N. N. Tashtemirova A. Avloniy ilmiy tadqiqot instituti
hodisa deb ataymiz (6-rasm). Agar A
Download 77.94 Kb. Pdf ko'rish
|
XyqbeZHc317hCyjdGeHE04yoWYv7b8YrRP6DyFPS
hodisa deb ataymiz (6-rasm).
Agar A va B hodisalar yig‘indisi muqarrar hodisa, ko‘paytmasi esa mumkin bo‘lmagan hodisa, ya’ni A+B=U, A∙B=V bo‘lsa, u holda A va B hodisalar o‘zaro qarama-qarshi hodisalar deyiladi. A hodisaga qarama-qarshi hodisa 𝑨 ̅ kabi belgilanadi. O‘zaro qarama-qarshi hodisalarning bir vaqtda ro‘y berishi mumkin emas, lekin ularning albatta bittasi sodir bo‘ladi. 𝑃(𝐴) + 𝑃(𝐴̅) = 1 Bu formuladan 𝑃(𝐴) = 1 − 𝑃(𝐴̅) va 𝑃(𝐴̅) = 1 − 𝑃(𝐴) ega bo‘lamiz. 8-masala. Tasodifiy tajribada jami 24 ta elementar hodisalar ro‘y berishi mumkiin. Ulardan 18 tasi A hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diradi. A hodisaga qarama-qarshi 𝐴̅ hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi elementar hodisalar soni nechta? Yechish: Ma’lumki, A hodisaga qarama-qarshi 𝐴̅ hodisa ta’rifiga ko‘ra, u A hodisa ro‘y berishiga qulaylik tug‘dirmaydigan barcha elementar hodisalardan iborat edi. Bundan, jami elementar hodisalar yoki A hodisaga tegishli, yoki 𝐴̅ hodisaga tegishli bo‘lishi kelib chiqadi. Unda, 𝐴̅ hodisaning ro‘y berishiga qulaylik tug‘diruvchi elementar hodisalar soni 24 - 18 = 6 tani tashkil qiladi. Javob : 6 ta. Ba’zida hodisaning ehtimolligini topishdan ko‘ra uning qarama- 6-rasm qarshisining ehtimolini topish osonroq bo‘ladi. Bunday holatlarda oldin qarama- qarshi hodisa ehtimoli topiladi, so‘ng yuqoridagi formula yordamida berilgan hodisaning ehtimoli topiladi. 9-masala. Ikkita o‘yin toshi tashlanganda, har xil sonlar chiqish ehtimolligini toping. Yechish: Berilgan hodisa A bo‘lsin. Unda unga qarama-qarshi 𝐴̅ hodisa har ikkala toshda bir xil sonlar tushishi bo‘ladi. 𝐴̅ hodisaning ro‘y berishiga quyidagi m = 6 ta: (1 ,1), (2 ,2), (3 ,3), (4 ,4), (5 ,5), (6 ,6) hodisalar qulaylik tug‘diruvchi elementar hodisalar hisoblanadi. Ikkita toshni tashlaganda, ro‘y berishi mumkin bo‘lgan barcha elementar hodisalar soni n = 36 ga teng. Demak, 𝑃(𝐴̅) = 𝑚 𝑛 = 6 36 = 1 6 . Yuqoridagi formulaga ko‘ra 𝑃(𝐴) = 1 − 𝑃(𝐴̅) = 1 − 1 6 = 5 6 . 𝑱𝒂𝒗𝒐𝒃: 5 6 . Download 77.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling