N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

O’LCHASH LYUKI - rezervuardagi neft mahsulotlari va suvlarning 
sathini o’lchashga va ulardan namuna olishga mo’ljallangan lyuk. 
METAN (CH
4
)
- to’yingan uglevodorodlar sinfining eng oddiy vakili. 
Hidsiz, rangsiz, yengil, yonuvchi gaz, suvda deyarli erimaydi. Suyuqlanish 
harorati-182,5
0
S, qaynash harorati –164,5
o
C. Tabiatda eng ko’p uchraydi. 
Botqoqlik, hovuz va ko’lmak suvlar tubidagi o’simlik qoldiqlarining havosiz 
parchalanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy gazlar, shuningdek neft va ko’mirni qayta 
ishlashda olinadigan gazlarning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi 
NASOS - suyuqliklarni bosim ostida so‘rish va haydash uchun 
ishlatiladigan qurilma (gidravlik mashina, apparat yoki asbob). Gazlarni siqish 
yoki siyraklashtirish, sochiluvchan jismlarni so‘rish va haydashga mo‘ljallangan 
mashina ham nasos deb ataladi. Nasoslar ish bosimiga qarab: past bosimli (20 m 
gacha), o‘rta bosimli (20-60 m), yuqori bosimli (60 m dan yuqori) bo‘ladi. 
Nasosning asosiy parametri ma’lum vaqt birligi ichida haydaladigan suyuqlik 
miqdori bilan aniqlanadi. Nasosning tebranma, bir, ikki va uch tsilindrli, 
gorizontal qo‘shplunjerli, markazdan qochirma, yer yuziga o‘rnatilgan dvigateli. 
Markazdan qochirma botirma dvigateli va boshqa ko‘pgina turlari mavjud. 


217 
ADSORBSION NASOS - so‘rib olinadigan gazning gaz yutuvchi moddalar 
(selolit, silikagel, aktiv ko‘mir) sirtida adsorbtsiyalanishiga asoslanib ishlaydigan 
vakuum nasos. 
NASOS STANTSIYASI - suyuqliklarni bosim ostida haydaydigan inshoat, 
mashina va qurilmalar majmui. Nasos stantsiyasi suv olish qurilmasi, boshqarish 
apparatlari, so‘rish quvurlari, nasoslar, dvigatellar, bosim quvur-yuritma va 
to‘ldiruvchi jihozlardan tashkil topgan. Qishloq xo‘jaligida sug‘orish uchun 
ko‘chma (o‘ziyurar, tirkama, osma) nasosli stantsiyalar ishlatiladi. 
NEFT BAZASI - neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, bir transport 
vositasidan boshqasiga ortish, neft mahsulotlarini taqsimlash va tarqatishga 
mo‘ljallangan kompleks qurilma. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling