3-rasm. Geologik kartalar
Shartli belgilar yordamida tog’ jinslari va minerallar tarqali-shi tushirilgan birinchi karta 1644 yilda Fransiyalik Kulon tomonidan tuzilgan. 1684 yilda angliyalik Lister tog’ jinslarini ranglar bilan ajratishni taklif qilgan. 1743 yilda Angliyada Paks geologik xarita tuzib unda ko’p tarqalgan tog’ jinslari ranglar va harflar bilan belgilandi. Unda qo’llanilgan shartli belgilarning tavsiflari ilova qilingan. 1743 yilda fransuz Getter Fransiya, Angliya va Germaniyani geologik (o’sha paytda reognostik karta deb atalardi) xaritasi tuzdi. Unda har xil tog’ jinslari, rudalar va minerallar manbalari ko’rsatildi. 18-asrning o’rtalarida Rossiyada ham geologik karta tuzildi. Birinchi marta 1789-1794 yillarda Dorofey Lebedev va Mixail Ivanovlar tomonidan sharqiy Baykalni geologik xaritasi tuzildi. Unda 9 turdagi cho’kindi va o’zgargan jinslar ajratildi.
Hozirgi ko’rinishdagi geologik kartalar,ya’ni tarkibidagi toshga aylangan fauna va floralar orqali yoshi aniqlangan qatlamlar,ularni tarqalishi va qatlamliligi tushirilgan kartalar XIX asr boshlaridan chizila boshlangan.
Demak geologik kartalarda rang, harf, raqam va boshqa shartli belgilardan tashqari tog’ jinslarini yoshi, tarkibi, hosil bo’lishi, yotishi va tarqalish maydonlari ko’rsatilgan bo’ladi.
Tog’ jinslarining yoshi,tarkibi va hosil bo’lish sharoiti geologik kartalarda shartli belgilar bilan ko’rsatiladi. Bu shartli belgilar 3 xildir: 1) rangli, 2) shtrixli, 3) harf va raqamli (indekslar).
Rangli belgilar bilan cho’kindi, vulqonogen va metomorfik tog’ jinslarini yoshini ko’rsatishda foydalaniladi. Intruziv jins-larni belgilashda rang ularni tarkibini ko’rsatadi.
SHtrixli belgilar yordamida jinslarni tarkibi ko’rsatila-di. Bir xil rangli kartalarda shtrixlar bilan jinslarning yoshi va tarkibi ko’rsatiladi.
Harf va raqamli belgilar (indekslar) tog’ jinslarining yoshi va hosil bo’lishini belgilashda foydalaniladi. Intruziv va ba’zi vulqonogen jinslarni tarkibini belgilashda ham harf ishlatiladi.
Indeks asosan lotin xarflari bilan belgilanadi.Birinchi sistemani bosh harfi yoziladi. Uning bo’limi arab raqami bilan sis-tema indeksini pastki qismida ko’rsatiladi. Yaruslar ham kichik lo-tin harflari bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |