N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov


Download 2.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/154
Sana21.09.2023
Hajmi2.57 Mb.
#1683320
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154
Bog'liq
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик

NODIR GAZLAR - argon, kriton, ksenon, geliy, neon va boshqa gazlardan 
tashkil topgan. 
REZERVUAR - gaz va suyuqliklar saqlanadigan har xil sig‘imli idish 
(havuz, bak, ballon). Yer ustiga, yerga, yer ostiga o‘rnatiladigan xillari mavjud. U 
metal, yog‘och, tosh, beton va temir betonlardan yasaladi. Saqlanadigan 
materiallarning har xilligiga qarab rezervuarga har xil ishlov beriladi. Masalan: 
kislotalar saqlanadigan rezervuar uchun kislota bardosh materiallar ishlatiladi. 
NEFT VA GAZNING TO’PLANISHI - neft, gaz va suv sifatini talabga 
javob beradigan darajada tayyorlash va ularni foydalanuvchiga tashib yetkazib 
berish jarayoni. 
AJRATGICH (SEPARATOR)- separatsiyani amalga oshiradigan apparat. 
Ishlash tartibi suyuqlik yoki qattiq jism komponentlarining fizik xususiyatlari 
(zarrachalarining shakli, massasi, solishtirma og‘irligi, magnit va boshqalar) 
orasidagi farqqa asoslangan. Markazdan qochma, magnit, tindirma, pnevmatik, 
ishqalanma, elektr va boshqa xillari bo‘ladi. 
SEPARATSIYA (AJRATISH) - gazlarni suyuq yoki qattiq zarrachalardan 
holi qilish: qattiq va suyuq aralashmalarni tarkibiy qismlarga ajratish. 
NEFTNI BARQARОRLASH - neft olinayotgan konlarda kimyoviy 
mahsulot va yonilg’i sifatida foydalanish maqsadida engil uglevodorodlar (CH
4
dan C
4
H
10 
gacha)ni ajratib olish. 
TURBOKOMPRESSOR -gazni siqib uzatadigan turbinali kompressor. 
UGLEVODORODLI (NEFTLI) GAZ - yonuvchi (neftli) tabiiy gaz yer 
po‘stida yoki mustaqil gaz uyumi sifatida, neft uyumlari bilan bog‘liq holda 
namoyon bo‘ladi. Ayrim hollarda neft konlarining ustida gaz shapkasini hosil 
qiladi. Neftli gaz tarkibida metan, etan, propan, butanlar bo‘ladi. Metan ko‘proq 
gaz uyumlarida uchraydi va miqdori 98% yetadi. Аyrim hollarda gazda og‘ir 
uglevodorod bug‘lari-pentan, geksan va geptan bo‘ladi. Undan tashqari gazda 


222 
karbonat angidrid gazi (CO
2
), azot (N
2
), oz miqdorda geliy, argon, neon va 
serovodorod (H
2
S)lar uchraydi. 
UGLEVODORODLAR - molekulalari faqat uglerod va vodorod 
atomlaridan tuzilgan organik birikmalar. Ular molekulyar og‘irligi va kimyoviy 
strukturasiga qarab gazsimon, yengil, og‘ir, suyuq va qattiq hollarda bo‘ladi. 
Uglevodorodning to‘yingan, to‘yinmagan turlari ham mavjud. Tuzilishiga qarab 
atsiklik va izotsiklik uglevodorodlarga ajratiladi. Uglevodorod ko‘pchilik neft va 
yonuvchi gazlarning asosiy komponenti. 

Download 2.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling