Muxammadjonova g. M., Hamdamova n. A. Enzimologiya


  Fermentning o’ziga xos xususiyati


Download 3.4 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/86
Sana26.10.2023
Hajmi3.4 Mb.
#1724620
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86
Bog'liq
8. Oquv qollanma Enzimologiya final

 


34 
Fermentning o’ziga xos xususiyati 
Fermentlar oqsil tabiatli bo’lganligi uchun oqsilga xos xususiyatga ega. 
Lekin shu bilan birga faqat ularning o’ziga xos bo’lgan bir qator xususiyatlari xam 
bor. Bular fermentlarning termolabilligi, spestifikligi, muhit RN ning o’zgarishiga 
nisbatan sezuvchanligi, aktivator va ingibitorlarning ta’siriga moyilligi va 
boshqalardir. 
Fermentlarning spestifikligi. Fermentlarning spestifikligi tirik organizmga 
xos bo’lgan hususiyatlardan hisoblanadi. Spestifiklik fermentning substratga 
bo’lgan selektiv (saralash) xususiyatidir. Fermentlarning spestifiklik faoliyati 
deyilganda substrat faol markazga kelganda xuddi kalit qulfga tushgandek mos 
kelish kerak. Bu ramziy o’xshatish 1894 yilda E.Fisher tomonidan aytilgan. 
10-rasm. Ferment yordamida substratning parchalanishi 
Olim fermentni mustahkam struktura, faol markazni esa substratning 
“qolipi” deb atagan. Mazkur g`oya fermentlarning guruhli spestifiklik 


35 
tushunchasiga mos kelmaydi. Ya’ni, bitta qulfga (faol markaz) bir necha kalit 
(substratlardagi) 
mos 
kelmasligi 
tushuniladi.Bunday 
nomutanosiblikni 
tushuntirishda XX asrning 50-yillarida D.Koshland ismli olim “majburiy 
moslashuv” degan g`oyani ilgari surgan. D.Koshland nazariyasiga asosan ferment 
o’ta mustahkam qurilma bo’lmasdan, balki elastik, qayishqoq va o’zgaruvchan 
bo’lib, substrat faol markazga kelganda uning shakli o’zgarib, har xil ligandlarga 
moslasha olishi mumkin. Bu jarayonni xuddi qo’lqop va qo’lga o’xshatish 
mumkin. “Majburiy moslashuv” nazariyasi amaliyotda o’z tasdig`ini topgan. 
Hozirgi vaqtda fermentlar spestifikligining quyidagi asosiy turlari mavjud: 
Sterokimyoviy spestifiklik. Bu xildagi ferment---substratning faqat yagona 
steroizomerini katalizlaydi. Masalan, fumaratgidrataza suv molekulasini fumar 
kislotaning qo’sh bog`iga biriktiradi, lekin uning steroizomeri bo’lmish malein 
kislotaga ta’sir qilmaydi. Xuddi shuningdek, ba’zi fermentlar substratning trans va 
stis-izomerlariga qarab ta’sir etadi. 

Download 3.4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling