Mustaqil ishi mavzu: raxbarlik uslublari reja
Download 62.97 Kb.
|
boshqaruv mustaqil
Sub’ektiv omillar- raxbarning obrusini belgilaydigan shaxsiy sifatlari bѝlib, ularga uning tashabbuskorligi, uziga yuklangan ishni bilishi, prinsipialligi, mustakil uz fikriga ega bulishi, insonparvarligi, mexribonlik va uziga nisbatan talabchan bulishi kiradi. Bular raxbarni obru kozonishining asosiy omilidir.
SHunday kilib, ob’ektiv zamin raxbarga obru kozonish uchun zarur shart-sharoitlar vujudga keltiradi. Birok sub’ektiv omillar, ya’ni raxbarning siyosiy, ma’naviy va ishchanlik sifatlari xal kiluvchi axamiyatga egadir. Sub’ektiv omillar muxim axamiyatga ega ekan, raxbar jamoani ishonchini kozonishi, u xakkoniy, adolatli, tugri suz va xamisha xushmuomala bulishi zarur. Ob’ektiv omillar obru-e’tiborni kulga kiritish uchun zarur shart-sharoitlar yaratsa, sub’ektiv omillar xal kiluvchi axamiyatga ega buladi. Agar raxbar uz xodimlarining ishonchiga ega bulishi uchun tugri, rostguy, doimo berilgan va’daning ustidan chikishi va xar doim bagri keng, xushmuomalali bulishi zarur.SHuningdek, raxbar uz faoliyatini tankidiy baxolashi va muammolarni tugri xal kilish kobiliyatiga xam ega bulishi kerak. Ba’zi bir raxbarlar karorlarni tezda va uzok uylamasdan kabul kilishi natijasida kup xatoliklarga yul kuyadilar, chunonchi, xodimlarga notugri jazo berish xollari uchrab turadi. Bularni sinchiklab tekshirib kurilganda ayrim xodimlarning aybdor emasligi aniklangan xollarda raxbar uzining aybini ќѝl ostidagilarning oldida ochiќ tan olishi lozim. Bunda raxbarning obru-e’tibori pasaymaydi, aksincha kutariladi. Raxbar uz ishida iloji boricha bunday xatoliklarga yul kuymaslikka xarakat kilishi zarur. Aks xolda, raxbar jamoada uz obru - e’tiborini saklay olmaydi. Raxbarning rasmiy mavkei bilan uning uning obru - e’tibori bevosita boglikdir. Obru - e’tibor jamoada raxbar kozongan ishonchdir. Rasmiy obru - e’tibor esa lavozim bilan belgilab kuyilgan bѝladi va xakikiy obru - e’tiborni raxbarning amaldagi nufuzi va xatti-xarakati belgilaydi. Raxbarlik uslubi butunlay individual asosga ega deb qarash noto‘g‘ri bo‘lar edi. Ob’ektiv omillar • boshqarish qonunlari va tamoyillari, •raxbarlarga bo‘lgan yagona talablar, • jamoadagi sotsial-ruxiy muxit. Sub’ekgiv omillar • ishchanlik va shaxsiy sifatlari; • mijozi, qobiliyati va qizikishi; • bilimi, ko‘nikmasi va maxorati; • tadbirkorligi va tashabbuskorligi Raxbarlik uslubiga Kabi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Avtokratik raxbarlar Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag‘batlantirishda jamoa fikrini xisobga olmaydi; U o‘zini jamoadan uzok tutadi, jamoa azolarini bevosita muloqotda bo‘lishini chegaralab qo‘yadi; O‘zining noo‘rin xarakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi; o‘ziga bo‘ysunuvchilarning xarakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko‘radi; Muttasil buyruq berishga, xammani o‘z istaklariga so‘zsiz bo‘ysundirishga intiladi; Ko‘p gapirishni yoktirmaydi, lekin bo‘ysunuvchilari bilan muomalada bo‘lganda uning raxbarlik g‘ururi balandligi, o‘zini katta tutishi sezilib turadi; o‘ziga bo‘ysunuvchilari oldida qovoq solingan kayfiyatda bo‘ladi. Xullas, avtokratik raxbar o‘ziga bino ko‘ygan, dimog‘dor, o‘z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, xukmini o‘tkazishga intiladigan kishilardan etishib chiqadi. Bunday raxbar nazoratdan chetda qolsa, takabburliq tazyiq o‘tkazish, majbur qilish kabi o‘ta salbiy xolatlar avj oladi. Biroq avtokratik boshqaruv usulini xar jixatdan yomon deb bo‘lmaydi. Ba’zi bir xollarda bo‘ysunuchilarning madaniy darajasi, axloqi pastligi sababli avtokratik uslubini tanlab olish xam ish berib qolishi mumkin. Demokratik raxbar Bunday turdagi raxbar: • boshqarish funksiyalarini jamoa fikri bilan xisoblashib amalga oshiradi; • ishlab chiqarishni boshqarishga xodimlarni jalb qiladi, ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslaxatlashadi, ijobyy tamonla-rini inobatga oladi; • barcha bilan barobar va samimiy munosabatda bo‘ladi, ustunligini bildirmaydi; buyruq berish yo‘li bilan emas, balki ishontirish uslubida ish tutadi; • bo‘ysunuvchilarning shaxsiy tashabbusini, ijodiy faoliyatini rivojlantiradi va jamoada o‘rtoqlik va ishchan muxitni yaratadi. Liberal radbar Bunday turdagi raxbar: • irodasiz, tashabbussiz bo‘ladi; • o‘z zimmasiga masuliyat olishni yoktirmaydi; • idoraga nisbatan kat’iy bo‘lishdan xayiqadi; • o‘zini xaddan tashqari extiyot kiladi; biron xodim bilan xam aloqani buzishni istamaydi; • talabchan emas, sust nazorat qiladi; Bunday raxbar tashqaridan ko‘rsatiladigan ta’sirga moyilligi bilan ko‘zga tashlanib turadi. Raxbar madaniyati • Raxbar madaniyati deganda raxbar odobi va iqtidori o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi fazilatlar majmuida o‘z aksini topadi: •Raxbar madaniyati = odob + iymon + insof + adolat + iqtidor. Umuman odob ikki xil bo‘ladi: • Xikmat odobi; • Xizmat odobi. • Xikmat odobi poklik va to‘g‘ri yo‘lga etaklaydi. Xizmat odobi esa badavlatlik va obro‘ga etkazadi. Xar ikkisi xam ulug‘ fazilat bo‘lib, biri aziz, ikkinchisi kudratli. • Adolatli jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik ishiga rag‘bati kuchli bo‘ladi. • Iqtidorli deganda biror soxa buyicha layoqatini ongli ravishda namoyon qilish uchun qatiyat ko‘rsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga — maqsadiga etadi. Raxbar fazilatlari: • Fazilat— bu ijobiy xislat, yaxshi sifat yoki xususiyatdir. • Rahbar aniq chukur va keng bilimga ega bo‘lishi, uni doimo to‘ldirib va yangilab borish kerak, aks xolda u obro‘ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor bo‘la olmaydi Raxbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. • Dovyuraklik — bunday raxbarda mardonavorliq botirliq dadillik mavjud bo‘ladi. Ular omadsizlikdan qo‘rqmaydi. Qo‘rquv ularni jasoratga chorlaydi va zafarlarga olib keladi. Xar bir yangi xarakatni tarakkiyotga va xayotiy tajribalarga erishtiradi. • Sabrlilik — bunday raxbar muvafakiyatga birdaniga erishish mumkin emasligini yaxshi tushunadi. Unta fakat bardosh va sabr-tokatli bo‘lib, sabot-matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi. CHidam, sabr tug‘risida Abdullo Avloniy shunday degan edi: • YAxshi niyatlilik — bunday rahbar xayrixoh va iltifotli bo‘ladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda bo‘ladi. O‘zidagi kanoatsizlikni g‘irrom raqobatchilik yo‘li bilan emas, balki xayrixoxlik yuli bilan bartaraf kilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, • Sog‘lom shubxalilik— bunday raxbar ko‘pincha "xar narsada shubxada bo‘l" degan shiorga amal kilsada, biroq nosog‘lom shubxa — bu xoin, u kishilarni urinib ko‘rishdan qo‘rqitib, erishishlari mumkin bo‘lgan yaxshi narsalardan maxrum etilishini yaxshi biladi. SHu bilan bir katorda ular o‘z kuchiga ishonish unga sog‘lom shubha bilan qarash ishchan mas’uliyatli qarorlarni qabul qilishga chorlashini, ularni bajarish yo‘lida kishi kuchiga kuch qo‘shishini yaxshi tushunishadi. • Kamtarinlik — bunday raxbar kamtarlikning deyarli xar doim iste’dodga to‘g‘ri mutanosib ekanligini, kamtarlikni etishmasligi esa nodonlikning darakchisi ekanligini yaxshi tushunadi. • Samimiy xushmuomalalilik — bunday raxbar sofdil, ochiq ko‘ngil bo‘ladi, chin yurakdan gapiradi. Qo‘l ostidagilarga sadoqat bilan ixlos qo‘yib xizmat qiladi. Ular samimiylikning og‘ir va juda nozik masala, u akl va chuqur ma’naviy odobni talab etishini, shuningdeq kimki o‘zgalar bilan nosamimiy munosabatda bo‘lishga odatlangan ekan, u pirovard natijada o‘z-o‘ziga ham samimiy bo‘lolmay qolishini yaxshi tushunishadi. • Raxmdillik — bunday raxbar barchaga raxm-shafkatli bo‘ladi. Ular boshqalarni ko‘p narsada kechirishadi, ammo o‘zlarini esa xech narsada kechirishmaydi. Ular raxm-shavqat insonlarning eng oliy fazilatlaridan biri ekanligini, raxm-shavqatli kishi doimo odamlarga yordam qo‘lini cho‘zishini, ojiz va notavon kishilardan xabar olib turish lozimligini yaxshi tushunadilar. • Xushxulklilik — bunday raxbar inson go‘zalligining asosi uning chiroyli xulqida ekanligini, aynan xushxulklik insonni ulug‘likka olib borishini, yokimli xulq egasidan barcha katta-kichik xursand bo‘lishini, bunday xulq egasi boshqalarni xursand qilishdan tashqari, o‘zi xam doimo xursand yurishini, boshqalardan esa o‘ziga muxabbat va muloyimlik qaytishini yaxshi tushunadi. • Qanoatlilik — bunday raxbar kanoatsizlikdan keladigan ofatlarni, ya’ni nafs balosi, xasad, xudbinlik baxillik tamagirlik kabilarni yaxshi anglaydi. Ular nafs balosi odamni xar kuyga solishini, nafsini tiygan xurmat-izzat topishini va bexavotir yashashini, kanoatni esa izzatning asosi, o‘lmaydigan boqiy xazina, qurimaydigan daraxt, zavol topmaydigan mulk ekanligini yaxshi tushunishadi. • Obro‘ — bu hamma tomonidan tan olingan hamda mexnat evaziga orttirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda xar bir rahbar o‘zidan yukori turuvchi raxbarlar oldida xam, o‘ziga buysunuvchi xodimlar oldida xam, o‘zi bilan xyqyqi teng boshqa raxbarlar oldida xam obro‘ga ega bo‘lishi lozim. • Raxbar shu talablarga rioya kilmas ekan u o‘z rahbarlik usulida kuyidagi salbiy xodisalarga yo‘l ko‘yishi, pirovardida esa o‘z obro‘yini ketkizishi va el nazaridan kolishiga sabab bo‘lishi mumkin: • Balandparvozlik • Maxalliychilik • Xadiksirashlik Byurokratizm ishlab chiqilgan qoida, ko‘llanmalar doirasidan chiqmaydi, uni o‘zining birdanbir maksadi deb biladi; • odamlarga to‘ralarcha munosabatda bo‘ladi; • qog‘ozbozlikni avj oddiradi; " boshkarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi; • ish moxiyatini rasmiyatchilik bilan ko‘mib tashlaydi; • masalani xal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan o‘zini chetga oladi. Byurokratizm: jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini bug‘adi; • o‘z mezoniga mos kadrlarni atrofiga to‘playdi; aklli, qobiliyatli kadrlardan qutulishga xarakat qiladi. Maxalliychilik Bunday "dardga" mubtalo bo‘lgan raxbarlar: • ishga tor tarmoq tor funksional nuqtai nazardan yondoshadilar; • ularda siyosiy, ma’naviy etuklik etishmaydi; • uzokni ko‘ra olmaydilar; • boshqalar xisobidan foydalanib qolishta intiladilar; • urug‘chilik tanish-bilishlik oshna-og‘aynigarchilikka yo‘l qo‘yadi. Xadiksirashlik Bunday raxbar: • uncha murakkab bo‘lmagan masalalarni xam mustaqil xal eta olmaydi, yuqori turuvchi raxbarlik bilan kelishib olishga intiladi; • xar ishda sustkashlik qiladi; • kabinetda o‘ralashib, kog‘ozbozlik bilan band bo‘ladi. Balandparvozlik • o‘zining kichkina, ko‘zga ilg‘amas muvaffaqiyatini bo‘rttirib ko‘rsatadi, shov-shuv ko‘tarib nog‘ora qiladi; • yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi; • tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televizordan ko‘rinishni istaydi; • soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv ko‘tarishga, ijodiy izlanish o‘rniga ishni xujako‘rsinga tashkil etishga intiladi; • ishchanlik o‘rniga ko‘zbo‘yamachilik va ko‘shib yozish bilan shug‘ullanadi... Bunday toifadagi raxbarlar uchun kamchilik va muammolarni xaspushlash, o‘z xizmatlarini bo‘rttirib ko‘rsatish va o‘z-o‘zini maqtash xarakterlidir.
Download 62.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling