N. X. Ermatov, D. G‘. Azizova, N. M. Avlayarova, B. Yu. Nomozov, R. S. Bekjonov, A. I. Abdirazаkov, M. X. Ashurov
Download 2.57 Mb. Pdf ko'rish
|
Ermatov KONDA NEFT, GAZ, SUVNI YIG‘ISH, TAYYORLASH VA TASHISH дарслик
- Bu sahifa navigatsiya:
- NEFT OMBOR
- METANLI NEFTLAR
- METAN-NAFTENLI AROMATIK NEFTLAR
- NAFTEN - AROMATIK NEFTLAR
NEFT VA GAZ ARALASHMALARI - ko‘p komponentli uglevodorodlar
sistemasi; u asosan parafinli, naftenli, aromatik uglevodorodlardan va shuningdek azod oksidi, vodorod sulfidi, oltingugurt, kislorod, simob va suv parlaridan iborat. NEFT IDISHI - neftni yig‘ish va turboprovodlar orqali taqsimlash uchun xizmat qiladigan katta idish. NEFT NASOSI - neftni kondan quduqlar orqali chiqarib berishga mo‘ljallangan nasos. Bu nasos boshqa nasoslardan elementlarining ancha uzunligi bilan farq qiladi. Eng ko‘p tarqalganlari tebranma dastgohlar bilan harakatlantiriladigan shtangali nasoslar va elektr yuritmalar bilan harakatlantiriladigan ko‘p bosqichli markazdan qochma nasoslardir. Bu nasoslarning barchasi chuqurlikda ishlaydi. NEFT OMBOR - neftni saqlashga mo‘ljallangan yer tagi ombori. METAN - NAFTENLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida yaqin miqdordagi metanli va naftenli uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neftda aromatik uglevodorodlarning miqdori deyarli oz bo‘ladi. Bu neft tarkibida metanli neftga nisbatan qattiq parafinning oz miqdorda bo‘lishi xarakterlidir. 218 METANLI NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida metanli uglevodorodlarning ko‘proq bo‘lishi. Metanli neft tarkibiga metan uglevodorodlari 50% dan ortiqroq bo‘lgan neftlar kiradi. Metanli neftlar tarkibida asfalt- smolasimon moddalarning oz miqdorda bo‘lishi bilan xarakterlanadi. METAN-NAFTENLI AROMATIK NEFTLAR - neft fraktsiyalarida metanli, naftenli va aromatik uglevodorodlarning bo‘lishi. Bu neft asfalt- smolasimon moddalar bilan boyitilganli (10% va undan ko‘proq) gi va deyarli yuqori solishtirma og‘irligi bilan harakterlanadi. NAFTEN - AROMATIK NEFTLAR - neftning distillat qismi tarkibida naftenli va aromatik uglevodorod miqdorining ko‘proq bo‘lishi. Bunda aromatik uglevodorodlar miqdori yuqori fraktsiyalarga qarab o‘sib boradi. Qattiq parafinning miqdori kam, asfalt-smolasimon moddalar esa 20% va undan ko‘proq bo‘lishi mumkin. NEFT - yonuvchi moysimon suyuqlik. Qora yoki qo‘ng‘ir, ba’zan och malla rang yoki rangsiz, o‘ziga xos hidli kimyoviy xom ashyo. Neft yer yuzasiga chiqqach, quyilib qotadi va asfaltga aylanadi. Neftning zichligi 0,73 dan 1,04 gacha o‘zgarib turadi, qaynash harorati +20-100 o C va undan yuqori; qotish harorati (+23 o )-(-60 o C); issiqlik sig‘imi 1,7-2,1 KDJ (kg.j); 50 o C haroratda neftning yopishqoqligi 0,002-0,55 sm 2 /s ga teng. U organik eritgichlarda yaxshi eriydi. Suvda umuman erimaydi. Lekin suv bilan emulsiya (bir-biriga singmaydigan ikki xil suyuqlik qorishmasi)hosil qiladi. Neft tarkibiga kiradigan asosiy kimyoviy elementlardan uglerod (82-87%) va vodorod (11-14%) ga ega. Neftning fizik xossasi uning tarkibiga bog‘liq. Solishtirma og‘irligi 0,65-g/sm 3 dan 0,9 g/sm 3 gcha bo‘lgan neft yengil, undan yuqorisi og‘ir neft hisoblanadi. Neftning tarkibida uglevodorod 87% gacha, vodorod 10-15% gacha, kislorod 0,05-0,5 dan 5%gacha, juda oz miqdorda vanadiy, fosfor, kaliy, nikel, temir uchraydi. Neft yonilg‘i, moylash materiallari hamda sintetik tola, plastmassa, sun’iy kauchik, spirt, kislota va boshqa neft-kimyoviy mahsulotlar chiqarishda keng foydalinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling