N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

NEFT TO’PLASH JOYI - neft qudug‘i mahsulotlarini qayta ishlashga va 
yig‘ishga mo‘ljallangan. U neft va gazlarni transport vositasi bilan tashishga
neftni saqlashga, qatlam suvlarini tozalashga xizmat qiladi. 
NEFTNI TUZSIZLANTIRISH - neft qudug‘i mahsulotlaridan xlorli 
tuzlarni chetlashtirish jarayoni. 
PAST HARORATLI REZERVUAR, IDISH - atrof muhit haroratidan (-
4
0
C) past holatda, suyultirilgan uglevodorod va tabiiy gazlarni saqlash uchun 
mo‘ljallangan idish - rezervuar. 
TINDIRGICH - suyuqliklarni mexanik aralashmalardan tozalash uchun 
mo‘ljallangan hovuz yoki rezervuar (idish). Tindirgichda suyuqlik oqimining 
tezligi kamaytiriladi yoki butunlay to‘xtatib qo‘yiladi. Natijada suyuqlikdagi 
aralashmalar o‘z og‘irlik kuchi ta’sirida idish tagiga cho‘kadi yoki suyuqlik sirtiga 
qalqib chiqadi. Idish tubida to‘plangan har xil zarrachalar cho‘kma hosil qiladi. 
Cho‘kma va qalqib chiqqan qatlamning to‘planishi sedimentatsiya (cho‘kish) 
qonuniyati asosida aniqlanadi. Tindirgich suvni tozalash uchun ham qo‘llaniladi. 
Suzgich bilan ta’minlangan burg‘ quduqlarida suzgich tagiga o‘rnatiladigan, burg‘ 
qudug‘idan suv chiqarishda suv bilan chiqib ketadigan tog‘ jinsi zarrachalari 
cho‘kadigan tagi berk quvur ham tinitgich deb yuritiladi. 
SUVNI TOZALASH - suv sifatini sanitariya talabiga yaroqli darajada 
tozalash. 
Tozalash 
tindirish, 
filtilash, 
yumshatish, 
zararsizlantirish, 
chuchuklashtirish, tuzsizlantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
GAZNI TOZALASH - atrof muhitni ifloslantiruvchi zararli moddalardan 
va gazdan yonilg’i sifatida foydalanishda ajralib chiqadigan har xil 
komponentlardan tozalash jarayoni. Ayrim hollarda gazni tozalash jarayonida har 
xil foydali komponentlar ham ajratib olish mumkin. 


220 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling