Mtm tarbiyachilari kursi uchun mo’jallangan 13 mavzudan iborat ushbu ma’ruzalar jamlanmasi Xorazm


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana14.05.2020
Hajmi0.99 Mb.
#105883
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar talim-tarbiyasiga qoyiladigan davlat talablari


Test savollari: 

1.  1-2 yoshli bolalar guruhida bola;ar soni nechta bo`lishi kerak? 

A.  15ta 

B.  12ta 

C.  10ta 

D.  6ta 


2. Qizil, sariq, yashil, ko`k ranglarni farqlash necha yoshli bolalarga vazifa qilib berilgan? 

                  A. 2 yoshli 

B. yoshli 

C. 3 yoshli  

D. 1 yoshli 

3. 3-4 xil rangning nomini aytish necha yoshli bolalarga vazifa qilib berilgan? 

A. 4 yoshli 

B. 3 yoshli 

C. 2 yoshli 

D. 1 yoshli 

4. Quyidagilardan qaysi biri 2-3 yoshli bolalar bajarishi lozim bo`lgan harakatlar? 

A. 10 sm balandlikdan sakrash 

B. 20 sm balandlikdan sakrash  

C. 3m masofaga emaklash 

D. 15-25 sm balandlikdan hatlab o`tish. 


5. Necha yoshda bola o`zi mustaqil kiyinib bilishi kerak? 

A. 1 yoshda 

B. 2 yoshda 

C. 3 yoshda 

D. 4 yoshda 

6. Ilk yoshli bolalar uxlaydigan xonaning harorati qancha bo`lishi kerak? 

A. 18% 

B. 15% 


C. 20% 

D. 22% 


7. Tubandagi o`yinlardan qaysi biri ilk yoshli guruhda o`ynatilmaydi? 

A. “Munchoqlarni tuzish” 

B. “Jo`jachani yashiramiz” 

C. “Juftini top” 

D. “Bo`sh katakni to`ldir” 

8. Kichik guruh bolalari necha metr masofani tez yugurib o`tishi kerak? 

A. 6 metr 

B. 20 metr 

C. 25 metr  

D. 30 metr 

9. Tubandagi qaysi vazifa kichik guruhga taalluqli? 

A. To`g`ri to`rtburchak bilan tanishtirish 

B. Kecha bugun, ertaga tushunchalarini o`rgatish 

C. 5 ichida 2 to`plamni taqqoslash 

D. Toti, bulbul, boyo`g`li bilan tanishtirish 

10. Ertaga, kunduzi, kechqurun, kechasi tushunchalari qaysi guruhda o`rgatiladi? 

A. maktabda tayyorlov guruhida 

B. o`rta guruhda 

C. katta guruhda 

D. kichik guruhda 

11. Qaysi vazifa kichik guruhga taalluqli? 

A. mushuk, kuchuk, jo`ja bilan tanishtirish 

B. quyuq va suyuq ovqatni mustaqil yeya olishda o`rgatish 

C. bo`ri, quyon, tulki, ayiq bilan tanishtirish 

D. 3-4 xil rangni ajratishda o`rgatish 

12. Tubandagilardan qaysi biri kichik guruhga taalluqli emas? 

A. arra, tesha, bolta, egov, ombur nomlari bilan tanishtirish 

B. kuchuk, mushuk, sigir, qo`y, echki, ot bilan tanishtirish 

C. chumchuq, kaptar, musicha bilan tanishtirish 

D. chumoli, kapalak bilan tanishtirish 

13. Q.Muhammadiyning “Kichkina qushcha” sheri qaysi guruhda berilgan? 

A. o`rta guruh 

B. kichik guruh 

C. katta guruh 

D. maktabda tayyorlov guruh 

14. Kichik guruh bolalari qanday mavzular bo`yicha qurish-yasashga o`rgatiladi. 

A. gugurt qutichalaridan mebellar yasash 

B. korzinkalar yasash 

C. “Uycha”, “Zinapoya”, “Uzun yo`l”, “Kuchukchaga uycha” 

D. “Qayiqcha”, “shapkacha” yasash  

 

 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



3-Mavzu: “Uchinchi ming yillikning bolasi” dasturidagi o`rta va katta yosh davri tahlili 

 

MTM tarbiyachilari qursi uchun (2 soat) 



Maqsad:  Dasturdagi    o`rta  va  katta  guruhda  jismoniy  rivojlantirish,  nutqi  va  tafakkurini 

rivojlantirish,  ma`naviy  kamolatini  ta`minlash  bo`yicha  yil  davomida  bolalarda  hosil  qilinishi  lozim 

bo`lgan bilim, ko`nikma, malakalar haqida tinglovchilarda tasavvurni shakllantirish. 

Tayanch  so`zlar:    asosiy  harakatlar  bo`yicha  me`yorlar,  buyuk  siymolar  (Amir  Temur,  Alisher  Navoiy, 

Z.M.Bobur sanash  katta-kichik, past-baland, uy va  yovvoyi  hayvonlar qushlar qayerda o`sishi,  ertaklar, 

she`rlar, rivoyatlar.  

Kutiladigan  natija:  o`rta  va  katta  guruh  bolalarida  tarbiyachining  o`rganilishi  lozim  bo`lgan  vazifalarni 

bilishi va tegishli bilim, ko`nikma hosil qilishlariga erishish.  



Reja:  

1.  O`rta va katta guruh bolalar jismonan rivojlantirish bo`yich dastur vazifalari  

2.  Nutqi va tavakkurini rivojlantirish bo`yicha dastur vazifalari  

3.  Ma`naviy yetukligi bo`yicha amalga oshiriladigan vazifalar. 



Jihoz:  sariq,  pushti,  oq  rangdagi  doiralar,  rangli  qalamlar,  flamasterlar,  rangli  qog`ozlar,  qaychi, 

yelim. 


Dars  usuli:    tinglovch  ilarga  sariq,  pushti,  oq  rangdagi  doiralar  tarqatiladi  va  uchta  guruh  joyda 

ajratiladi. “Sariq doiralar” guruxi o`rta va katta guruh bolalarini jismonana rivojlantirish usullari, “Pushti 

doiralar” guruhi o`rta va katta guruh bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantirish, “Oq doiralar” guruhi 

bolalarni  ma`naviy kamolatini ta`minlash masalalari bo`yicha o`z guruhini himoya qiladilar.  

Guruh  a`zolari  o`z  muammosining  mazmun  mohiyatini  tushuntirishda  ro`lli  o`yinlardan, 

reklamalardan,  tasviriy  ellyustrasiyadan,  ish  o`yinlaridan  foydalaniladi.  Guruh  chiqishlardan  keyin 

o`qituvchi taxlil qiladi, qo`shimcha kiritadi, xulosalaydi.  

 

Foydalanilgan adabiyotlar. 



 

1.  ‘’Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim - tarbiyasiga  qo’yiladigan davlat talablari”. 

2.  “Uchunchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturi.  

3.  Barkamol avlod - O`zbekiston taraqqiyot poydevori. 

 

1. O`RTA GURUH BOLALARINI JISMONAN RIVOJLANTIRISH 

 

Bola  4  yoshdan  oshgach,  uning  jismoniy  o`sishi  yana  birmuncha  jadallashadi.  Chunonchi, 



bolaning bo`yi 4 yoshdan 5 yoshgacha 6-7 smga o`sadi. Bu yoshdagi bola g`oyat serharakat tirishqoq va 

tinib-tinchimas  bo`ladi.  U  ko`p  o`ynaydi,  harakatda  bo`ladi.  U  ishlarda  bajaonidil  ishtirok  etadi.  Bu 

yoshdagi bolalarning sog`lom va erkin o`sishda ularni to`g`ri ovqatlantirish, uxlatish, quvnoq kayfiyatda 

bo`lishini  ta`minlash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bolalarning  o`ta  qo`zg`aluvchanligi  ularni  toliqishga 

olib  kelsa  kamharakatlik  jismoniy  rivojlanishini  susaytiradi.  Shuning  uchun  ham  ota-ona  hamda 

mutasaddi kishilar bolalarning harakati va hordig`I me`yorida bo`lishiga alohida e`tibor qilishlari zarur.  

Bolalarning jismoniy rivojlanishida o`yin alohida ahamiyat kasb etadi.  

Bolalarni  jismoniy  mashqlarni  bajarishga  o`rgatish.  Bolalarni  tovonda,  oyoq  uchida,  mayda  va 

katta qadamda yurish, yurishdan yugirishga o`tish, oyoq tovonida va oyoq uchida yurishga o`rgatish.  

Bolalarni 40-60 metr masofaga to`xtamasda yugirishga, 20-25 metr masofani tez yugurib o`tishga 

o`rgatish. 

Bir  joyda  turib  20-25  marta  sakrab,  balandligi  20-25  sm  bo`lgan  buyum  (to`siq)  lardan,  oralig`I 

40-50 sm bo`lgan chiziqlardan sakrab o`tish mashqlarini bajarishga o`rgatish.  

To`p  va  chambarakni  dumalatish,  ularni  yuqoriga  irg`itib  ulib  olish,  o`zaro  bir-biriga  irg`itishga 

o`rgatish. 

Qo`l va yelkani rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish, jumladan qo`llarni tirsakdan bukib aylanma 

harakat  qilishga    kursiga  tayangan  holda  mashqlar  bajarishga  o`rgatish,  oyoqlarni  rivojlantiruvchi 

mashqlarni o`rgatish. Buyumlarni oyoq kaftlari bilan bir joydan  boshqa joyga olish mashqlarini bajarish.  



Gavdani  rivojlantiruvchi mashqlarni o`rgatish. Jumladan,  tayanib o`tirgan holda oyoqlarni bukib 

ko`tarish, oyoqlarni chalishtirib  o`tirib turish,  tizzada turib  belni harakatlantirish mashqlarini  bajarishga 

o`rgatish.  

Jismoniy  mashqlarni    bajarishga  bolalarning  jinsiga  hos  hususiyatlarni  inobatga  olinishi  lozim. 

O`g`il bolalar uloqtirish, dumalatish kabi bevosita jismoniy kuch talab  etiladigan mashqlarni bajarsalar, 

qiz bolalar chaqqonlikni,  epchillikni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug`ullanishlari zarur. 

Bolalarni  jismoniy  rivojlantirish  maqsadida  quyidagi  harakatli  o`yinlar  tavsiya  etiladi:    “Do`ppi 

tashlar”,  “Bog`bon”,  “Uchdi,uchdi,  sakradi”,  “Oq  terakmi,  ko`k  terak”,  “Qushim  boshi”,    “Qopqon”, 

“Do`ngdan-do`ngga”,  “Xo`roz”,  “Qo`chqor”,  “Tramvay”,  “Daladagi  qo`zichoq”,  “Quyoncha  hamon 

o`tiribdi”, “Tulki tovuqxonada”, “G`ozlar-g`ozlar”, “Ot o`yini”, “Arg`imchoq o`yinlar”.  

 

KATTA GURUH  BOLALARINI  JISMONAN  RIVOJLANTIRISH. 

 

Bolalarni  jismonan  mashqlarni  muntazam  bajarishga  o`rgatish.  Sport  turlari  bilan  tanishtirish 



hamda ularning u yoki bu sport turiga bo`lgan qiziqishlarini  aniqlash va rivojlantirish. Sport o`yinlarini 

o`rgatish jismoniy mashqlar qilishga odatlantirish. Katta – katta qadam tashlab yurishga o`rgatish. Yarim 

o`tirgan  holda  tovonda  va  barmoq  uchlarida  turish,  oyoq  yonlariga  tayanish.  Qo`llarni  turli  harakatli 

yo`naltirishga,  oyoqlarni  chalishtirib  qadamlar  oralig`idagi  masofani  o`zgartirib  borishga,  tizzalarni 

baland  ko`targan  holda  uchlarida,  katta-kichik  qadam  tashlab  yurishga.  To`siqlardan  sakrab  o`tishga 

o`rgatish. 

Bolalarni  emaklab  va  tirmashib  chiqishga  o`rgatish,  birin-ketin  bir  necha  buyumlarning  ustidan 

emaklab  o`tish,  cho`kkalab,  qo`llarni  tizaga  tiragan  holda  skameyka,  kravat,  divan  bo`ylab  orqa  va 

oldinga emaklashga o`rgatish. 

Bir  joyda  yurgan  holatda  ikki  oyoqda  sakrashga,  galma-gal  almashtirib  bir  oyoqda  sakrashga 

o`rgatish. Oldindan siljigan holda 3-4 marta masofani shu zaylda sakrab o`tish, 20-25 sm balandlikdagi 

to`ziqdan o`tishga o`rgatish.  

Koptokni otishga, ilib olishga, yerda tashlab ikki qo`llab ilib olishga o`rgatish. Bir-biriga koptokni 

otib, uni har xil vaziyatda (turgan, o`tirgan holatda, pastdan, bosh orqasidan, ko`krakdan, yerdan sakrab) 

ilib olishga o`rgatish.  

Qo`llarni  ko`krak  oldiga,  yelkaga  va  yon  tomonga  tutishga,  yon  tomonga  uzatish  tirsakdan 

bukish, oldinga bukish, ikkala qo`lni galma-galdan, va bir vaqtda yuqoriga ko`tarish va orqa  ko`rsatish, 

barmoqlarini  yozish  va  bukish  (musht  qilish  va ochish)  mashqlarini  bajarishga o`rgatish.  Ketma-ket  bir 

necha  marta  o`tirib,  turish,  bunda  qo`llarni  yon  tomonda  va  yuqoriga  zarb  bilan  harakatlantirish 

mashqlarini bajarishga o`rgatish.  

Chalqoncha yotib, oyoqlarini chalishtirib harakat qilishga o`rgatish. Bolalarni jismoniy kamolatini 

ta`minlash  maqsadida  quyidagi  harakatli  o`yinlar  tavsiya  etiladi:  :Ko`z  boylag`ich”,  “Qoch  bolam  qush 

keldi”, “Koptok o`yini”, “Pat”, “Chori chambar”, “Bekinmachoq”, “Doiragacha to`rt”, “Oq soq darg`a”, 

“Biz quvnoq bolalarimiz”, “Oq terakmi, ko`k terak”, “Kim tez o`raydi”, “Buyumni almashtir”, “Ovchi va 

quyoncha”, “Kim oladi-yo, shuginani-yo”, “Zag`izg`on”, “Bo`sh joy”, “Kim uzoqqa sakraydi”, “Do`ppi 

yashirma”, “Xo`rozlar jangi” kabi.  

“Alpomish va Barchinoy” testlarini bajarish.  

1.Bilish.  Yuvinish,  artinish,  cho`milishni  gigiyenik  ahamiyati,  jismoniy  o`yin,  sayr  uchin 

kiyimlarni tanlash.  

Bajara  olish,  jamoada  o`zini  tuta  bilish,  musiqa  jo`rligida  raqs  tushish,  nostandart  buyim  va 

jihozlardan joydalanish.  

Sinov va me`yor turlari.  

 

T/r 

Sinov turlari 

O`lchov birligi 

O`g`il bolalar 

Qiz bolalar 

Mo`kisimon yugirish 



3x10m sek 

10,8 


11,2 

Sakragichda sakrash 



Marta 

18 


20 

Ko`p sakrashlar  



Marta 

14 


10 

Kichik  koptokni  nishonga  5 marta 





uloqtirish 

Joyda uzinlikka sakrash 



Sm 

105 


95 

Gimnastika 



narvoniga 

tirmashib chiqish 

2,0 


1,5 

Osilish va sakrashlar 



 

Bilish 


Bilish 

Suzish (suvdagi o`yinlar) 



Min 

15 


12 

Yaylovlarda sayr qilish 



Km 

15 


12 

10 


Buyumli xarakatli o`yinlar   

Bilish 


Bilish  

 

 



2.O`RTA GURUH BOLALAR NUTQI  VA  TAVAKKURINI RIVOJLANTIRISH.  

 

Bolalarda o`z tug`ilgan joyi, u yerning muhiti haqida aniq tasavvur hosil qilish, buyum va voqea-



hodisalar nomini o`rgatish.  

Bolalarga  tug`ilgan  joyi,  (shahar,  qishloq,  mahallasi)dagi  tarixiy  yodgorliklar  haqida  tushuncha 

berish, xushmanzara joylarga ularning e`tiborini jalb etish.  

Xalqimizning  ayrim  mashhur  shaxslari  (Amir  Temur,  Navoiy,  Bobur  singari)  haqida  tasavvur 

hosil qilish. Ularning  bolaligi haqida rivoyatlar aytib berish. 

Bolalarga “Navro`z” va “Xayit” umumxalq bayramlari haqida dastlabki tushunchalar berish.  

Bolalarning  so`z  boyligini  oshirish  maqsadida  ularga  xalq  ijodi  namunalari  (ertak,  topishmoq, 

xalq  qo`shiqlari)  dan  muntazam  ravishda  o`qib  berish,  ulardagi  ayrim  so`zlar  ma`nosini  izohlab  berish. 

Asarlarning  mazmunini  bolalarga  qayta  so`zlatish.  Tanish  manzaralar,  voqea-hodisalar  haqida  hikoya 

qilib berishga o`rgatish.  

Bolalarga  kichik  she`rlar  yodlatish.  Ertaklarda  ishlangan  rasmlarning  mazmunini  izohlashga 

o`rgatish ertak, hikoya va she`rlarni, ularga ishlangan rasmlarning mazmunini izohlashga o`rgatish ertak, 

hikoya  va  she`rlarni,  ularga  ishlangan  rasmlarni  bir-biriga  farqlashga  o`rgatish.  Kichik  asarlarni  qayta 

so`zlab berishga o`rgatish.  

Bolalarning mantiqiy tafakkurini va hisoblash malakasini o`stirish. Bolalarni atrofdagi buyumlar 

bilan bog`liq ravishda o`ngacha sanashga o`rgatish. Bir joyda turgan buyumlarni tartib soni bilan atashga 

o`rgatish.  

Soni o`ngacha bo`lgan ikki guruhdagi buyumlar sonini taqqoslash, qaysi guruhdagi buyumlar soni 

ko`pligini yoki tengligini aniglashga o`rgatish.  

Buyumlarni  yonma-yon  qo`yib  shakliga,  katta-kichikligi,  past-balandligiga,  qalin-yupqaligiga 

ko`ra  farqlashga  o`rgatish,  o`yinlar  tashkil  etish.  Bolalarda  o`yin  qoidasiga  rioya  qilish  malakasini 

tarbiyalash. 

4 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan bolalarga o`ynash uchun quyidagi o`yinlar tavsiya etiladi. “Sariq 

Xolam  mehmonga  keldi”,  “Darvoz”,  “Chir  aylanma”,  “Uloq”,  “Shifoxona”,  “Sartaroshxona”, 

“Haydovchi-haydovchi”,  “Ko`rpa  kuydi”,  “Oymomi-yo  taroq”,  Nimani  pati?”,  “Do`kon-do`kon”, 

“Dengiz va cho`l”, “Qovoqari va asalari”, “Kitoblar suhbati”, “Xilini top”, “Gulchambar”, “Mevalar va 

barglar”,  “Mazasini  top”,  “Onasini  top”,  “Tapur-tupur  qayrag`och”,  “Sochini  uchi  qo`ng`iroq”, 

“Toychog`im”. 

  

KATTA GURUH BOLALAR  NUTQI  VA  TAVAKKURNI RIVOJLANTIRISH. 

 

Bolalarda  vatanga  muhabbat  hissini  shakllantirish.  O`zlari  yashayotgan  shahar  qishloq,  mahalla, 

ko`cha  haqida  ma`lumot  berish.  Ularning  nomi  bilan  bog`liq  tavsilotlarini  izohlash.  Tevarak  –atrofdagi 

yodgorliklar,  tarixiy  obidalar  bilan  tanishtirish.    O`zbek  xalqining  og`zaki  ijodi  namunalari  asosida 

bolalar qalbida o`z millatiga mehr-muhabbat, milliy iftixor tuyg`ularini uyg`otish. 

Vatanimizdagi  tarixiy  yodgorliklar  aks  ettirilgan  minatyuralar,  rangli  ramzlar  va  albomlar  bilan 

tanishtirish. Vatanni  tanish va o`lkashunoslikka oid quyidagi o`yinlar o`ynashga o`rgatish tavsiya etiladi 

.  “Shahar,  shahar”,  “Shahar  bo`ylab  sayohat”,  “Bu  kimning  bayrog`i”,  “Toshkentdan  (Buxorodan) 

mehmon”,  “Nima  qayerda  o`sadi?”  “Oila”,  “Qovuningizni  poyla”.  Bolalarning  so`z  boyligini  oshirish. 


Bolalar  lug`atidagi  so`zlarni  faollashtirish,  qisqa-qisqa  qiziqarli  savollar  berib,  gapirtirishga  undash. 

Jumladan bolalarga “Bog`ingizda qanday daraxtlar bor?” , “Polizda nimalar o`sadi?” , “Ko`chada qanday 

mashinalar yuradi?”, “Hovlimizda qaysi gullar o`sadi?” kabi savollar bilan murojaat qilish kerak. 

Bolalarda nutqning gramatik jihatdan shakllanishini ta`minlash.  Ularning nutqini tovush tempini 

shakllantirish. Bolalarning nutq tovushlarini o`zaro bir-biridan farqlagan holda to`g`ri talaffus etishlarini 

ta`minlash.  Bolalarda  so`zlardagi  har  bir  nutq  tovushini  alohida  va  boshqa  tovushlar  bilan  birgalikda 

talaffus qila olish malakasini shakllantirish. 

Bolalarning mantiqiy tafakkurini  va hisoblash malakasini o`stirish. Bolalarning 10  gacha sanash 

malakasini mustahlamlash. “Nechta” , “Nechanchi”, kabi savollariga to`g`ri javob berishga o`rgatish. 5 

gacha bo`lgan sonni o`zidan kichik bo`lgan 2 ta songa (buyumlar misolida) ajratish. Masalan: “Senda 5 

ta olma bor, 2 tasini ukangga berding, o`zingda nechta qoldi?” – degan savol bilan murojaat qilish.  

5 ichida barmoq, sanoq cho`pi va buyumlar yordamida qo`shish va ayirishni o`rgatish. Bolalarda 

hafta  kunlarining  ketma-ketligini  aytishga  o`rgatish.  Bolalarning  mantiqiy  tafakkurini  o`stirish 

maqsadida  didaktik  o`yinlar  va  mashqlar  tavsiya  etiladi.  “Yetadimi?”,  “Ko`p  oz,  shuncha”, 

“Munchoqlarni ipga tizing”, “Poyezd tuzing”, “Zina poya”, “O`z soningizni eslab qoling”, “Darvozadan 

o`ting”, “Boshqa qo`limda nechta”, “Jim”, “Qaysi biri haq”, “Bir-biriga qarab”, “Kim ziyrakroq”.  

Bolalarning  iqtisodga  oid  tushunchalarni  kengaytirish.  Ijtimoiy  turmushga  bosqichma-bosqich 

moslashishni ta`minlash maqsadida bolalarga dastlabki iqtisodiy tushunchalarni o`rgatish, ularga zaruriy 

va  hayotiy  ehtiyojlar,  jumladan,  kiyinish,  ovqatlanish  va  o`yinga  doir  hamda  yashash  uchun  zaruriy 

shart-sharoitlar yaratishga oid harakatlar haqida tushuncha berish.  

Bozor,  do`kon,  sotuvchi  xaridor  haqida  tushuncha  berish.  Pul  ular  orasidagi  asosiy  muamola 

vositasi  ekanligini  anglatish.  Sotuvchi  va  xaridor  o`rtasidagi  muamola  madaniyati  haqida  tushuncha 

berish,  bozor  vado`konlarning  turlari  )oziq-ovqat,  kiyim-kechak,  o`yinchoqlar,  xo`jalik  mollari  kabi) 

haqida dastlabki tushuncha berish.  

Bolalarning  pul  haqidagi  tasavvurini  rivojlantirish.  Pul  sotuvchi  va  xaridor  o`rtasidagi  muamola 

vositasi ekanligi, pulni tejamli sarflash zarurligini tushuntirish. Savdo qilishni o`rgatish.  

Bolalarga tevarak – olam va tabiat hodisalari haqida ma`lumot berish. Yer, osmon, oy, yulduzlar, 

havo, suv, bulut, yog`ingarchilik, tuman,, shamol, chaqmoq, momoqoldiroq kabi tabiat hodisalari haqida 

tasavvur hosil qilish. 

Jonli tabiat o`simlik va hayvonot dunyosi bilan yaqindan tanishtirish.  

Manzarali daraxt (tol, terak, chinor, tut, qayrag`och, archa) mevali daraxtlar (olma, o`rik, shaftoli 

va  boshqalar)  dala  o`simliklari  (paxta,  piyoz,  lavlagi,  kungaboqar,  buyg`doy  va  boshqalar)  buta 

o`simliklari (na`matak, malina, maymunjon) kabi nomlarini va ularni o`zaro farqlashga o`rgatish.  

Bolalarda tabiat go`zalligidan zavq olish tuyg`usini tarbiyalash. O`simliklarga ziyon yetkazmaslik 

(daraxt  shoxlarini  sindirmaslik,  o`t-o`lanlarni  bosmaslik,  atrof  muhitni  iflos  qilmaslik  kabilar)ni  ongiga 

singdirish.  Uy  hayvonlari  bilan  yaqindan  tanishtirish.  Ularni  parvarish  qilishga  o`rgatish.  Yovvoyi 

hayvonlar (hayvonot bog`iga sayr qilish, rasmlar, multfilmlar va  boshqa teleko`rsatuvlar tomosha qilish 

yordamida)  bilan  tanishtirish,  hayvonlarning  (maymun,  yo`lbars,  sher,  bo`ri,  tulki,  fil,  olmoxon,  kiyik, 

bug`I kabilarning) nomlarini aytishga o`rgatish.  

Bolalarning  qushlar  haqidagi  tasavvurlarini  kengaytirish.  Qushlarning  yashash  tarzi,  o`troq 

qushlar,  ayrim  qushlarning  (qaldirg`och,  laylak,  turna  va  boshqalar)  bahorda  uchib  kelishi,  kuzda  issiq 

o`lkalarga uchib ketishi. Qarg`aning kuzda kelishi va bahorda ketishi haqida ma`lumot berish.  

Yo`l  harakati  qoidalari,  yo`lovchilar  uchun  ko`rsatilgan  joylardan  yo`lni  kesib  o`tish,  yerdagi 

transportlar, suv transporti(kema, paraxod)  hamda havo transporti (samolyot, vertalot) ular harakatining 

bir-biriga nisbatan tez yoki sekinligi  to`g`risida tushuncha berish.  

Bolalarda  mehnatsevarlik,  mustaqillik  mehnati  natijasidan  qoniqish  sifatlarini  shakllantirish. 

Bolalarni  muntazam  ravishda  uy-ro`zg`or  ishlariga  jalb  qilish.  Qiladigan  ishlarni  rejalashtirishga  o`z 

faoliyatini  nazorat  qilishga,  topshririlgan  ishni  sidqidildan  va  sifatli  bajarishga  o`rgatish.  Mehnat 

qurollarini ehtiyotlab saqlashga o`rgatish.  

Bolalarda  maqsad  sari  intilish,  intizomlilik,  saranjom-sarishtalik  kabi  fazifalarni  shakllantirish, 

foydalangan  buyumlarni  toza  va  saranjom  tutishga  o`zgalar  mehnatini  qadrlashga  o`rgatish.  Ularda  o`z  

jinsiga    taaluqli  bo`lgan  mehnat  turini  payqash  madaniyatini  shakllantirish.  Birovlarning  eslatishlarsiz 



o`ziga  tegishli  yumushlarni  bilib  olishga  odatlantirish.  Qirqib  yopishtirish  yo`li  bilan  naqshlar,  uy 

ro`zg`or buyumlari, har xil hayvon, qush, hashorot hamda darsxtlarning shaklini yasash. Qog`oz karton, 

lego, turli konstruksiyalardan har xil o`yinchoqlar yasashga o`rgatish.  


 

3. O`RTA GURUH BOLALARINING MA`NAVIY KAMOLATINI TA`MINLASH  

 

Bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish. Ularda kiyinish, yechinish, sochlarini tarab qo`yish 

etkazish kabi hislatlarni tarkib toptirish. 

Kiyimlardagi  nuqson  (loy  sachrash,  choki  so`kilishi,  tugmasini  tushib  qolishi)ni  o`z  vaqtida 

sezish, uni kattalar yordamida bartaraf qilishga odatlantirish.  

Shaxsiy  gigiyena  (qo`lni  sovun  bilan  yuvish,  tirnoqlarini  tozalash,  iflos  narsalarga  qo`l 

tekkizlaslik kabilar) qoidalariga rioya qilishga o`rgatish.  

Uyqudan  keyin,  ovqatlanishdan  oldin,  yumush  bajargandan  so`ng  suvni  isrof  qilmasdan 

yuvinishga o`rgatish. Qo`l, oyoq va badan uchun foydalaniladigan sochiqlarni  farqlashga o`rgatish.  

Ertalab yuvinmasdan kattalarga salom berish hurmatsizlik ekanligini anglatish.  

Kiyimlarni  tez  va  to`g`ri  kiyib  yechishga  odatlantirish.  Tengdoshlari  kiyimdagi  va 

tartibsizliklardan ohista ogohlantirishga o`rgatish. Ko`chada qog`oz va boshqa ortiqcha narsalarni yerga 

tashlamaslik, ularni belgilangan joyga tashlashga o`rgatish.  

Bolalarda  atrofdagi  kishilarga,  o`rtoqlariga  nisbatan  xushmuomalalikni  shakllantirish.  Ko`chada 

jamoat  joylarda,  mehnonda  tartib-intizomli  bo`lishga  odatlantirish.  Xonaga  kirganda  oyoq  kiyimini 

yechishga va atrof joyiga tartibli qo`yishga o`rgatish.  

O`zidan  katta  yoshdagilarga  “siz”lab  murojaat  qilishga  o`rgatish.  Katta  yoshdagi  kishilarga 

hurmat  bilan  salom  berishga,  uxlashga  yotayotganida  xushmuomalalik  bilan  “Otajon,  onajon,  yaxshi 

yotib  turing”,  deb  tilak  bildirishga  odatlantirish.  Kattalar  va  tengqurlari  ko`magiga  minnatdorchilik 

bildirib,  “raxmat”    aytishga  o`rgatish.  Tengdoshlari  va  o`zidan  kichiklarga  e`tiborli  bo`lish,    yordam 

berish, saxiylik, mehribonlik, g`amxo`rlik qilishga o`rgatish.  

Tengqurlari va o`zidan kichiklarning ismini to`liq aytishga, o`zidan kattaroq yoshdagilarga “aka” 

yoki “opa” so`zini qo`shib aytishga o`rgatish.  

Bolalarda  mehnatsevarlik  va  mustaqillik  sifatlarini  rivojlantirish.  Xonani  saranjom-sarishta 

tutishga,  xona  anjomlarini  joy-joyiga  qo`yishga,  o`yinchoqlarning  faqat  kerakligini  olib  o`ynashga 

odatlantirish. 

Xontaxta, kursi, divan, kreslo, shkaf, ko`zgu kabilar bilan tanishtirish. Duradgorlik asboblarining 

(arra, tesha, bolta, egov, ombur) nomlarini va vazifalarini o`rgatish.  

O`g`il  bolalarni  uy  hayvonlarini  parvarishlash,  suv  keltirish,  axlat  to`kish  kabi  uy  yumushlariga 

o`rgatish. 

Bolalarda kattalar mehnatiga qiziqish va hurmat hissini shakllantirish. Kattalar mehnati haqidagi 

tushunchalarini  kengaytirish.  Uy-ro`zg`or  yumushlarini  bajarishga  kattalarga  yordam  berishga 

odatlantirish. 

O`simlik  va  jonivorlarni  parvarishlashga  (o`simliklar  tagini  yumshatish  va  sug`orish,  tovuq  va 

qushlarga don, suv berish, kabilar) meva va sabzavotlarni yig`ishtirishda yordam berishga o`rgatish.  

Buyumlarni  va  rasmdagi  shakllar  (doira,  kvadrat,  uchburchak)ni  bir-biridan  farqlash,  ularning 

qanday shakllarda ekanligini aytishga o`rgatish. 

To`g`ri  to`rtburchak  bilan  tanishtirish,  tayoqchalardan  to`g`ri  to`rtburchak,  kvadrat,  uchburchak 

yasashda  o`rgatish.  Bu  shakllardan  foydalanib,  qo`shimcha-uycha  yasashga  o`rgatish.  Aniq  bir 

yo`nalishni ifodalovchi so`z va qo`shimchalarni o`rgatish. 

Masalan:  oldinga-orqaga,  yuqoriga-pastga,  o`ngga-chapga,  oldinda-orqada,  yuqorida-pastda, 

o`ngda-chapda kabilar.  

Vaqtni ifodalovchi so`zlarni o`rgatish asosida olalargavaqt haqida tasavvur hosil qilish. Masalan: 

kun,  tun,  ertalab,  kechqurun,  kecha,  bugun,  ertaga  kabilar.  Harakat  tarzini  ifadalovchi  so`zlarni  (tez, 

sekin) o`rgatish.  

Sanoq cho`plar to`pi bilan tanishtirish va u bilan ishlashni, kub va shar shakllari nomini o`rgatish. 

Bolalarning  matematik  tafakkurini  rivojlantirish  maqsadida  quyidagi  didaktik  o`yinlar  va 

mashqlar  tavsiya  etiladi:  “Kimga  qancha?”  ,  “Qaysi  o`yinchoq  yashirilgan?”  ,  “Kimga  shuncha?”, 

“Darvozadan  o`ting”,  “Keling  sanaymiz”,  “Qaysi  o`yinchoq,  qaysi  songa  tegishli?”,  “Sharlar”, 

“Tovushiga ko`ra toping”, “Kim tezroq terib oladi?”, “Teskarisini ayting”, “Gulli g`ildirak”, “Miqdoriga 



ko`ra  tanlang”,  “Qo`lingizda  nima  bor?”,  “Katta  va  kichik  narsalar”,  “Qaysi  doirani  qo`yish  zarur?”, 

“Mahsus topshiriq”, “Nima o`zgardi?” , “Kimga nima?”, “Huddi, shunday halqani toping?”, “Unda nima 

bor?”. 

Bolalarga  ilk  iqtisodiy  ma’lumotlar berish. O`yinchoq, konfet, kiyimlar va boshqa narsalarning 



bozor va do`konlar sotib olinishini tushuntirish. Bozor va do`kondagi narsalar sotilishi, haqida tasavvur 

hosil qilish. Pul mehnat evaziga  topilishi haqida tushuncha berish. Pulni topish oson emasligi, uni tejab 

sarflash,  faqat  zarur  narsalar  (kiyim,  kechak,  uy  ro`zg`or  buyumlari,  oziq-ovqatlar,  o`yinchoqlar)  sotib 

olish lozimligini anglatish.  

Bolalarga tabiat va uni asrash zarurati haqida ma`lumot berish. Meva va sabzavotlar(olma, uzum, 

qovun,  tarvuz,  nok,  shaftoli,  o`rik,  olcha,  gilos,  qulupnay,  sabzi,  karam,  pomidor,  piyoz,  kartochka  va 

boshqalar)  nomlarini,  shaklini,  rangini  va  ta`mini  aytib  berishga  o`rgatish.  Ulardan  qaysi  biri  qayerda 

(daraxtda,  polizda,  kabi)  o`sishi  haqida  tasavvur  hosil  qilish.  Gullar  bilan  tanishtirishda  davom  etish. 

Ularning  nomlarini  to`g`ri  aytishga,  rangi  va  o`ziga  xos  belgilarni  ajrata  olishga  o`rgatish,  xona  gullari 

haqida  ma`lumot  berish,  ulardan  ayrimlarini  nomini  aytishga  o`rgatish,  ularni  parvarish  qilishga 

o`rgatish.  

Uy  hayvonlari  (mushuk,  kuchuk,  sigir,  qo`y,  echki,  ot  va  boshqalar)  va  ularning  bolalarini 

nomlarini  aytishga  o`rgatish.  Har  qaysi  uy  hayvoni  nima  oziqlanishi  haqida  tasavvur  hosil  qilish. 

Ularning o`ziga xos xususiyatlari (yurish, ovoz chiqarish)ni o`rgatish.  

Qushlar  (chumchuq,  musicha,  kaptar,  to`ti,  bulbul,  boyo`g`li,  qaldirg`och,  qarg`a  va 

boshqalar)ning nomi katta-kichikligi, rangi, qanday ovoz chiqarish, qanday, nima bilan oziqlanishi, bilan 

tanishtirish.  

Baliq,  qurbaqa,  ilon,  toshbaqa,  tipratikon,  tovuq,  o`rdak,  g`oz  kabi  jonivorlar  hayoti  bilan 

tanishtirish. 

Bolalarda jonli tabiatga nisbatan mehribonlik hissini tarbiyalash, ularga daraxt shoxiga osilmaslik, 

tosh otmaslik gullarni uzib tashlamaslik zarurligini anglatish.  

Ta`limiy  o`yinlar  vositasida  bolalarning  nutqini  o`stirish  va  tafakkurini  rivojlantirish.  Bolalarga 

turli  qiziqiqarli  o`yinlar  o`ynatish  sahnalashtirilgan  kichik  ertaklar  asosida  bolalarga  dumaloq,  to`g`ri 

to`rtburchak  va  uchburchak  shakliga  o`xshash  narsalar  (meva,  sabzavot,  o`yinchoqlar)ni  qog`ozning 

butun sathini joylashtirib tasvirlashni o`rgatish.  

Bolalarning  loy  plastinlin  bilan  ishlash  malakalarini  o`stirish.  Loy  plastinlindan  yumaloq, 

uzunchoq, tuxumsimon shakllarni yasashga o`rgatish. Loy bilan ishlash yo`llari bilan yaqindan tanishtira 

borish:  barmoqlar  bilan  (yaqindan)  tasvirning  mayday  qismlarini  chimdish,  yapaloqlangan  shakllarning 

chetlarini buklash va boshqalar.  

Loy  bo`lagini  kaftlar  orasiga  olib  aylantirish  orqali  yumaloq,  tuxunsimon,  ustuncha  shaklidagi 

narsalar (olma, sabzi, bodring, tuxum, baliq, toshbaqa, xo`roz va boshqalar)ni yasashga o`rgatish. 

Bolalarni  qog`oz  va  kartondan  tasvirlar  qirqib  yopishtirish  usuli  bilan  tanishtirish.  Qirqib 

yopishtirish  usulida  sodda  ko`rinishdagi  turli  shakllarni  yasash  orqali  bolalarning  tasviriy  faoliyatini 

rivojlantirish. 

Qirqilgan  qog`oz  va  karton  bo`laklarini  bir-biriga  yelimlab  biror  narsaning  tasvirini  yasashga 

o`rgatish. 

Qirqib  yopishtirish  bo`yicha  quyidagi  topshiriqlarni  bajarish  tavsiya  etiladi.  “Kvadrat”, 

“Doiracha”,  “Barglar”,  “Gullar”,  “O`yinchoq  mashina”,  “Sandiqcha”,  “Bayroqcha”,  “Daraxt”,  “Uy”, 

“Narvon”, “Panjara”. 

Qog`oz  yoki  kartonni  qirqishda  qaychi  (bolalar  uchun  maxsus  uchi  to`tmoq)  plasmassa, 

qoplangan) I to`g`ri ushlash va ishlatishni, kvadrat shaklini qirqishni, kvadratdan doira shaklini qirqishni 

o`rgatish.  

Qirqish-yasash ishiga bolalarning qiziqishlarini rivojlantirish. 

Ularning shakli va o`lchamli har xil bo`lgan taxtachalar uzun va qisqa, keng va tor, uchburchak va 

to`rtburchak,  katta  va  kichik  taxtachalar  bilan  tanishtirish.  Bu  materiallardan  soda  ko`rinishdagi 

shakllarni qurish va yasashga o`rgatish.  

Bolalarning musiqiy faoliyatini rivojlantirish. Ularni musiqa cholg`u asboblari bilan tanishtirishda 

davom etish.  



Doirachalar va shiqildoqlardan foydalanib, turli ohangli usullarni chalishga o`rgatish.  

Musiqa  asboblari  ohangiga  mos  ravishda  chaqqon  harakatlanish  va  ohista  yurishga  odatlanish. 

Oyoq uchiga yurib, qo`llar mayin harakat qilishga o`rgatish.  

Musiqa  ostida  harakatlarni  mustaqil  boshlash  va  tugallashga  o`rgatish.  Musiqa  va  qo`shiq 

ohangiga mos holda yengil yugirib to`xtash malakasini hosil qilish.  

Musiqa  ritmik  k`onikmalarni  shakllantirish,  raqs  usullarini  ifodali  ijro  etishga  o`rgatish.  Musiqa 

mashg`ulotlari  uchun  quyidagi  musiqa  asarlari  tavsiya  etiladi:  o`zbek  xalq  kuyi  –  “Yallama  –  yorim”, 

“Andijon polkasi”, - X.Muhamedova – “Qo`g`irchog`im – alla-yo”, F.Nazarov – “Kichkintoylar marshi”, 

I.Akbarov  –  “Ko`za”,  D.Omonullayeva  –  “Childirma”,  Q.Qodirov  –  “Bahtiyor”,  “G`oz-g`oz  turdi”, 

“Paxtaoy”, K.Abdullayev –“Olma”.  

Bolalarga  she`rlar  yodlatish,  go`zallikni  his  etish  tuyg`usini  shakllantirish.  She`rlarni  ifodali 

o`qish yo`llarini o`rgatish.  

Bolalarni  badiiy  didini  o`stirish  maqsadida  quyidagi  asarlar  tavsiya  etiladi.  “Qumursqa”,  “Oltin 

xo`roz”, “Halollik”, “Quyoncha va laylakxon”, “Chivinboy”, “Bo`g`irsoq,(rus xalq ertagi), N.Norqobilov 

– “Do`st”, M.Murodov  – “Ahillikda  gap ko`p”,  T. Adashboyev  – “Qo`g`irchoqni  avaylab”, X.Nazar  – 

“Pal`tocha”, O`.Xotimov – “Tomchi haqida ertak”, Y.Sa`dullayeva – “G`ish”, A.Mahmudov – “Barno”, 

T.Adashboyev  –  “Sichqonning  orzusi”,  Sh.Sa`dulla  –  “Lola  va  mushuk”,  X.Yoqubov  –  “Qor”, 

A.Avloniy – “Taqsim”, “Alisher Navoiyning bolaligi”, “Bobur haqida”, Y.Sa`dullayeva – “Yong`oqjon”, 

Mirmuhsin  –  “Olxo`ri  va o`rik”,  Z.Ibraximov “No`hat  va tuz haqida ertak”,  N.Rahimov  –  “Yalpiz”, T. 

Ortiqxo`jayev  –  “Tushlik”,  X.Rahmat  –  “Quyoncha”,  T.  Yo`ldosh  –  “Qo`g`irchog`im  o`ynasin”, 

P.Muhammadiyorov  –  “Nigora”,    K.Rahim  –  “Dilbar”,  Obid  Rasul  –  “Tinchlik  yashar”,  A.Akbar  –

“Bolarilar”, A.Obidjon – “kapalakning holi”, M.A`zam “Kun vat un” Shirin va baliqcha, “Osmonda oy 

qanday paydo bo`lgan?” , “Tulki bilan xo`roz”(fors xalq ertagi) “Mitti sichqonning katta sarguzashtlari 

(Amerika xalq ertagi), “Kaklikning necha dumi yo`q,(Afrika xalq ertagi).  

Bolalarda  huquqga  doir  eng  datslabki  tushunchalar  haqida  ma`lumot  berish.  Bolalarga 

O`zbekiston  konstitutsiyasida  belgilangan  tartib-qoidalar  va  ularga  rioya  etish  haqida  ilk  tushunchalar 

beish.  Jamoat  joylarida  boshqalar  oldida  o`zini  tutish  odobi  haqida  qarashlarni  shakllantirish,  qilish 

mumkin  bo`lmagan,  odobdan  emas  deb  qaraladigan  harakatlar  haqida  tushunchalar  hosil  qilish, 

so`kinish,  harhasha  qilish,  butun  narsani  sindirish,  toza  narsalarni  kir  qilish  mumkin  emasligini 

singdirish.  

Bolalarda  tasviriy,  san`atga  oid  tushuncha  tasavvur,  ko`nikma  va  malakalarni  tarkib  toptirish. 

Ularda  tasviriy  san`atini  his  etish,  undan  zavqlanish  va  rasmlarda  aks  ettirilgan  qahramonlarga 

munosabat bildirish ko`nikmasini shaklantirish. 

Bolalarda turli ranglardan zavqlanishni, mavzuli rasmlarni idrok etish hissini tarbiyalash. Ranglar 

(qizil,  sariq,  yashil,  ko`k,  jigarrang,  oq,  qora)ni  bir-biridan  ajrata  olishni,  ularni  o`zaro  qiyoslash 

(qizg`ish,  ko`kish,  sarg`ish)ni  o`rgatish.  Rasmlardagi  ranglarning  ifodalilik  xususiyatlaridan 

foydalanishni ranglar orasidan o`ziga ma`qul keladiganini tanlashga o`rgatish.  

Bolalarning  qalam,  flomaster  va  mo`yqalamdan  to`g`ri  foydalanish  malakalarini  shakllantira 

borish.  Bolalarga  qalam  va  mo`yqalamni  ushlash,  mo`yqalamni  bo`yoqqa  botirish,  qalam  va 

mo`yqalamni qog`oz ustiga erkin yurgizish, ish tugagach, mo`yqalamni artib qo`yishga o`rgatish.  

 


Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling