«musiqa nazariyasi» kafedrasi


Download 237.77 Kb.
bet22/47
Sana31.03.2023
Hajmi237.77 Kb.
#1311223
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
Bog'liq
МДХ маърузалар матни тайёр

III-parda 1-saxna
Peterburgdagi bal. Taklif qilingan mexmonlar ichida knyaz Gremin va xorijdan qaytgan Onegin xam bor edi.
Knyaz Gremin Oneginni turmush o’rtog’I Tatyana bilan tanishtirdi. Tatyana bu uchraShuvdan olgan xayajonlarini atrofdagilarga sezdirmaydi. Tatyana Oneginni yoniga tashrif buyurganda uning qalbida Tatyanaga nisbatan muxabbat uyg’onadi.
2-saxna
Onegin Tatyana bilan uchrashishni kutdi, unga muxabbat, izxori bilan xatlar yozdi, lekin yozgan xatlari javobsiz qoldi.
Onegin Germinlar xonadoniga borib Tatyanni xonasiga bostirib kiradi. Tatyana xatlarni o’qib yig’lab o’tirgan bo’ladi.
Onegin uning oyog’lariga tiz cho’kib sevishini aytadi. Tatyana esa uni tinch qo’yishini so’rab Shunday deydi. “Men endi birovnikiman, mening taqdirim hal bo’lgan. Men unga bir umr sodiq qolaman” dedi. Shunda Onegin Tatyanani bir umrga yo’qotishni tuShunadi.
MUSIQIY TILI.
Kompozitorning “Yevgeniy Onegin” operasidagi har bir musiqa uning yuqori maxoratidan va psixologik-dramaturgligidan dalolat beradi. Bu operani u Glinkani an’analarini davom ettirgan holda yozadi.Glinka kabi Chaykovskiy ham har bir guruxdagi asosiy obrazlarni o’ziga xos mavzu va intanatsion o’zgarishlarni harakterlab beradi, qaysiki opera davomida rivojlanib vokal partiyalarida ham orkestrda ham qaxramonning musiqaviy so’zi-rechetativi ariyalari, ariozalari o’ziga xos intonatsiyalari bilan keskinlashadi.
Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasining musiqa tili tuShunarli kuychanligi va qalbga yaqinligi bilan ajralib turadi.
Musiqadagi rus lirik romansiga xos sekstali aylanma (ayniqsa V pog’onadan IIIga), aloxida tonlarni kuylash, alterasiyalangan subdaminata garmoniyasi uchraydi.
Tatyana va Leniskiy patiyalari romans intonasiyalariga yaqinligi ko’rinib turadi.
Kompozitor maishiy saxnalarida xar xil dexqon qo’shiqlaridan (1-pardadagi dexqonlar xori) foydalangan, raqs janri-vals (4va6 saxna), polonez va ekocez (6-saxna), mazurka(4 saxna) keng ko’rsatilgan. Opera melodik rivojlanish, sekvension xarakterlardan iborat. Sekvensiya asosida katta emosianal oqimio’soshi beriladi. Musiqa erkinlik va yaxlitlikni tashkil etadi.
Erkin mavzularni ovozdan orkestrga va orkestrdan ovozga o’tishi katta axamiyatga ega. To’la qonli ijro etilmagan qo’shiqni orkestr ochib beradi. Ba’zida orkestrda mavzuni paydo bo’lishi vokal nomerini taqbiq etadi, qaxramonning ichki kechinmalari tanishtiradi.
Tabiatni ifodalashda ham orkestrni roli katta (2-saxna) operada sodir bo’ladigan drammani xaqqoniyligi, aniqlashni ko’rsatib beradi.
Boshqalardan farqli torli sozlar guruxi etakchi rol o’ynaydi, ayniqsa lirik obrazlarda, Shular qatori yog’och cholg’u sozlar tembri keng qo’llanilgan(mas, gaboy va fagot, tong otish saxnasi).
2-saxna. Qishloq rus milliy koloriti jilosi musiqada erkin namoyon bo’ladi.
Mis cholg’u asboblaridan yumshoq tembri bilan valtorna katta ro’l o’ynaydi.
Butun orkestr aniqligi qo’yganligi bilan ajralib turadi. Bu tarafdan Chaykoviskiy Glinka orkestr prinsplarini qo’llaydi.
Chaykovskiy “Yevgeniy Onegin” operasida erkinlik bilan har hil musiqa shakllaridan foydalaniladi. Masalan; ariya, ariya-monolog, arioza, ansanbllar.
San’atdagi o’rni.
Chaykovskiyning “Yevgeniy Onegin” operasi sahnada ilk paydo bo’lishidanoq o’z tinglovchilariga ega bo’ldi. Yevgeniy Onegin shakli va tili bo’yicha birinchi klassik opera edi. U xaqli ravishda XIX asr buyuk rus klassik asarlar qatoridan o’rin oldi. Rus musiqa teatrida paydo bo’lishi realistik an’analarga keng yo’l ochib berdi. Yevgeniy Onegin asarida Chaykovskiy, asarni hamma qirralarini ochishga harakat qilgan. Opera asosida Tatyananing lirik dramasi yotadi, Operaning asosida lirik mavzu yotgani uchun bu operani lirik-psixologik opera deyishimiz mumkin.
Yevgeniy Onegin operasi yozilgan vaqtdan hozirgacha rus va boshqa davlat teatrlari saxnalarida muvaffaqiyatli ijro etilmoqda.

Download 237.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling