilam”, “Qarg`avoy”. 6. Quyidagi xorijiy xalq ertaklaridan qaysi biri maktabga tayyorlov guruhda o`tilmaydi? a) “Uch shahzoda” (hind xalq ertagi) b) “Maymun nega daraxtda yashaydi” (Afrika xalq ertagi) c) “Rahmdil ovchi” (Amerika xalq ertagi) d) “Turna pati” (yapon ertagi) 7. Duradgor, naqqosh, o`ymakor, sapolsoz, kashtachi, tikuvchi, do`ppido`z kabilarning mehnati bilan qaysi gururhda tanishtiriladi. a) katta guruhda b) o`rta gururhda c) kichik guruhda d) maktabga tayyorlov guruhda
|
ma'muriyatiga murojaat qiling