Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana14.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#105883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari


 

Maqsad: tinglovchilarda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  pedagogik-psixologik  jihatdagi  tashxis    

qilish  daftarini  yuritish  ballarini,  darajasini, foizini  chiqarish  tartibi  bo’yicha  tushuncha  hosil  qilish. 



 

Tayanch  so’zlar: Psixik  rivojlanish, DT  bo’yicha  jismoniy,  nutq  va  tafakkur  ma’naviy  yetukligi, 

ball  darajasi, foiz, pedagogik-psixologik  hulosa, tavsiya. 



Kutiladigan  natija: Tarbiyachining  o’z  guruhi  bolalarining  o’zlashtirish  darajasini  aniqlash, 

baholash, foizini  chiqarish  va  shunga  qarab ota-onalarga  to’g’ri  tavsiya  berish,ishini  to’g’ri  tashkil  

qilish,  bolalarning  individual  muammolarini  yechishga  erishish. 

 

Reja: 



 

1.  Pedagogik-psixologik  kuzatuv  daftarini  yuritishga  qo’yilgan  talablar. 

2.  Ballni  to’g’ri  qo’yib,foiz  va  darajani  aniqlash. 

3.  Har   quysi  bola  ota-onalarga  tavsiyalarni  to’g’ri  yozma  ravishda  berish. 

 

Jihoz: plakatlar, markerkar, raqamli kartochkalar, rangli qalamlar, qog`ozlar. 

Dars usuli: Tinglovchilar o`qituvchining raqamli kartochkani ko`rsatishiga ko`ra 4 guruhga 

ajratiladi. Guruhlar quyidagicha nomlanadi. 



1 – “kichik” 

2-“o`rta” 

3- “katta” 

4 – “maktabga tayyorlov” 

Har qaysi guruh bolalarning o`zlashtirish darajasini aniqlash bo`yicha loyiha tuzadi. Bolaning jami 

bali, foizi, darajasini qayd qiladi. Natijaga ko`ra ota-onaga tavsiya, maslahat beradi. 4 guruh ham o`z 

ishini himoya qiladi. O`qituvchi to`ldiradi xulosalaydi.  

 

 

Foydalanadigan  adabiyotlar. 



 

1.  “Uchinchi  ming  yillikning  bolasi” tayanch  dasturi. 

2.  Psixolog-pedagogik  kuzatuv  daftari  Toshkent – 2003  yil 

Psixologik-pedagogik  kuzatuv  daftari  maktbgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilari  uchun  

individual  yuritiladi.  

Daftarga  MTM  psixologik, guruh  tarbiyachisi, tibbiy  hodim  hamkorlikda  tarbiyalanuvchining  

jismoniy, ma;naviy-ruhiy, aqliy  va  shaxs  rivojlanishidagi  dinamik  o’zgarishlar  hamda  

maktabgacha  ta’lim  davlat  talablari  bo’yicha bilim, ko’nikma,malakalarni  egallaganlik  

ko’rsatgichlarini  uzluksiz  qayd  etib  boradilar.Bu  daftar  o’quvchilarni  kasb-hunarga  yo’naltirish  

va psixologik-pedagogik  Respublika  tashxis  markazining  ilmiy  kengashida  muhokama  etilgan  

va  2003  yil 27 iyun   2/1- sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan. 

Psixologik-pedagogik  kuzatuv  daftarini  yuritishda  quyidagi  talablarga  rioya  qilinadi.  

1.  Psixologik-pedagogik  kuzatuv  daftari MTM  ning  har  bir  tarbiyalanuvchisi  uchun  alohida  

yuritiladi. Unda  shu  tarbiyalanuvchi  bilan  yil  davomida  o’tkazilgan  tibbiy  ko’rik, psixologik-

pedagogik  tashxis  hulosalari  hamda  uning MTDT  asosida  o’zgartirgan  bilim,  ko’nikma,  

malakalarining  ko’rsatkichlari  uzluksiz  qayd  etib  boriladi. 

2.  Kuzatuv   daftarini  to’g’ri  yuritishda  guruh  tarbiyachisi  va  MTM  psixologik  ma’sul  

hisoblanadi. 

3.  Ma’lumotlarni  qayd  etishda  quyidagilarga  amal  qilinadi. 


-  tashxis  matodikalari  bolalarning  yosh  xususiyatlariga  mos,  ishonchli  va  natijalarni  ob’ektiv  

hulosalash. 

-  Kuzatuvni  bolalarning  asosiy  faoliyati  hisoblangan  o’yin  jarayonida  amalga  oshirish (bolani  

imtihon  qilmaslik). 

-  Har  bir  davriy  tashxis   xulosalarining  keyingi  davr  uchun  korreksion  rivojlantiruvchanlik va  

tavsiyaviy  xususiyatga  ega  bo’lishi. 

-  Davriy  tashxis  natijalarini   korreksion  tahliliy  xolosalarni  ishlab  chiqish  va  dinamik  

o’zgarishlarni  aniq  ifodalash. 

-  Kichik   yosh (3-4 yosh)  davri  bo’yicha  tibbiy, psixologik  pedagogik  tashxis  ma’lumotlar. 

-  Katta  yosh  (5 – 6  yosh)   davri  bo’yicha  tibbiy, psiologik-pedagogik  tashxis   ma’lumotlari. 

-  Maktabga  tayyorlov  guruhi  ( 6-7  yosh) da  tibbiy, psixologik-pedagogik  tashxis  ma’lumotlari   

MTMDT  o’zgartirish  ko’rsatgichlari. 

Psixologik-pedagogik  yozma  qayd  etiladi.3,2,1,0  ko’rinishda  ball  qo’yiladi. 3  ball – agar  mazkur  

ko’rsatkich  bolada  to’liq  shakllangan  bo’lsa; 2 ball -  mazkur  ko’rsatkich  bolada  qisman  

shakllangan  bo’lsa; 1 ball – natija  yosh  imkoniyatlaridan  past  bo’lsa;  

0  ball -  mahsus  qo’llanilgan  choralarga  qaramay  natija  o’ta  past  bo’lsa. 

Rivojlanish  yo’nalishlari  bo’yicha  to’plangan  ballar  umumiylashtirilib,  maksimal  ballar  soniga  

nisbatan  3 ta  ko’rsatgich  darajasi  belgilanadi. 

I – daraja:  75 -100%  

II – daraja:  50-75 % 

III – daraja : 50%  dan  kam. 

Bilish  jarayonining  rivojlanish  darajasini  aniqlash  uchun  “ob’ektiv  ma’lumotlar”  bo’limiga 4  ta   

joyga  (  bo’yi    va    vazniga    alohida    ball    qo’ymasdan    ikkisi    uchun  1  ta    joyga    ball    qo’yiladi), 

“Psixik  rivojlanish”  bo’limiga  7  ta  joyga , “bilish  psixik  jarayonlari” bo’limiga  6 ta joyga  jami  

17  ta    joyga  ball    hammasi    qo’shilib    to’plangan    ball    chiqariladi.  Jami  to’plangan    ball    100  ga  

ko’paytirilib    maksimal    51    ballga    bo’linadi.  Natija-  foiz    hisoblanadi.Foizga  qarab    daraja  

aniqlanadi. Yil  boshida  ustuni sentabr  oyida, yil  oxirida  ustuni  may  oyida  to’ldiriladi. Bolaning 

MTMDT  ning  asosiy  mezonlari bo’yicha  bilim,  ko’nikma  va malakalarni  egallaganlik  darajasiga  

qarab  “Pedagogik    korreksiyani    talab    etadigan    sifatlar”,  “Psixologik    pedagogik    kuzatishning  

umumiy    xulosalari”    yozma    ravishda    yoziiladi.  Ota-onalarga    va  tarbiyachilarga    tavsiyalarga  

tavsiya MTM ning psixologi, psixolog bo’lmasa  mudira  tomonidan  bolaga  qanday  yondashiladi 

qaysi  tomonlama  sayoz, nimalarga  ko’proq  e’tibor  berish  lozimligi  bo’yicha  yordam  tariqasida  

maslahat    yozilada.  Tarbiyachi    navbatdagi    guruhdagi  bolaga  ta’lim-tarbiya    berishda    ushbu  

tavsiyalarni  inobatga oladi. 

Ball  qo’yishda  bolalarning  yosh  xususiyatlari  qanday  hisobga  olinadi? 

Bilish    psixik    jarayonlaridan    idrokni    aniqlashda    bolaning    vaqtni,  makon,  rangni,  shaklni  idrok  

qilishiga    qarab  ball    qo’yiladi.  Masalan    vaqt  bo’yicha    bolaning    ertalab,  kunduzi,  kechqurun, 

kechasi  so’zlarini  tushunishi  va  farqlash, makon bo’yicha oldida, orqada, yuqorida pastda, o’ngda, 

chapda    so’zlarini    o’z    o’rnida  qo’llashi    nazarda  tutiladi.Shakl    bo’yicha    doira,  kvadrat, 

uchburchakni  tanishi, rang  bo’yicha  esa  qizil,  sariq, ko’k, yashil, jigarrang, oq, qora  ranglarning  

nomini    aytishi    va    farqlay    olishi    hisobga    olinadi.  Boshqa    guruhlarda    esa  “Uchinchi  

mingyillikning  bolasi”   dasturida qanday  vazifalar  ko’rsatilgan  bo’lsa   shular  nazarda  tutilgan  

holda  baholanadi. 

Test  savollari 

1.  Pedagogik-psixologik  kuzatuv  daftarini  kimlar  yuritadi? 

A)  Tarbiyachi, psixolog 

B)  Hamshira, tarbiyachi, psixolog 

C)  Psixolog  

D)  Tarbiyachi  

2.  Ob’ektiv  ma’lumotlar, psixik  rivojlanish  bo’limida  maksimal  ball 51  bo’lishi  ko’rsatilgan. 

Nechta  joyda  ball  51  ball  qo’yiladi? 

A)  28 


B)  17 

C)  29 


D)  15 

3.  “Hissiy  irodaviy  sifatlari”  bo’limida  bola  uchun  qo’yilgan  ballarning  jami  15  bo’lsa 

darajasi  nechanchi bo’ladi? 

A)  III  daraja 

B)  II  daraja 

C)  I daraja 

4.  “Ijtimoiy-psixologik  xususiyatlari” bo’limida o’rta  guruh  bolasining  jami  to’plangan  bali 9  

bo’lsa  darajasi  nechanchi  bo’ladi? 

A)  I daraja 

B)  II daraja  

C)  III  daraja 

5.  “Diqqatini  uzoq  muddat  davomida  bir  narsaga  qarata  oladi”  gapini  diqqatning  qaysi  

xususiyatiga  yozish  kerak? 

A)  taqsimlash 

B)  barqarorlik  

C)  ko’chish 

D)  parishonxotirlik 



6.  Bolaning  harakatlari  salmoqli, sekin  yuradi, sekin  gapiradi.Kuladigan, qiziqarli  voqealar  

aytilganda  boshqa  bolalar xoxolab  kulsa, bu bola  zo’rg’a jilmayadi. Savol  berilganda  biror  

marta  ham  men  aytay  deb  qo’l ko’tarmaydi.Lekin  sen ayt  deb  savol  bersangiz  javob  

beradi. Bu  bola  temperamentning  qaysi  tipiga  xos  deb o’ylaysiz? 

A)  Flegmatik 

B)  Xolerik 

C)  Melenxolik 

D)  Sangvinik. 

 

 



13-Mavzu: Ta`lim-tarbiyada MTM bilan ota-ona hamkorligi. 

 

Maqsad:  Tinglovchilarda  bolalarni  maktab  ta`limiga  tayyorlashda  ota-onalar  bilan  hamkorlikdagi 

ishlarning ahamiyati, yo`l-yo`riqlari bo`yicha tushuncha hosil qilish. 



Tayanch  so`zlar:  MTM,  oila,  ota-ona  shartnoma,  bog`liqlik,  yig`ilish,  anketa  savollari,  ota-onalar 

o`quvi. 



Kutiladigan  natija:Tarbiyachilarning  ota-onalar  bilan  olib  boriladigan  ishlarni  takomillashtirishlariga 

erishish. 



Reja:  

1.  Farzand tarbiyasida ota-onalarning pedagogik-psixologik bilimlarini oshirish. 

2.  Ota-onalar bilan ishlash usullari. 

3.  Ota-onalar o`quvini tashkil qilish. 



Jihoz:Rangli qalamlar, flamasterlar, rangli qog`ozlar, plakatlar, 3 xil rangdagi gullar. 

Dars usuli: Tinglovchilar 3 xildagi gullarni tanlashlariga qarab 3 guruhga ajratiladi. Qizil, ko`k, yashil. 

Har  qaysi  guruh  ota-onalar  bilan  ishlash  usullarini  ifodalovchi  loyiha  tuzadi.  Unda  maslahat,  anketa 

savollari  tavsiya  ko`rinishlarini  aks  ettiradi  guruh  sardorlari  tushuntirib  himoya  qiladilar.  Oxirida 

o`qituvchi baholaydi, rag`batlantiradi, to`ldiradi, xulosalaydi.  



 

Foydalanadigan adabiyotlar. 

 

1.  “Uchinchi mingyillikning bolasi” tayanch dasturi 

2.  “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo`yiladigan Davlat talablari. 


 

Barkamol  inson  tarbiyasi,  bola  tarbiyasida  ota-ona  mas`uliyatini  oshirish,  ularni  pedagogik-

psixologik  bilimlar  bilan  qurollantirish  bugunning  eng  dolzarb  masalasidir.  O`zbek  milliy  qadriyatlari, 

milliy madaniyati, bola tarbiyasi va rivojlanishi haqidagi pedagogik bilimlarni takomillashtirish bo`yicha 

yaxlit tarbiya tizimi ham oila, ham maktabgacha ta`lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi. Bola 

tarbiyasida  bu  ikki  yo`nalish  biri  ikkinchisining  o`rnini  bosa  olmaydi,  balki  biri  ikkinchisini  to`ldiradi. 

Sog`lom  muhitda  sog`lom  bola  o`sib  ulg`aydi.  Sog`lom  muhitni  yaratish  oilada  oila  a`zolarining 

maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  pedagogik  xodimlarning  nechog`lik  bilimdonligiga,  zukkoligiga 

bog`liqdir.  Ko`p  xollarda  bir  xil  yoshdagi  bolalarning  taraqqiyotida  notekislikni  ko`rish  mumkin. 

Masalan: bir  yoshli bolalarning ba`zilari 10 taga yaqin so`zni  ayta oladi. Mustaqil yura oladi. Ayni shu 

yoshdagi ayrim bolalarning esa mustaqil yura olmasligining, zo`rg`a 1-2 ta so`zni ayta olishining guvoxi 

bo`lamiz.  Shuningdek,  maktabga  boruvchi  bolalar  jismonan  baquvvat,  sog`lom,  fikri  teran,  tevarak-

atrofdagi narsa va hodisalar to`g`risida oddiy mushohada qiladigan. “Yazshi” bilan “Yomon”ni, “Gunoh” 

bilan “Savob”ni ajrata oladigan bo`ladi. Aynan shu yoshdagi ba`zi bolalarda esa bunga teskari bo`lgan 

xususiyatlarni uchratish  mumkin. Bunday notekislikka asosiy sabab kattalarning e`tiborsizligi  yoki bola 

tarbiyasi bo`yicha yetarli bilimga ega bo`lmasligidir. 

Bolani  jismonan.  Ma`nan,  ruhan  yetuk  inson  qilib  tarbiyalashda  oila  va  bog`chaning  hamkorligi 

muhim  ahamiyati  kasb  etadi.  Shuning  uchun  xar  bir  oiladagi  pedagogik  madaniyatni  takomillashtirish 

zarur. Bog`cha murabbiylari tarbiya borasida ota-onalarga ota-onalarga ham ta`sir o`tkaza olishlari, oila 

pedagogikasining  nozik  jihatlarini  chuqur  bilishlari  kerak.  Har  bir  guruh  xonalarida  ota-onalar  sizlar 

uchun  burchak  tashkil  qilinib,  doimiy  ravishda  har  bir  oyda  guruh  bolalari  taraqqiyotidagi  o`zgarishlar 

aniq  tahlil  qilib  ko`rsatilishi  va  shu  asosda  ota-onalar  uchun  tegishli  maslahatlar,  tavsiyalar  berish 

maqsadga  muvofiqdir.  Ayrim  bolalarning  ota-onalari  bilan  alohida  suhbatlar  o`tkazib,  tegishli  yo`l-

y`oriqlar  beriladi.  Masalan:  nutqida,  jismoniy  o`sishida,  xulqida  kamchiligi  bo`lgan  bolalarni  faqat 

tarbiyachining harakati bilan bartaraf qilish qiyin. Bolaning oiladagi faoliyati ham, bog`chadagi faoliyati 

ham yagona maqsadga bo`ysundirilgan bo`lishi kerak. 



JISMONAN  O`SISHI 

 

№  Ismi va sharifi 



Sakrash 

 

Yugurish  Muvozanat 



Saqlash 

Tishlab 


olish  va 

irg`itish 

Emaklash 

tirmashib 

chiqish 

Harakat-


chanligi 

1. 


Raximov Dilshod 

 

 



 

 

 



Sekin 

2. 


Karimov Sherzod 

 

 



 

 

 



Tez 

3. 


Ikromova Xalima 

 

 



 

 

 



Meyorida 

4. 


Mansurov Ali 

 

 



 

 

 



Tez 

    


     - a`lo  

 

 -  -  yaxshi 



 

     - past  

 

NUTQ  FAOLIYATI 



 

№ 

Ismi va sharifi 



Yoshi 

Tovushlarni talaffuz qilishi 

Izoh 

 

 



 

S | Z | Sh | J | Ch| R | L | T|D| P| G   

Raximov Dilshod 



5 yosh 

4 oy 


sh   +   +    +   +   +   +  + + +  + 

Juda 


sekin 

gapiradi 

Karimov Sherzod 



5 yosh  

6 oy 


+   +   +    +   +   L   +  +  +  +  +      Nutq 

sur`ati 


tez 

Ikromova Xalima 



5 yosh  

3 oy 


+  +    +    +   +   +   +   + +  +   + 

     + 


Mansurov 

5 yosh 

4 oy 


sh +   +    +    +   y   +   +  +  +  + 

So`zlarni 

o`rnini 

almashtiradi. 

 

 

Tarbiyachi  tomonidan  yuqoridagi  jadvallar  asosida  ota-onalar  burchagida  qo`yiladi.  Har  qaysi 



bolaning  kamchiligi  xisobga  olinib,  ota-onaga  alohida  bartaraf  qilish  yo`l-yo`riqlari  beriladi.    Ilk 

matematik tushunchalar, ruhiy rivojlanishi, tabiat haqidagi tushunchalar, tasvirlash faoliyati bo`yicha ilk 

ko`nikma va malakalar, badiiy adabiyot, xulq-atvori boyicha ko`rsatkichlari ham xuddi shu tartibda tahlil 

qilinib tegishli maslahat beriladi. 

Bolalar bog`chasida o`tkaziladigan ota-onalar yig`ilishlarini eski tartibda faqat ma`ruzalar o`qish 

usulidan  voz  kechgan  xolda  chaynvord  yechish,  jumboqli  masalalar  yechish,  anketa  savollarga  javob 

olish,  ishchanlik  o`yinlari  o`tkazish  kabi  noan`naviy  uslublardan  foydalanish  ota0onalarning  bevosita 

bola tarbiyachi bo`yicha pedagogik bilimlarga ega bo`lish istak xoxishini paydo qiladi.  

Ota-onalar yig`ilishida quyidagi mazmunda anketa savollarga javob olish ham ota-onalarni  bola 

tarbiyasi bilan shug`ullanishga undaydi. 

1. Familiyangiz, ismingiz, otangizning nomi, tug`ilgan yilingiz, ma`lumotingiz va manzilingiz. 

2. Nechta farzandingiz bor? Bu guruhdagi farzandingiz nechanchisi? Ismi va sharifi. 

3.  Oilangizda  farzandlaringiz  uchun  qanday  sharoitlar  mavjud.  (tagiga  chizing),  mahsus  xona, 

burchak,  o`yinchoqlar,  rasm  chizish  uchun  anjomlar,  plastinkalar,  rasmli  kitobchalar,  sport  anjomlari, 

yassi oyoqlikka qarshi massaj qiluvchi anjomlar.  

4. Bir kunda necha soat bola tarbiyasi bilan shug`ullanasiz?  

5. Farzand tarbiyasida qiynalmayapsizmi? Xa yoki yoq. (tagiga chizing). 

6.  Sizningcha  oila  tarbiyasini  nima  qiyinlashtiryapti?  (tagiga  chizing)  tarbiyaga  oid  bilimlarning 

yetishmasligi, davlat ishi bilan band bo`lishlik, bog`cha bilan oila o`rtasida hamkorlikning yo`ligi.  

7.  Oilangizda  bola  tarbiyasi  bilan  kim  ko`proq  shug`ullanadi,  bobosi,  buvisi,  onasi,  otasi,  akasi, 

opasi va boshqalar. (tagiga chizing) 

8. Siz ko`proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha olmaysiz? 

9. Farzandingiz ko`proq nimaga qiziqadi? 

10. Farzandingizning kelajakda kim bo`lishini xoxlaysiz? 

11. Farzandingizning qiziqishshini, mustaqil harakat qilishini, fikr yuritishni rag`batlantirasizmi? 

(tagiga chizing) ha  yoki yo’q. 

12.  Bolangiz    nima    sababdan  u  yoki  bu    nourin  xatolarga    yo’l    qo’yishi    hollariga    e`tibor 

berasizmi? Ha  yoki yo`q. Sababini  surishtirmay  jazolaysizmi?/tagiga  chizing/. 

13.  Oilangizda    o`zaro    munosabatni    qanday    baholaysiz?    Juda    ham    yaxshi,  unchalik    xam 

yaxshi, unchalik  yaxshi  emas, yomon, juda  ham yomon./tagiga  chizing/. 

14.  Farzandingiz    to`g`risida      boshqalardan    ma`lumot  olishga    qiziqasizmi?  Ha    yoki    yo`q. 

Kimlardan  olasiz?Qo`shnilardan,qarindosh-urug`lardan,  tarbiyachidan, /tagiga  chizing/. 

15. Tarbiyaga  oid  adabiyotlarni, ro’znoma va oynomalarni  muntazam  o’qib  borasizmi?/tagiga  

chizing/. 

Tarbiya  haqidagi  qanday  ro`znoma va  oynomalarga  obuna  bo`lgansiz? 

16.Tarbiyaga    oid    oynai    jahon    ko`rsatuvlarini  tomosha    qilasizmi?  Ha    yoki    yo`q./tagiga  

chizing/. 

17. Farzandingizga  ertak, maqol,she`r,hikoyat,rivoyatlar  aytib  berasizmi? Ha  yoki  yo`q./tagiga   

chizing./ 

18.Bir  oyda  necha  marta  farzandingizning  bog’chadagi  faoliyatini  kuzatgansiz? 

19.  Bola    tarbiyasi    bo’yicha  qilayotgan    ishlaringizni    qanday    baholaysiz? 

Namunali,qoniqarsiz./tagiga  chizing./ 

20.  Farzandingizga    milliy    qadriyatlarni    singdiryapsizmi?Ha    yoki  Yo`q.”yaxshi”  bilan 

“yomon”ni, “gunoh”  bilan “savob”  ni  ajrata  oladimi? /tagiga  chizing./ 

Har    bir  guruh    xonasining  ota-onalar    burchagida    quyidagi    maslahatlarning    ko’rsatilishi    ham  ular 

uchun  katta  yordan  bo’ladi. 



- Farzandingiz  oldidagi  har  tomonlama  namuna bo’ling. 

- Bola  bilan  g’amxorlik, ruhlantiruvchi, tinchlantiruvchi ohangda  gaplashing. 

- Bola siz  bilan  gaplashayotganida  uni  diqqat  bilan eshiting. 

- Bola bilan  muloqatda  bo’lganda tevarak-atrofdagi  narsalarning  nomini ko’proq  ishlating. 

- Sekin  gaplashing. 

- Sizlarning izohlaringiz  juda  ham sodda,tushinarli  bo’lmog’i  lozim . 

- Sabr –toqatli  bo’ling. 

- Dastaval  boladan “nima?”  keyinchalik “nima  uchun?”  savollariga  javob  olishga  harakat  qiling. 

- Bolaning  savol  berishga  intilishini  rag’batlantiring. 

- Bolaga  aniq  va  qattiq  talablar  qo’ying. 

- Farzandingizni  qiziquvchanligini  va  tasavvurini  rag’batlantiruvini  rag’batlantiring. 

- Oilada  farzand  uchun  alohida  xona  yoki burchak  tashkil  qiling. 

-  Sog’lomlashtirish    jihozlari,  urli    xil    o’yinchoqlar,  bola    yoshiga    mos  qo`shiq,  she`r,ertak    yozilgan  

plastinkalar,kitobchalar,rasm  chizish anjomlarining yetarli  bo’lishini   ta`minlang. 

-  Har    doim  farzandingizga    nima  “yomon”  ,  nima  “yaxshi”,  nima  “gunoh”,nima  “savob”    ekanligini  

singdirib  boring./sharqona  odatlar./ 

- Tarbiyada  qiz  bolaga  alohida,o’g’il  bolaga  alohida  yondoshing. 

-  O’g’lingiz    haqiqiy  “alpomish”    avlodlarini    eslatuvchi,  tog’ni    talqon    qilguvchi  polvon,  dovyurak, 

jismonan  baquvvat  bo’lib  yetishsin . 

- Qizingizda  o’ziga  xos  ibo,xayo,iffat,andisha  kabi  ma`naviy  fazilatlar  ufurib  tursin. 

Shu    tariqa    maktabgacha    ta`lim    muassasalari    xodimlari    va  ota-onalar    hamkorlikda    uzluksiz  

ta`limning  bosh  bug’ini  hisoblangan  maktabgacha ta`lim  tizimining  vazifalarini  amalga  oshiradi. 

Bugungi    kunda    bolalar    bog’chasiga    bortilmagan    bolalarni    maktabga    tayyorlash  kechiktirib  

bo’lmaydigan  masaladir.Buning  uchun  maktabgacha ta`lim  muassasalari  qoshida “onalar o`quvi”ni  

tashkil  qilish  maqsadga  muofiqdir.Buning  uchun  alohida  xona  jihozlanadi. 

-    “Ta`lim    to’g’risida”gi    qonunning    11,30-moddalari    maktabgacha    yoshdagi    bolalarga  

qo’yiladigan    davlat      talablari    ota-onalar    o’quvi    rejasi,ota-onalar    ro’yhati,  o’quv    muddati 

ko’rsatilgan  jadval, bolalarni  rivojlantiruvchi  o’yinlar, maslahatlar  yozib  ko’rsatiladi. 

- Uslubiy  adabiyotlar, o’yinchoqlar, didaktik  materiallar  bilan  to’ldiriladi. 

-  Mashg’ulotlar,  ma`ruzalar    bolalar    bog’chasi    hodimlari    tomonidan    o’tiladi,muddati  ota-onalar  

bilan  kelishilgan  holda  belgilanadi. 

Ota-onalar o’quvi  rejasi. 

 

№ 



Mavzular 

soati 


bajaruvchi 

muddati 


Maktabgacha  yoshdagi    bolalarga 

qo’yiladigan  davlat  talablari 

Pedagog 



 

Bola    taraqqoyotidagi    notekis  va 



uning  sabablari. 

Psixolog 



 

3. 


Oilada    bolalarning    rivojlanishi  

uchun    sharoit    yaratish  /alohida 

xona yoki  burchak./ 

Pedagog 



 

4. 


Bolalarning 

 

o’ziga 



 

xos  


xususiyatlari    va    ularni    xisobga 

olish. 


Psixolog 

 

5. 


Lotin    yozuviga    asoslangan  

o’zbek    alifbosiga  o`tishning  

sabablari. 

Pedagog 



 

6. 


Bosma  va  yozma  harflarning  

yozilishi 

 

hamda 


 

talaffuz  

qilinishi. 

Pedagog 



 

7. 


Bosma va yozma  harflarda so’zlar 

yozishni  mashq qilish. 

Pedagog 


 

8. 

Matn o`qishni  mashq qilish. 

Pedagog 


 

9. 


Bolalarda    uchraydigan    kasallik  

va ularning  oldini  olish. 

Vrach 


 

10. 


Bolalarni 

 

sog’lomlashtirish  



borasida  olib  borilayotgan  ishlar  

mazmuni. 

Vrach 


 

11. 


Bola    hayotida    o’yinlar  va 

ularning  ahamiyati. 

Pedagog 


 

12. 


Didaktik o’yinlar  uchun  material  

tayyorlash. 

Pedagog 


 

13. 


Bolalar  nutqini   rivojlantirishning 

yo’l-yo’riqlari. 

Pedagog 


 

14. 


Bolalarning 

 

fikrlash 



qobiliyatlarini    rivojlantiruvchi 

omillar. 

Psixolog 



 

15. 


Bolalarga  milliy    qadriyatlarni  

singdirish. 

Pedagog 


 

16. 


Oilada    shaxslararo    munosabatlar 

va    uning    bolalar    psixikasiga  

ta`siri. 

Psixolog 



 

17. 


Farzand    tarbiyasi    bo’yicha    ota-

onalardan    anketa    savollariga  

javob olish  va  umumlashtirish. 

Psixolog 



 

18. 


Bolalarning 

 

maktabga  



tayyorgarligining    belgilari,uni 

aniqlash yo’llari. 

Psixolog 



 

19 


Bolalarda 

 

oddiy 



 

mehnat  


ko`nikmalari    va    malakalarini  

tarbiyalash. 

Pedagog 


 

20. 


Bolalarga    ekologik    tarbiya  

berish  usuli. 

Pedagog 


 

Jami: 20  soat. 

Har  bir  mavzu  yetarlicha  ota-onalar  tushuna  oladigan qilib, amaliy  jarayonlar  bilan bog’lab, 

video  tasmalarda    bolalar    hayotidan    lavhalar    ko`rsatish,  ota-onalarning    o`zlari    bilan    ish    o’yinlari  

tashkil  qilish  orqali  yuritiladi.Uzundan-uzun  zeriktiradigan ko`rik  ma`ruza  o`qishning  hech  qanday  

samarasi  bo`lmaydi. 

Maktabgacha    ta`lim    sohasi    bo`yicha    yetuk    bilimga  ,  katta    tajribaga    ega    bo`lgan  maxsus  

xodimlarga  bu  vazifani ishonib  topshirish  orqali  katta  natijaga  erishish  mumkin. 

Ota-onalar    farzand    tarbiyasi    to`g`risidagi    uslubiy    adabiyotlarni    o`qish,  teleko`rsatuvlarni 

ko`rish,  radio    eshittiruvlarni    eshitish,  ro`znoma    va  oynomalardagi  tegishli    maqolalarni 

o`qish,o`rganish  orqali  borasidagi  pedagik-psixolik  bilimlarga ega  bo’ladi. 

Soha  mutaxassislarining  ana  shunday  amaliy  yordamlari  tufayli “Qadrlar  tayyorlash  bo`yicha  

milliy  dastur”da  ko’rsatilgan  bolalarni  oilada  tarbiyalashdek  bosh  masala hal  qilinadi. 

 

 


TEST  SAVOLLARI. 

 

1. Quyidagi  qaysi  javobda  “Ota-onalar  sizlar  uchun “  burchagida   bo`loshi  lozim  bo`lgan  



hujjatlar  to’g’ri  ko`rsatilgan. 

A. Mashg`ulotlar  jadvali. 

B. Maslahat, mashg`ulotlar  jadvali, taomnoma. 

S. Tavsiya, bolalarning  o`zlashtirish  darajasi,  maslahat, mashg`ulotlar  jadvali, egallashi  lozim  

bo’lgan  bilim, ko;nikma  va  malakalar,  taomnoma. 

D. Taomnoma, maslahat, tavsiya. 

E. To’g’ri  javob  yo’q. 

2. Guruh  ota-onalar  yig’ilishini  qanday  ko’rinishda  o’tkazish  maqsadga  muofiq. 

A. Ma`ruza  o`qish 

B. Trening  o`tkazish, krasvord  yechish, anketa  savollarini  to`ldirish. 

S. Krasvord  yechish 

D. Anketa  savollarini  to`ldirish. 

3. O’zlashtirish  darajasini  aniqlashda  agar  bolangiz  19  ball  to’plagan  bo’lsa, uning  

o`zlashtirish  foizi  qancha  bo’ladi? 

  A. 58%              S. 42 % 

  B. 38 %             D. 50 %  

4. Oila  sharoitida  bolalarni  maktabga  tayyorlash  qanday  dastur   asosida  amalga  oshiriladi. 

A. Qisqartirilgan, ixchamlashtirilgan  alohida  dastur  asosida. 

B. Oila  sharoitida  ham, MTM  da  ham  yagona  dastur  asosida. 

S. Hech  qanday  dasturga  amal  qilmagan  holda. 

D. Oilada   bolani  maktabga  tayyorlash  shart emas. 

5. Sog`lom  avlod  bo’lishi  nimalarga bog’liq 

A. Ota-ona  sog’lom  bo’lishiga  

B. Bola  tarbiyasiga  yetarlicha  e`tibor  berilishiga. 

S. Oilada  sog’lom  turmush  tarzini  shakllantirishga. 

D. Oila,bog’cha, barcha  o`quv  muassasalari,  mahalla  va  jamoat  joylarida   sog`lom  turmush  

tarzini  shakllantirishga. 

 

 



 

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling