Mundarija Kirish I bob. Osiyo tarixi kartografik tadqiqotlariga kirish


Download 1.66 Mb.
bet9/16
Sana09.06.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1467976
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
O‘rta Osiyo tarixiga oid kartografik (автовосстановление)

Muxandislik geologik xaritalarda jinslarning fizik xossalari: g’ovakligi, o’tkazuvchanligi, qattiqlagi va boshqa xossalari, ya’ni biror hududning muxandislik geologik sharoitlari keltirilgan bo’ladi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan xaritalardan tashqari maxsus ixtisoslashgan xaritalar ham tuzilishi mumkin. Ular ma’lum bir aniq maqsadni ko’zlab yaratiladi. Bunday xaritalar jumlasiga muxandislik geologiyasi, paleotektonik, neotektonik, fasial, bashorat qilish va boshqa xaritalar kiradi.
Geologik kartalar masshtabiga qarab 5 turga bo’linadi: Obzorli, mayda miqyosli, o’rta miqyosli, yirik miqyosli va tafsiliy xaritalarga bo’linadi.
Umumiy (obzorli) xaritalar. Ularning masshtabi 1:1000000 va undan kichik bo’lib, bunday xaritalarda regionlar, davlatlar, kontinentlar va er sharining umumiy geologik tuzilishi aks etgan bo’ladi. 
Mayda masshtabli kartalar. Ularning masshtabi 1:500.000, 1:1.000.000 va undan ham mayda bo’ladi. Bu masshtabdagi kartalarda asosan katta maydonni o’z ichiga olgan regionlarning (davlatlar, materiklar, er shari) geologik tuzilishi va foydali qazilmalarning tarqalish qonuniyatlari ko’rsatilgan bo’ladi.
O’rta masshtabli kartalar. Masshtabi 1:100.000, 1:200.000. Bu kartalarda ikkinchi darajali aholi punktlari, yo’llar va h.k. tushirilmaydi. Bu kartalar yordamida asosan maydonlarni geologik tuzilishi o’rganiladi va foydali qazilma boyliklarini zahiralari baholanadi.
Yirik masshtabli kartalar. Masshtabi 1:50.000, 1:25.000. Bunday aniq topografiya asosida tuzilgan bo’lib, ularda rayonning nisbatan aniq geologik tuzilishi, Yangi konlarni ochishdagi imkoniyatlar ko’rsatilgan bo’ladi. Bundan tashqari bu masshtablardagi kartalar qishloq xo’jaligida, shaharlar, imoratlar, gidrostansiyalar qurilishida ishlatiladi.
Tafsiliy (aniq masshtabli) kartalar. Masshtabi 1:25000 va undan yirik Bular maxsus topografiya aossida tuziladi va rayonning aniq geologik tuzilishini, foydali qazilma konlari maydoni, zahiralarini hisoblashda va h.k. da ishlatiladi.


Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling