Muqaddima
ORGANIZMNING ENERGIYA SARFINITEKSHIRISH
Download 4.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Normal Fiziologiya Qodirov
- Bu sahifa navigatsiya:
- GAZLAR ALMASHINUVI — ORGANIZM ENERGETIKASINING KORSATKIGHI (BILVOSITA KALORIMETRIYA)
ORGANIZMNING ENERGIYA SARFINITEKSHIRISH
(KALORIMETRIYA) Organizmda ajralgan energiya qaysi ishga sarflanmasin, oxir-oqibat и issiqlik energiyasiga aylanadi. Bu issiqlikni bevosita vi bilvosita kalorimetriya usullarida aaiqlab organizmning energiya almashinuvi to‗grisida tasavvur olish mumkin. BEVOSITA KALORIMETRIYA Bevosita kalorimetriyada organizmda ajraladigan issiqlik miqdorini aniqlash imkoniyatini beradigan maxsus murakkab apparatlar, ya‘ni kalorimetrik kameralardan foydalaniladi. Bu kamera jips yopiq, issiqliq o ‘ tkazmaydigan devorlardan iborat xona. Kameraning shipiga o'rnatilgan naylardan suv oqib turadi. Kameradagi odam yoki hayvon organizm! ajratgan issiqlik naylardagi suvni ilitadi. Naydan oqib o`tgan suv miqdori va ilish darajasiga qarab, ajralgan issiqlik miqdori hisoblanadi. Tabiiyki, kamerada moladil muhit (havo tarkibi, harorati, bosimi) bo`lishi kerak Bevosita kalorimetriya juda aniq usul. Ammo, kalorimetrik kamera ancha murakkab va beso‗naqay qurilma. Undan turli sharoitlarda, masalan, ish faoliyati jarayonida foydalanish qiyin. Shuning uchun energiyani aniqlashning boshqa usulidan — bilvosita kalorimetriyadan keng foydalaniladi. GAZLAR ALMASHINUVI — ORGANIZM ENERGETIKASINING KO'RSATKIGHI (BILVOSITA KALORIMETRIYA) Organizmda energiya oksidlanish jarayonlari natijasida ajraladi. Bu jarayonlarda kislorod sarflanadi va karbonat aigidrid hosil boladi. Shuning uchun sarflangan 02 va ajralgan C02 miqdoriga qarab, organizmning qancha energiya sarflaganini aniqlash mumkin. Bu usul bevosita kalorimetriya deb ataladi. 220 Bilvosita usul bilan energiya almashinuvining qaysi darajada kechayotganini bilish uchun vaqt birligida yutilgan 02 miqdorini aniqlash bilan kifoyalanish ham mumkin. Shu maqsadda ochiq va yopiq respirator tizimlardan foydalaniladi. Yopiq respirator tizim ma‘lum - hajmdagi sof kislorod toidirilgan spirograf bo`lib, tekshiriluvchi kishi unday nafas oladi, nafasdan chiqqan havo G02 ni yutuvchi ishqor eritmasi solingan idishdan o ‘ tib, qaytib yana spirometrga tushadi Yozib olingan spirogramma kislorod sarfming tezligini ko'rsatadi (56- rasm). 56-rasm. Kislorod o ‘ zlashtirish jarayoni jadalligini yopiq tizim yordamida o ‘ rganish sxemasi. Yopiq respirator tizimlardan ham ko ‘ chma sharoitlarda, turli mehnat paytida foydalanib bolmaydi. Ochiq respirator tizimlar bunday imkoniyat tug‘diradi. Ularda nafas olish va nafas chiqarish yo`llari boshqa-boshqa. Ochiq respirator tizimlardan foydalanib, energiya sarfini aniqlash usullaridan keng tarqalgani — Duglas-Xolden usuli. Bu usul qo`llanganda quyidagi ishlar bajariladi: 1.Ma‘liim vaqtda nafasdan chiqqan havoni yig‘ish. 2. Yutilgan 02 va ajralgan C02 miqdorini aniqlash. 3Nafas koeffitsientini hisoblash. ‗.Kislorodning kalorik ekvivaleitini topish, 5. Sarflangan energiya miqdorini hisoblash. Yutilgan kislorod oqsil, yog ‘ va uglevodlarning oksidlanishiga sarf bo`ladi. Shu moddalardan 1 g oksidlanib, parchalanganda turli miqdorda kislorod sarflanadi va turli miqdorda issiqlik ajralali. 1 g uglevod oksidlanganda ‗,0 kkalga yaqin issiqlik ajraladi, buning uchun 0,83 1 kislorod ketadi. 1 g oqsil oksidlanganda ‗,0 kkalga yaqin issiqlik ajraladi, ammo sarflangan kislorodning miqdori 0,97 i ni tashkil qiladi. 1 g yog` oksidlanganda 9,0 kkal issiqlik ajraladi va 2,03 I kislorod sarflanadi. Bir gramm uglevod, oqsil va yog'ning organizmda oksidlanishi natijasida ajralgan energiya miqdori shu moddalar kalorimetrik bombada yoqilganda ajraladigan energiya miqdoridan biroz kam: yoqilganda 1 g oqsil ‗,35 kkal, 1 g uglevod ‗Д kkal va 1 g yog‘ 9,3 kkal ajratadi. Organizmda oqsil, masalan, oxirigacha oksidlanmaydi. Oqsil almashinuvming qoldiq mahsuloti bolmish siydikchil yoqilganda issiqlik ajratishi mumkin Demak, almashinuv natijasida oqsillardagi potsnsial energiya tola ajralmaydi, 221 Bundan tashqari, iste‘mol qilingan oqsilning 92%, yog‘ning 95% va uglevodlarning 98 %i o ‘ zlashtiriladi. Shularni e‘tiborga olib, fiziologik tadqiqotlarda 1 g uglevod va oqsil ‗,0 kilokaloriyadan, 1 g yog` esa 9,0 kilokaloriya ajratadi,. deb hisoblaydilar. Uglevodlar, yoglar va oqsillarni oksidlash uchun 1 1 kislorod sarflansa, o‗z navbatida 5,05,‘,7‘ va ‗,‘6 kkal ajraladi. Organizmda 1 1 02 sarflanganda hosil bo`lgan issiqlik miqdori kislorodning kalorik ekvrvalenti, deb ataladi. Kislorodning qaysi moddalarni oksidlashiga qarab, bu ekvivalentning miqdori turlicha bo`lishi keltirilgan raqamlardan ko'ritiib turibdi. Demak, qancha energiya sarflanganini hisoblab chiqish uchun organizmda qaysi modda oksidlanganini bilish kerak. Buni nafas koeffitsienti ko'rsatadi. Download 4.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling